O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti samariddin elmirzayev



Download 15,21 Mb.
Pdf ko'rish
bet168/226
Sana21.04.2022
Hajmi15,21 Mb.
#568906
1   ...   164   165   166   167   168   169   170   171   ...   226
qo‘shib
 olishlar tasniflanishi 
Gorizontal birlashish va 
qo‘shib
 olish 
Konglomerat 
qo‘shib
 olish 
bitta tarmoqda faoliyat 
ko‘rsatuvchi
kompaniyalarning 
o‘zaro
birlashishi yoki 
qo‘shib
olinishi 
faoliyat 
yo‘nalishlari
o‘zaro
bog‘liq
bo‘lmagan
kompaniyalarning biri 
tomonidan ikkinchisining 
qo‘shib
olinishi
 
Vertikal 
qo‘shib
 olish 
o‘zaro
bog‘liq
tarmoqlarda yirik 
kompaniya tomonidan biznesning 
turli bosqichlaridagi 
kompaniyalarni 
o‘ziga
qo‘shib
olishi 


317 
O‘zaro 
birlashayotgan 
yoki 
qo‘shib 
olinayotgan 
kompaniyalarning mamlakatlarga mansubligidan kelib chiqqan 
holda birlashish va qo‘shib olishlarni quyidagi ikki turga ajratish 
mumkin: 
– 
milliy 
birlashishlar
– 
bitta 
davlatda 
joylashgan 
kompaniyalarning o‘zaro birlashishi; 
– 
transmilliy
birlashishlar
– turli davlatlarda joylashgan 
kompaniyalarning o‘zaro birlashishi yoki boshqa mamlakatlarda 
joylashgan kompaniyalarni qo‘shib olish.
Kompaniyalarning foyda hajmini maksimallashtirish va bu 
orqali kompaniya bozor qiymatini oshirishga bo‘lgan intilishlaridan 
kelib chiqib, korporativ birlashish yoki qo‘shib olish bo‘yicha 
bitimlarni amalga oshirishga undovchi asosiy ta’sir elementlari 
sifatida quyidagilarni keltirish mumkin: 
-
qo‘shib olinadigan kompaniyaga yuqori darajali boshqaruv 
tizimini olib kirish va zamonaviy boshqaruv texnologiyalarini joriy 
etish orqali faoliyat samaradorligini oshirish.
-
ta’minotchilar bilan ishlash samaradorligini oshirish.
-
takrorlanuvchi vazifa va funksiyalarlarga barham berish.
-
moliya bozorida ustunlikka ega bo‘lish.
-
resurslar bo‘yicha bir-birini to‘ldirish imkoniyati.
-
yirik shartnomalarni qo‘lga kiritish imkoniyati.
-
o‘zaro raqobatni chetlab o‘tish va monopoliya o‘rnatish 
imkoniyati.
-
faoliyatni diversifikatsiyalash imkoniyati.
-
qo‘shimcha axborotlarni qo‘lga kiritish imkoniyati.
-
kompaniyaning bozor bahosi bilan uning aktivlari o‘rtasidagi 
salbiy tafovutdan foydalanish imkoniyati.
-
kompaniyaning likvidatsion qiymati bilan aktivlar qiymati 
o‘rtasidagi tafovutdan foydalanish (bo‘lib-bo‘lib sotish) imkoniyati. 
-
qo‘shib olinishdan himoyalanish imkoniyati.
Yuqoridagilarga 
qo‘shimcha 
sifatida 
aksariyat 
amalga 
oshiriladigan birlashish yoki qo‘shib olishlarning asosida yangi 
mahsulot turlarini ishlab chiqarish, yangi texnologiyalarga kapital 
kiritishda tejamkorlikka erishish, haddan tashqari ko‘p sonli 
boshqaruv xodimlari faoliyatini yuritish uchun ajratiladigan 
ma’muriy xarajatlarni qisqartirish orqali tejamkorlikka erishish 
imkoniyatlarini ham keltirish mumkin.
Kompaniyalar birlashishi va qo‘shib olishlarining o‘ziga xos 
kamchiliklari sifatida quyidagilarni keltirish mumkin: 
- har ikkala kompaniya aksiyadorlarining roziligi talab 
qilinishi; 
- qo‘shimcha moliyaviy xarajatlarni talab qilishi; 


318 
- kompaniyani noto‘g‘ri baholash bilan bog‘liq yuqori 
darajadagi risklar; 
- bitim amalga oshirilgandan so‘ng xodimlar bilan bog‘liq 
muammolarning yuzaga kelishi; 

transchegaraviy 
birlashishlar 
natijasida 
korporativ 
madaniyatlarning o‘zaro mos kelmasligi va boshqalar. 
Kompaniyaning 
boshqa 
bir 
kompaniya 
bilan 
o‘zaro 
birlashishida yuridik jarayonlarning asosiy uchta turi amal qiladi: 
1. Qo‘shib olish yoki konsolidatsiya. 
2. Aksiyalar nazorat paketini sotib olish yo‘li bilan birlashish. 
3. Kompaniya aktivlarini sotib olish yo‘li bilan birlashish.

Korporativ birlashishlarning bunday turlari yuridik nuqtayi 


nazardan o‘zaro farqlanadi. “Qo‘shib olish” atamasi ba’zan 
birlashishning har qanday shakliga nisbatan ham qo‘llanilishi 
haqida yuqorida ham to‘xtaldik.
Atamalarni o‘zaro farqlash maqsadida qo‘shib oluvchi 
korxonani xaridor (bidder) atamasi bilan, qo‘shib olinayotgan 
korxonani qo‘shib olish obyekti (target firm) atamasi bilan ataymiz. 
Bunda 
xaridor 
kompaniya 
qo‘shib 
olinishi 
mo‘ljallangan 
kompaniyaga pul mablag‘larini yoki qimmatli qog‘ozlarni taklif 
etadi. Bunda taklif etilayotgan pul mablag‘i yoki qimmatli qog‘ozlar 
birlashish uchun kompensatsiya sifatida gavdalanadi. 
Qo‘shib olishda bir kompaniyaning boshqasi bilan to‘liq 
birlashishi ko‘zlanadi. Qo‘shib olayotgan kompaniya o‘z nomini 
saqlab qoladi va qo‘shib olingan korxonaning barcha aktivlari va 
majburiyatlariga egalik qila boshlaydi.
Konsolidatsiya – qo‘shib olish bilan deyarli bir xil, lekin uning 
natijasi sifatida yangi kompaniya tashkil etilishini keltirishimiz 
mumkin. Konsolidatsiya jarayonida ikkala yuridik shaxs (qo‘shib 
olayotgan va qo‘shib olinayotgan kompaniyalar) o‘z faoliyatini 
tugatadi va yangi kompaniya qismlariga aylanadi.
Konsolidatsiya va qo‘shib olishdagi asosiy o‘xshashlik sifatida 
aktivlar va majburiyatlarning o‘zaro birlashishini keltirish mumkin.
Kompaniyalarni qo‘shib olishning ikkinchi usuli naqd pul, 
aksiyalar yoki boshqa qimmatli qog‘ozlarga almashtirish yo‘li bilan 
aksiyalar nazorat paketini qo‘lga kiritish hisoblanadi. Bu jarayon 
ba’zida bir kompaniya rahbariyatining boshqa kompaniyalar 
aksiyadorlariga yoki menejerlariga xususiy taklif bilan chiqishdan 
boshlanadi. 
Bunda mustaqil ravishda qo‘shib olish obyekti hisoblangan 
kompaniya aksiyadoriga aniq belgilangan vaqtda taklif bilan 
chiqiladi, shuningdek qimmatli qog‘ozlarni sotib olish bo‘yicha ochiq 
taklif bilan ham chiqilishi mumkin. Bu bir kompaniya aksiyadorlari 


319 
tomonidan boshqa kompaniya aksiyadorlariga nisbatan muno-
sabatlarini anglatadi. 
Agar aksiyador taklifni qabul qilsa, u o‘z aksiyalarini naqd pul, 
qimmatli qog‘ozlar yoki taklif shartlariga bog‘liq ravishda boshqa 
aktivlarga almashish hisobiga qo‘shib oluvchi kompaniyaga taqdim 
etadi. Ko‘p hollarda ochiq taklif qo‘shib olish rejalashtirilgan 
kompaniyaning ovozga ega aksiyalari ulushiga bog‘liq hisoblanadi. 
Agar aksiyadorlardan kelib tushadigan qimmatli qog‘ozlar yetarli 
bo‘lmasa, taklif bekor qilinishi yoki shartlari o‘zgartirilishi mumkin. 
Qo‘shib olish rejalashtirilgan kompaniya aksiyadorlariga taklif 
odatda ochiq e’lon berish orqali amalga oshiriladi. Mazkur 
operatsiyalar ba’zida to‘g‘ridan to‘g‘ri taklif yuborish orqali ham 
tashkil etiladi. Lekin bunday metod keng qo‘llanilmaydi. Chunki 
bunda barcha aksiyadorlar nomi va manzilini aniqlash birmuncha 
murakkablik tug‘diradi. 
Aksiyalar nazorat paketi orqali qo‘shib olish va birlashish 
o‘rtasidagi tanlov vaqtida quyidagi omillarga e’tibor qaratiladi: 
1. Aksiyalar nazorat paketi orqali qo‘shib olish jarayonida 
aksiyadorlar umumiy yig‘ilishini majburiy tartibda chaqirish va 
ko‘pchilik ovoz bilan qo‘shilish haqida qaror qabul qilish talab 
etilmaydi. Agar taklif aksiyadorlarni qanoatlantirmasa uni qabul 
qilishga va o‘z aksiyalarini tadim etishga majbur emas. 
2. Nazorat paketi orqali qo‘shib olish jarayonida qo‘shib 
oluvchi kompaniya o‘z taklifi bilan qiziqtirib qo‘ygan kompaniyalar 
aksiyadorlariga to‘g‘ridan to‘g‘ri murojaat qilishi mumkin. Ya’ni 
bunda qo‘shib olish rejalashtirilgan kompaniya boshqaruviga 
murojaat qilish talab etilmaydi. 
3. Nazorat paketi orqali qo‘shib olish odatda birmuncha 
murakkab jarayon hisoblanadi. Ko‘pgina holatlarda mazkur 
usuldan qo‘shib olishga jiddiy qarshilik ko‘rsatishga urinuvchi 
korxona rahbariyatini aylanib o‘tish varianti sifatida foydalaniladi. 
Kompaniya rahbariyati tomonidan bunday qarama-qarshilik 
natijasida nazorat paketi orqali qo‘shib olish oddiy birlashishga 
nisbatan qimmatga tushishi mumkin. 
4. Ko‘pincha ayrim tor doiradagi aksiyadorlar o‘z qimmatli 
qog‘ozlarini sotishni rad etadilar. Bunday holatda kompaniya to‘liq 
qo‘shib olishi mumkin emas, yoki qo‘shib olish bo‘yicha risk 


320 
darajasi sezilarli darajada ortadi. Masalan, qo‘shib olish obyekti 
aksiyalarining 80 foizdan kam bo‘lgan qismiga egalik qilinayotgan 
bo‘lsa, kompaniya qolgan aksiyalar bo‘yicha dividendlar, qo‘shib 
olish obyektidan olinadigan soliq to‘lashga majbur. 
5. Bir kompaniyaning boshqasini to‘liq qo‘shib olishi faqatgina 
birlashish natijasida o‘z nihoyasiga yetadi, shuning uchun aksiyalar 
nazorat paketi orqali qo‘shib olish aksariyat holatlarda yakuniy 
birlashuvda o‘z ifodasini topadi. 
Kompaniya boshqa kompaniyani aktivlarining katta qismini 
sotib olish orqali ham qo‘lga kiritishi mumkin. Bu amaliy jihatdan 
kompaniyani sotib olish bilan bir xil. Lekin bunday holatda qo‘shib 
olish obyekti aktivlarini sotishi bilanoq yuridik shaxs sifatida o‘z 
faoliyatini to‘xtatishga majbur emas. Aksiyadorlar tomonidan 
tugatish haqida qaror qabul qilinmaydi va bu niqob sifatida amal 
qiladi. 
Qo‘shib 
olishning 
bu 
usuli 
sotiladigan 
kompaniya 
aksiyadorlarining 
rasmiy 
roziligini 
talab 
qiladi. 
Bunday 
yondashuvning afzalliklaridan biri o‘z aksiyalarini sotishni rad 
etuvchi kamchilik aksiyadorlar bilan bog‘liq muammolar yuzaga 
kelmaydi. Boshqa tomondan aktivlarni qo‘shib olish aniq turdagi 
aktivlarga mulkchilik titulini o‘tkazish ko‘zda tutiladi va aktivlarni 
o‘tkazishning yuridik jarayoni ancha-muncha xarajatlarni talab 
qilishi mumkin. 
Amaliyotda “

Download 15,21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   164   165   166   167   168   169   170   171   ...   226




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish