O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi toshkent arxitektura qurilish instituti raximov shavkat turdimurodovich



Download 3,99 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/78
Sana19.04.2022
Hajmi3,99 Mb.
#562466
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   78
Bog'liq
Beton va temir beton

Surkash.
Surkash uchun ishlatiladigan qorishma juda quyuq bo‘lmasligi 
kerak. Quyuq qorishma ishlatilganda asbobni qattiq bosish lozim. Aks holda 
suvoq qatlami qorishmani itqitilgandagiga qaraganda nozikroq va juda ko‘p ichki 
bo‘shliqlari bo‘ladi.


68 
Qorishmani devorga chaplashda qorishma solingan yashik devordan bir 
metr nariga qo‘yiladi. Shiplarni suvashda esa qorishma surkalanadigan joyning 
tagiga qo‘yiladi.
Qorishma sokol, kurakcha, andavalar yordamida surkalanadi. Qorishma 
sokol bilan quyidagicha surkalanadi. O‘ng qo‘lga kurakcha, chap qo‘lga esa 
qorishma solingan sokol olinadi. Sokol suvalanadigan yuzaga uning bir tomoni 
yuzadan 50 – 100 mm berida turadigan qilib (bu qorishmaning miqdori va 
quyuqligiga bog‘liq) ikkinchi tomoni esa chaplanadigan suvoq qalinligicha berida 
turadigan qilib yaqinlashtiriladi. Qorishmani yetarlicha bosish uchun kurakchani 
uchi bilan sokolni yuzaga bosiladi, kurakchani uchi bunda shponkaga tirab 
turiladi. Sokol surila borishi bilan qorishma yuzaga surkaladi sokolni ko‘tarilgan 
tomoni esa borgan sari yuzaga bosila boradi. Tekis yuza hosil qilish uchun 
kurakchani sokolga bir tekis bosish kerak. Qorishmani devorga surkashda sokol 
pastdan yuqoriga qaratib surib boriladi. Sokol to‘g‘ri surilganida to‘g‘ri polosalar, 
egri bugri surilganida egri poloslar qoladi. 
Qorishmani shipga surkashda suvoqchi sokoldagi qorishmaning quyuqligi 
va miqdori, surkalanadigan qatlam qalinligiga qarab yo bir joyda turib surkaydi 
yoxud asta oldinga qarab yurib kalta-kalta to‘g‘ri chiziqli tasmalar tarzida 
surkaydi yoki o‘ng tomonga bir qadam tashlab qorishmani uzun tasmalar tarzida 
surkaydi. 
Qorishma kurakchalar yordamida asosan to‘r qoplangan yuzalarga 
surkaladi. To‘rga oldin biroz qorishma sachratiladi, bu qorishma qotganidan 
keyin tor tebranmaydigan bo‘lib qoladi. Faqat shundan keyingina qorishma 
surkashga kirishiladi. Sokol – cho‘mich yoki sokolga tolali qo‘shimcha 
qo‘shilgan qorishma olinib keyin uni suvaladigan yuzaga kurakchaning orqa 
tomoni bilan surkaladi.
Agar qorishma devorga surkalanadigan bo‘lsa sokol devorga taqaladi, 
kurakchani orqa tomoni bilan sokoldagi qorishmani tez tez surib, uni yuzaga 
yupqa qilib surkaladi. Qorishma yo vertikal yo‘nalishda yo gorizontal yo‘nalishda 
surkaladi. Qorishma devorga qanday surkalsa, shipga ham shu tarzda surkaladi.


69 
Surkash vaqtida sokolni kurakchaning ketidan yurg‘izib to‘kilayotgan 
qorishma yig‘ib boriladi.
Qorishmani surkashda suvoq yuzasining g‘adir budir chiqishiga harakat 
qilish kerak. Shunday qilingan, chaplanadigan suvoq qatlami bu yuzaga yaxshi 
yopishadi. Qorishma yog‘och andavalar yordamida turlicha ensiz, enli, keng, 
uzun va qisqa tasmalar tarzida surkaladi. Ishlash vaqtida andavaning bir uchi 
yashikka qo‘yiladi, keyin uning ustiga kurakcha bilan uzunasiga qorishma 
solinadi, so‘ngra yog‘och andavani ikki qo‘llab ushlab, uni yuzaga keltirilada va 
qorishma surkaladi, bunda yog‘och andavaning bitta bo‘ylama tomoni devorga 
bosib turiladi, ikkinchi tomoni esa biroz ko‘tarilib turadi. Agar qorishma devorga 
surkaladigan bo‘lsa, andava pastdan yuqoriga qaratilib shipga surkaladigan bo‘lsa 
yuzaga bir xil qalinlikda qorishma tasmasi chaplab o‘ziga tomon yurgiziladi. 
Tekislash
, qorishma sokol yordamida qanday surkalgan bo‘lsa, xuddi shu 
tarzda tyekislanadi. Bunda farq faqat shundaki, tekislashda sokolga qorishma 
olinmaydi. Odatda, qorishmani sokol yordamida surkash bilan bir vaqtda tekislab 
xam ketiladi. Yog‘och andavalar bilan kuyidagicha ish bajariladi. Yog‘och anda-
va qorishma chaplangan yuzaga quyiladi, yuqorigi qirrasi ko‘tariladi va devorni 
tekislashda uni pastdan yuqoriga karatib, shipni tekislashda esa o‘ziga qaratib 
bosib yurgiziladi. Qorishma ko‘p chaplangan joyda andava bilan kesiladi va uning 
yuzasida yig‘iladi. Qorishma kam chaplangan joyda esa kesib olingan ortiqcha 
qorishma surkab ketiladi. Ba'zi joylarga qo‘shimcha qorishma chaplashga to‘g‘ri 
keladi. Qorishmani aniqrok tekislash uchun ba'zan quyidagicha ish qilinadi.
Avval yog‘och andava devorlarda vertikal yo‘nalishda, so‘ngra gorizontal 
yunalishda yurgiziladi, shiplarda esa avval ship buylab, keyin shipga ko‘ndalang 
yunalishda yurgiziladi. Suvoqning tekis chiqishi yog‘och andavaga yoki boshqa 
asbobga qanday kuch bilan bosilishiga bog‘liq. Kuchli bosilgan joyda yupqa 
qorishma qatlami hosil buladi va aksincha. Rejacho‘plar bilan bir vaqtning o‘zida 
yuzaning tekis-notekisligi tekshiriladi va u qo‘shimcha ravishda tekislanadi. 
Rejachup suvoq yuzasiga hamma yunalishlarda qo‘yib ko‘riladi va notekisliklar 
shu zaxotiyoq to‘g‘rilanadi.


70 
Chuqurchalar hosil bo‘lgan joylarga qorishma solib tekislanadi, qavariq 
chiqib qolgan joylardagi qorishma esa kesib olinadi. 
Ishlov berilgan yuzaning tozaligi ko‘p jixatdan tayyorlangan pardozsuvoq 
qorishmasining sifatiga bog‘liq. Yaxshi qorishma oson, tez va toza ishqalanadi 
yoki silliqlanadi, shu tufayli suvoqchilarning mexnat unumdorligi ortadi. 
Pardozsuvoq qorishmasi tayyorlash uchun mayda qum ishlatiladi. Yirik 
kum uncha yaramaydi, chunki undan tayyorlangan qorishma bilan pardozlangan 
yuza g‘adir budur yuza hosil kiladi. Qorishmaning bir jinsliligi uni chaplashda 
xam, ishkalashda xam katta rol o‘ynaydi. Agar ba'zi joylarda pardozsuvoq 
qorishmasi kuchlirok bo‘lsa yoki, aksincha kuchsizrok bo‘lsa, ishqalangan 
yuzalarning tozaligi har xil chiqadi. Shuniig uchun tayyorlangan yoki tayyor 
qorishmalar yuzaga chaplanishidan oldin elakdan o‘tkaziladi va yana bir marta 
aralashtiriladi. Oldingi suvoq qanday tarkibli bo‘lsa, pardozsuvoq qorishmasi xam 
xuddi o‘sha tarkibli qilib tayyorlanadi. Kuchli qorishmalar bilan suvalganda yuza 
dag‘al chiqadi, chala va ishqalanmagan tasmalar hosil bo‘ladi. Bunday 
qorishmalarni silliqlash ancha oson. Kuchsiz qorishmalarning puxtaligi esa past 
va yomon ishqalanadi.
Pardozsuvoq qilishdan 12—20 min oldin qorasuvoq yuzasini suv bilan 
ho‘llash kerak. Pardozsuvoq qorishmasi ho‘llangan yuzaga puxtarok yopishadi, 
shu tufayli monolit (yaxlit) suvoq qatlami hosil qilinadi. 
Pardozsuvoq kilishdan 12—20 min oldin qorasuvoq yuzasini suv bilan 
ho‘llash kerak. Pardozsuvoq qorishmasi ho‘llangan yuzaga puxtarok yopishadi, 
shu tufayli monolit (yaxlit) suvoq qatlami hosil qilinadi. Qorishma kancha toza 
va sinchiklab tekislangan bo‘lsa, uni ishqalash shunchalik oson bo‘ladi. 
Shpaklyovka qilmaslik va bevosita suvoqniig ustidan bo‘yash uchun 
qumsiz pardozsuvoq qilinadi. Bunday qorishma ohak xamiri va gipsdan 
tayyorlanadi. Ohak xamiri standart konus 12 sm cho‘kadigan quyuqlikda olinadi. 
Gips va ohak xamiri ko‘zlarining kattaligi 0,16 mm bo‘lgan elakdan o‘tkaziladi.


71 
Pardozsuvoqning yangi qorishmasini tayyorlashda ohak xamirini bir xil 
quyuqlikka kelgunga qadar yaxshilab aralashtiriladi, Qorishma oz-ozdan
g
gipsning qotishini sekinlashtiradigan qo‘shimchalarsiz tayyorlanadi. Biroz qotgan 
yoki eskirib qolgan qorishma ishlatilmaydi. Pardozsuvoq qilishdan oldin 
qorasuvoq tekislanadi va suv sepib ho‘llanadi. Qorishma 2—3 mm qalinlikdagi 
qatlam tarzida chaplanadi, tekislanadi va metall silliqlagichlar bilan silliqlanadi. 
Pardozsuvoqni oldin chaplangan suvoq qatlami bilan tutashtirib suvashda oldingi 
chaplangan qorishma keskich bilan 30° burchak ostida kesiladi va kesilgan 
qismiga yangi qorishma porsiyasi chaplanadi. 

Download 3,99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   78




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish