Ishqalash.
Suvoq qatlami andavani aylanma harakatlantirib va to‘g‘ri
chiziqli harakatlantirib ishqalanadi. To‘g‘ri chiziqli yo‘nalishda ishkalashda yuza
ancha toza chiqadi, undan ko‘pincha yuqori sifatli suvoq ishlarini bajarishda
foydalaniladi.
Aylanma harakatlantirib ishqalash quyidagicha bajariladi. Andavani bir
qo‘l bilan ushlab, uning yuzi suvoq yuzasiga bosiladi va soat strelkasiga teskari
yo‘nalishda aylanma harakatlantiriladi. Qavariq va notekis joylar andavaning
qirrasi bilan qirqib tashlanadi. Andava yuza bo‘ylab surilayotganda qorishma
ayrim botiq joylarni to‘ldiradi va pardozsuvoqni ishqalaydi. Andavani turlicha
kuch bilan kavarik yuzaga kuchlirok, botik yuzaga kuchsizrok bosish kerak.
Ishqalash jarayoida andavaning qirralarida kesilgan qorishma yig‘ilib
qoladi. Bu qorishmani vaqt-vaqti bilan tozalab, uni qirilgan joylarga va
bo‘shliqlarga chaplab turiladi. Vaqt o‘tishi bilan pardozsuvoq quriydi va uni
ishqalash qiyinlashadi. Uni yumshatish uchun ishqalanadigan suvoq yuzasi
bo‘yoq cho‘tka yordamida suv bilan xullanadi. Andavani aylanma harakatlantirib
ishqalashda suvoq yuzasida bo‘shliqlar va qorishma yig‘ilib qolgan joylari
bo‘lmagan sal- pal sezilarli doirasimon izlar qoladi. Shuning uchun yuqoriri sifatli
pardozlashda aylanma usulda ishqalangan yuzalar qo‘shimcha ravishda to‘g‘ri
chiziqli yo‘nalishda xam ishqalanadi.
To‘g‘ri chiziqli yo‘nalishda ishqalash quyidagicha bajariladi. Qorishmadan
yaxshilab tozalangan andava yuzaga jips qilib bosiladi va u to‘g‘ri chiziqli
72
harakatlantiriladi va siltab yurgiziladi. Shunday kilib, aylanma xara-
katlantirilganda qolgan hamma izlar yo‘kotiladi. Aylanma harakatlantirib
ishqalashdan keyin to‘g‘ri chiziqli yo‘nalishda ishqalagan ma'qul. Kichikroq yuza
(0,5—1 m
2
) aylanma harakatlantirib ishqalangani keyinroq uni tugri chizikli
yunalishda ishqalanadi. Agar aylanma harakatlantirib ishqalangan suvoq yuzasi
qurib qolgan bo‘lsa, uni oldin suv bilan ho‘llab, keyin to‘g‘ri chiziqli yo‘nalishda
ishqalanadi. Suvoq oldin yog‘och andava, keyin polotnosiga namat yoki fetr
qoplangan andava bilan ishqalansa, yuza juda toza chiqadi.
To‘g‘ri chiziqli yo‘nalishda ishqalashdan keyin suvoq yuzasida tirnalgan
joylar, bo‘shliqlar, o‘yiqlar, qavariqlar va boshqa nuqsonlar bo‘lmasligi kerak.
Balandligi 4 mm gacha bo‘lgan devorlarni to‘g‘ri chiziqli yunalishda ishqalashda
ularda faqat bitta tutashgan joy bo‘lishi kerak, bu ikki galda ishqalab bajariladi,
birinchi marta yuqoriridan pastga qaratib shipdan so‘rigacha, ikkinchi marta
so‘ridan polgacha ishqalanadi. Suvoq yuzasi kanchalik toza ishqalangan bo‘lsa,
bo‘yoq ishlarini bajarishda bu yuza shuncha kam tuzatiladi.
Birinchi holda chaplangan pardozsuvoq qorishmasi dastavval yog‘och
andava yordamida, sungra silliqlagichlar bilan bir yoki ikki yo‘nalishda
silliqlanadi. Silliqlagichlarga bosish kuchi shunday bo‘lishi kerakki, silliqlagich
o‘tganidan keyin pardozsuvoq yuzasida hyech kanday iz kolmasin. Devorlarda
pardozsuvoq qatlami oldin vertikal yunalishda (poldan shipga karatib), so‘ngra
gorizontal yunalishda (polning eniga yoki buyiga) karatib silliqlana di. Ship oldin
derazadan tushayotgan nurlarga kundalang yunalishda, keyin ular yunalishida
silliqlanadi. Ikkinchi holda pardozsuvoq katlami bir vaqtning o‘zida surkaladi va
tekislanadi, so‘ngra silliqlanadi.Silliqlash ishlarini ikki kishi bajargani ma'qul. U
holda biri qorishma chaplaydi va tekislaydi, ikkinchisi esa silliqlaydi (2.2 va 2.3-
rasmlar).
73
Do'stlaringiz bilan baham: |