2.1-rasm. Suvoqchilikda qo‘llaniladigan asbob-uskunalar:
a-reja cho‘p; b-qirra chiqarish reykasi; v-tunuka qoplangan katta andava; g-silliqlash uchun
katta andava; d-namat qoplangan dyuralyuminiyli kichik andava; e-shovun; j-shablonli malka;
z-dyuralyuminiyli sokol; i-kovsh(cho‘mich); k-suvoqchilik pichog‘i; l-tashqi qirra andavasi;
m-ichki qirra andavasi; n-rusta chiqargich; o-faska qirquvchi shablon; p-kurakcha; r-galtel
andavasi.
Suvoq qatlamlarini o‘rnatish
Cuvokchilik vasifasiga ko‘ra nam va suv o‘tkazmaydigan, arxitektura
jihatidan binoni bezaydigan va tashqi tasirlardan saqlaydigan bo‘ladi.
Ishlatilishiga ko‘ra xo‘l va quruq suvoqlarga bo‘linadi. Xo‘l suvoq deb
konstruksiya yuzasini suyuq yoki quyuq qorishma bilan suvashga, quruq suvoq
deb, konstruksiya yuzasiga mahkamlanadigan qoplamalarga aytiladi.
63
Xo‘l suvoq malum qatlamda suvaladi, qatlamining qalinligi esa
konstruksion materialning turiga va vazifasiga qarab turlicha bo‘ladi. Suvoqlar
sifatiga ko‘ra yani aniq va silliq bajarilishiga qarab oddiy, sifatli va yuqori sifatli
bo‘ladi.
Oddiy suvoq 2 –qatlamdan sepma va qorasuvoq qatlamidan iborat bo‘lib,
xo‘jalik uylarini, vaqtinchalik inshootlarni suvashda ishlatiladi. Sifatli va yuqori
sifatli suvoqlar 3 qatlamdan – sepma, qora suvoq va pardoz suvoq qatlamlaridan
iborat bo‘lib, uy – joy binolarini pardozlashda ishlatiladi. Uylarni sifatli suvash
yoki ilgari suvalgan yuzalarni remont qilish yuzalarni tayyorlashga, qorishmalarni
tayyorlash usuliga, xar xil yuzalar uchun qorishmalar tarkibini tanlashga va
jixozlarga bog‘lik. Buning uchun bog‘lovchi va to‘ldiruvchi materialning asosiy
xususiyatlarini, qorishmalarni tayyorlash va yuzalarga to‘g‘ri chaplashni,
tekislash, silliqlash va boshqa jarayonlarni bilish lozim.
Suvoqchilik ishlarini bajarishda quyidagi asbob – uskunalar va inventar
qurilmalar qo‘llaniladi:
1. Yuzalarni tayyorlash va tekshirish uchun – suvoq, pardozlash pichog‘i,
metalni kesish qaychisi, kurilish otvesi, uroven, reyka –otves, ugolniklar, 15 m li
reja ip, mayaklarni o‘rnatishda reykani ushlab turuvchi, kulochok, zubilo,
troyanka, zupchatka, inventar mayaklari, latta, supurgi, vaterpas, markalar;
2.Qorishmalarni chaplash va tekislash uchun – suvoq kuragi, pardozlash
uchun kovsh pichog‘i, sokol, poluterka, malka, pravila, shoblonlar, qorishma
yashigi, elak ( №01…03), suvoqlash bochkalari ( chelak xam kiradi).
3.Suvoqli pardozlash uchun – terka, gladilka, kist, bucharda, fasonli
poluterkalar, metall shyotkalar, sokllar, mixli shyotka, lineyka, rustovka, maxsus
shablonlar.
Suvoqni mexanizmlar yordamida bajarish texnologiyasida xam qo‘lda
bajariladigan ishlar kabi qoidalarga rioya qilinadi. Qorishmalarni tayyorlash,
uzatish va surish ishlarida quyidagi mexanizmlar ishlatiladi: vibroelak, dozatorlar,
qorishma aralashtirgich: SO – 23 B, SO 46 A, SO – 26 B; qorishma nasoslar: SO
- 50, sochiluvan materiallarni uzatish qurilmasi, suvoq agregatlari.
64
Elentir suvoq mashinalari SO-86 A, ,,Kiyanka”, SO – 55, pnevmatik
silliqlash mashinasi, elektr shlifovka mashinasi, pnevmatik shlifovka mashinasi,
sement – pushka, bolg‘a, shlangli soplo, elektrokraskopult. Barcha mashinalar
ularga mos keluvchi qurilmalar bilan jixozlanishi zarur (kompressorlar, karishma
o‘tkazgichlar, shlanglar, forsunkalar, elektroenergiya va boshqalar (2.1-jadval).
Do'stlaringiz bilan baham: |