6.5-§.Xitoy tili darsi va uni rejalashtirish
O‘quv mashg‘ulotining maqsadi:
Zamonaviy dars mohiyatini tushunib
yetish, ya’ni unga qo‘yiladigan talablarni aniq tasavvur qilish, o‘quv til
materialini tahlil etish, mashqlar ketma-ketligini topish, darsda ishlatiladigan
jihozlarni tanlash, muallim amal qiladigan ta’limiy harakatlarni va o‘quvchilar
ko‘nikma hamda malakalar egallashida kutiladigan xatti-harakatlarni oldindan
ko‘ra olish, darsning va mavzu rejalarini ishlab chiqish kabi vazifalarni o‘rgatish.
Tayanch so‘z va iboralar:
o‘quv yili, o‘quv choragi, mashg‘ulot, chet til
darsi, darsning maqsadi, ichki turtki (motivatsiya), o‘quv materiali, o‘quvchilar
tayyorgarligi, dars turlari, darslar tizimi, dars bosqichlari, kalendar reja, mavzuiy
reja va dars rejasi, konspekt.
“Dars” atamasini eshitganda va o‘qiganda, uning maqsadi, turlari, bosqichlari
va dars rejasi ko‘z o‘ngimizda namoyon bo‘ladi.“O‘qitish jarayoni tushunchasi
qamroviga muallim va o‘quvchi faoliyati hamda ushbu jarayonning tashkiliy
shakllari kiradi. Ta’limshunoslikda bu jarayon o‘quv yili, o‘quv choragi,
dars/mashg‘ulot nomlari bilan ataladi.
Dars
deganda, o‘quv faoliyatining ayrim
bir bo‘lagi tushuniladi. Arabcha dars (madrasa-dars o‘tiladigan joy, diniy maktab;
mudarris—dars beruvchi, muallim; tadris—dars berish/o‘tish kabi so‘zlar bilan
o‘zakdosh) so‘zlashuv tilida mashg‘ulot, saboq, deb ham yuritiladi.
Mashg‘ulot
atamasi esa mashq so‘zi bilan bir o‘zaklidir. Mashqlar bajarish mashg‘ulotni
tashkil etadi.
Dars majburiy mashg‘ulot sifatida qonunlashtirilgai. Fakultativ mashg‘ulotlar
darsdan alohida o‘tkaziladigan o‘quv tadbirlaridandir.
Darsning maqsadi
. Chet til darsi boshqa o‘quv predmetlaridan ikki tarafi,
ya’ni dars maqsadi va mazmuni bilan farq qiladi. Ushbu predmet darslarida nutq
o‘rgatiladi. Chet tilda o‘quvchi tayyorlov va nutq mashqlari bajarish bilan band
bo‘ladi. Chet til darsining asosiy xususiyati uning amaliy, ya’ni nutqiy
yo‘nalganligidir. Gapirish, tinglab tushunish, o‘qish va yozuvni amalda
145
egallaydilar.
Ta’lim jarayonining tashkil qilinishi bevosita dars maqsadi bilan bog‘liq.
Yakuniy amaliy maqsad chet til darsining maqsad va vazifalarini belgilovchi
omildir. Darsda amaliy maqsaddan kelib chiqib, xususiy vazifalar yechiladi.
Maqsad (vazifa)lar bir darsda birdan uchtagacha bo‘lishi mumkin.
Maqsad natija bilan bog‘langan, vazifa faoliyat sharoitiga daxldor. Bir
maqsad bo‘yicha turli vazifalar bo‘lishi mumkin. O‘quv materialininig
qiyin/osonligi, qiyinchiliklarni yengish usullari, o‘quvchi va muallimning o‘zaro
birgalikda faoliyat ko‘rsatishlari, o‘quvchining o‘rganishga ichki turtkisi
singarilar dars vazifasini belgilash shartlaridir. Qiyin material maxsus o‘rganiladi,
ya’ni unga bevosita tegishli mashqlar bajariladi. O‘quvchi va muallim birga
harakat qilishi tushunarli. Ichki turtki tahlil talab masaladir.
Darsga tayyorlanish muallim pedagogik mahoratining shakllanishida katta
ahamiyatga molik. Darsga tayyor bo‘lish yo‘lida quyidagi tadrijiy metodik
choralar ko‘riladi: ta’limning maqsadlarini chuqur anglab yetish va dars
maqsad/vazifalarini aniqlab olish; zamonaviy dars mohiyatini tushunib yetish,
ya’ni unga qo‘yiladigan talablarni aniq tasavvur qilish; o‘quv til materialini tahlil
etish; mashqlar ketma-ketligi (ierarxiyasi)ni topish, ya’ni ko‘nikma va
malakalarni shakllantirish/nazorat yo‘llarini rejalashtirib qo‘yish; darsda
ishlatiladigan jihozlarni tanlash; muallim amal qiladigan ta’limiy harakatlarni va
o‘quvchilar ko‘nikma hamda malakalar egallashida kutiladigan xatti-harakatlarni
oldindan ko‘ra olish; dars turini belgilash; darsning va mavzu rejalarini ishlab
chiqish
52
.
Darsga qo‘yiladigan zamonaviy talablar: 1) chet til haqida qoidalar
(mavhumotlar)ni bayon etish emas, ko‘nikma va malaka hosil qilish darsning
asosiy maqsadidir; 2) nutq amaliyoti (mashqlar)da kommunikativ yo‘nalishdagi
nutq jarayoniga taqlid qilinadi; 3) darsda chet til materialini metodik tashkil qilish
bir butunlik shaklida ro‘yobga chiqadi (nutq namunasi barcha mashqlarda asosiy
birlik hisoblanadi); 4) har qaysi nutq faoliyati turi o‘ziga mos mashqlar tizimi
yordamida o‘rgatiladi; 5) darsning yagona yetakchi maqsadi va yordamchi
maqsadlari bo‘ladi; 6) dars samaradorligi o‘quvchilar faolligi bilan o‘lchanadi; 7)
darsda nazorat ta’limiy ruhda bo‘ladi; 8) imkon boricha dars chet tilda olib
boriladi; 9) o‘quv materialining mazmuni, puxta ishlab chiqilgan metodik usullar
va ko‘rgazmalilik yordamida o‘quvchilarda qiziqish va bilishga intilish
uyg‘otiladi; 10) dars tarbiyaviy va umumta’limiy vazifa o‘tab, o‘quvchilar
saviyasini ko‘tarish, bilish maylini kuchaytirish va tarbiyalash ishlariga ulush
qo‘shadigan tadbirdir; 11) dars jarayonida o‘quvchilarning yoshi va ta’lim
52
МихайловА. М.. Методические указания по организации стажёрской практики учителя иностранного языка
общеобразовательной школы.— Ленинабад, 1988, 21- бет; Научно-методическяя деятельность учителя иностранного
языка и подготовка к ней студентов в педвузе (Методические разработки). Выпуски1 и 2 //Под ред. проф. Г. В.
Роговой,— М., 1984.
146
bosqichi e’tiborga olinadi; 12) chet til darsi nutq faoliyatini egallashda ma’lum til
materialini qo‘llashning bir pog‘onasidir.
Mashqlarketma-ketligini ta’minlash. Hozirgacha shakllangan o‘quvchilar
ko‘nikma va malakalarini hisobga olib, darsda bajariladigan mashqlar tartibotini
belgilab chiqish yaxshi natija beradi. Taqdim etiladigan va ilgari o‘rganilgan
o‘quv til materialini ko‘nikma va malaka tarkibiga kiritish niyatida uch bosqichli
— shakllantiruvchi, rivojlantiruvchi va takomillashtiruvchi mashqlar tavsiya
etiladi. Darsning mashqlari talab va materialini muallim sinchiklab tahlil qiladi.
Darslikdagi va o‘zi beradigan mashqlar bajarilishining eng samarali tartibi ishlab
chiqiladi.
Dars uchun jihozlar tanlash. Darsga tayyorgarlik chog‘ida o‘quv vositalarini
tanlashga alohida e’tibor beriladi. (Ko‘rgazmalilik haqida 8-dars va o‘quv
vositalarn to‘g‘risida 10, 11-darslarda tanishdik). Dars maqsadiga, yangi
materialga, mashqlarga va o‘quqchilar saviyasiga qarab yetarli va kerakli jihoz
tayyorlanadi. Texnikaviy va oddiy, o‘quv-metodik kompleks tarkibidagi va
qo‘lda yasalgan audiovizual vositalarni ishlatish va ulardan foydalanish usullari
o‘ylab qo‘yiladi.
Rejani tuzishda muallif chet til darsiga qo‘yiladigan talablarni hisobga oladi.
Dars rejasi loyiha tarzida tavsiya etilmoqda, shuning uchun uni “Muallim
kitobi”dagi tartibot bilan uyg‘unlashtirish kerak bo‘ladi.”
53
Rejaning birinchi sahifasi quyidagi ko‘rinishda bo‘ladi:
... – sinf
(sana)
Dars mavzusi ...
Darsning maqsadi (maqsadlari) ...
Qo‘shimcha maqsad (maqsadlar) ...
Tarbiyaviy, ta’limiy, rivojlantiruvchi maqsad ...
Jihozlash ...
Darsning borishi:...
Ko‘rinib turibdiki, dars rejasi ikki qism (kirish va darsning borishi)dan iborat.
«Sinf» deganda, o‘quv predmetini egallashdagi ma’lum bosqich va
o‘quvchilarning yoshi tushuniladi. Har ikkala omil o‘quv materiali me’yorini
belgilash va uni o‘rgatish usullarini qo‘llash va tegishli vositalaridan
foydalanishda hisobga olinadi.
Dars o‘tkazish sanasi til ustida ishlash davrini ko‘rsatadi: chorak boshi, oxiri,
yil oxiri kabilar. Bunga takrorlash, qo‘shimcha qilish, nazorat kabilar
muvofiqlashtiriladi. Hatto haftaning qaysi kuni ekanligi ham dars rejasiga ta’sir
qiladi.
«Mavzu» qismida paragrafning dars-mashg‘uloti yoki nutqiy mavzu (mas.
Maktab, Uy, Ko‘cha) ko‘rsatiladi.
53
Jalolov J. Chettilio‘qitishmetodikasi.T.:O‘qituvchi. 2012.-B. 329
147
«Darsning maqsadi» bo‘limi odatda «Asosiy amaliy maqsad», ya’ni gapirish,
tinglab tushunish, o‘qish, yozuv malakalarini o‘stirish tarzida idrok etiladi.
Qo‘shimcha maqsad amaliy maqsad tarkibida berilsa ham bo‘ladi, unda ko‘nikma
darajasida til materiali taqdim etiladi.
Amaliy maqsaddan tashqari chet til o‘qitishning boshqa uchala maqsadi ham
darsda ro‘yobga chiqariladi. Ularning barchasi har bir darsda ko‘rsatilmasligi ham
mumkin, chunki hamma darsda bu uchala maqsad bo‘lishi shart emas.
«Jihoz» masalasiga kelganda, darsning doimiy vositalari (mas. darslik, sinf
doskasi) hamma vaqt ko‘rsatila bermaydi. Barcha darsda muntazam
qo‘llanmaydigan, shu dars uchun zarur audiovizual vositalar ko‘rsatiladi, xolos.
Kirish qismidan tashqari darsning metodik ishlanmasi (rus. razrabotka) sifatida
«Darsning borishi» nomli asosiy masala yoritiladi. Har bir bajariladigan mashq
yoki undagi ish turiga dars rejasida vaqt belgilab olinadi. Quyida boshlang‘ich
sinflar uchun xitoy tilida dars rejasining taxminiy namunasini ko‘rib chiqamiz.
Dars mavzusi: “Xitoy tilida iyerogliflarni interfaol usullari yordamida
o‘rgatish”.
Maqsad: interfaol o‘qitish usullaridan foydalangan holda o‘quvchilarda qiziqish
va motivatsiyani rivojlantirish orqali xitoy tilini o‘qitish sifatini oshirish.
Asosiy vazifalar:
1. Iyeroglif yozuvi qoidalarini ta’minlash.
2. Imlo chiziqlar, kalitlar, iyerogliflarni takrorlash.
3. O‘rganilgan belgilarning og'zaki nutqda faollashtirish.
Umumiy o‘quv vazifalari:
1. O‘quvchilar e’tiborini, tafakkurini va xotirasini rivojlantirish.
2. Kognitiv qobiliyat va umumiy ta’lim ko‘nikmalarini shakllantirish.
3. Xitoy tilini o‘rganishda motivatsiyani saqlab qolish va rivojlantirish.
Ta’lim vazifalari:
1. O‘rganilayotgan til mamlakati madaniyatiga hurmatni tarbiyalash.
2. Hozirgi bosqichda xitoy tilini o‘rganish bo‘yicha darajani oshirish.
Darsda talabalarni tashkillashtirish:
1. Individual (Yakka-yakka) ishlash.
2. Guruhda ishlash.
Vizual materiallar:
1. Xususiyatlarga ega kartalar
2. Iyerogliflarda yozilgan kartalar.
3. Rangli va rasnli ko‘rgazmali vositalar.
Do'stlaringiz bilan baham: |