O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti q. X. Abdurahmonov, sh. R. Xolmo‘minov



Download 3,33 Mb.
Pdf ko'rish
bet57/314
Sana18.04.2022
Hajmi3,33 Mb.
#559635
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   314
Bog'liq
4296-Текст статьи-10702-1-10-20220205

Personalni 
boshqarish 
Umumiy strategiyani belgilash, 
Personalga ehtiyoj va mavjud
ishchi kuchini baholash 
Mehnat jarayoni tahlili, Ish 
grafiginini tuzish, Martaba 
tizimini yaratish, Mehnat sharoiti 
Personal bilan ishlash, 
Rag‘batlantirish orqali qiziqtirish 
Baholash 
Korxona 
Rahbariyat 
Nazorat 
Rejalash 
3.7-rasm. Personalni boshqarish funksiyalarining o‘zaro bog‘liqligi 


68 
Personalni boshqarish nazariyasida, odatda, sakkizta asosiy 
funksiyani bajaradi. Bular: 
1)
personalga ehtiyojlarni rejalashtirish; 
2) personalni tanlash; 
3) personalni yollash; 
4) personalni rivojlantirish; 
5) personalni yo‘naltirish; 
6) martaba; 
7) personalni baholash; 
8) personalni rag‘batlantirish. 
Korxona personalini boshqarishning tashkiliy tuzilmasi ushbu 
korxonada tarkib topgan faoliyat turi, vazifalar taqsimotiga bog‘liqdir. 
Korxonada mehnatni tashkil etishning turli shakllari — pudrat, 
brigada, vaxta usullari bo‘lishi mumkin. 
Mutaxassislar personalni boshqarishning bir necha tashkiliy 
tuzilmalari mavjudligini ko‘rsatadilar. Ularning har biri bu masalaga 
yondashuv tamoyilini ifoda etadi 
Personalni boshqarish xizmatlari 
korxonada personal bilan ish 
olib boruvchi asosiy bo‘g‘indir. Ishlab chiqarishda inson omilining 
ortishi, hozirgi bozor sharoitida raqobatning kuchayishi, moliyaviy 
muvaffaqiyatga erishish zarurati personalni boshqarish xizmat-
larining roli va ahamiyatini kuchaytirib yuboradi. 
Samarali faoliyat ko‘rsatayotgan kompaniya va firmalar 
bugungi kunda innovatsiya strategiyalari, yangi mahsulot turlari, 
tashkiliy tuzilmalar yaratish bilan inson resurslarini boshqarish, 
mehnat salohiyatini rivojlantirish uslublari o‘rtasidagi mavjud 
uzilishlarni bartaraf etishga eng asosiy masala sifatida 
qaramoqdalar. Muammoni ijobiy hal etish ko‘p jihatdan 
personalni 
boshqarish 
xizmatiga 
bog‘liq 
bo‘lib 
qoladi. 
Iqtisodiyotda ro‘y berayotgan o‘zgarishlar an’anaviy kadrlar 
bo‘limlarining funksiyalari yo‘q bo‘lib ketadi, degan ma’noni 
bermaydi. Ishga qabul qilish, kadrlarni tayyorlash, ish haqi, ijtimoiy 
imtiyozlarni taqsimlash masalalari bundan buyon ham personalni 
boshqarish xizmati funksiyalarida asosiy o‘rinlarni egallashi aniq. 
Shu bilan bir qatorda, bu funksiyalarni amalga oshirish shakl va 
uslublarida sifat jihatidan o‘zgarishlar qilish ham hayotiy zaruratga 
aylanmoqda. 


69 
Personalni 
boshqarish 
xizmatlari 
jahondagi 
yetakchi 
kompaniyalar va firmalarda korxonaning asosiy bo‘linmasi 
hisoblanadi. Amaliyotda ular zimmasiga quyidagi vazifalar 
yuklatilgan: 

kompaniya yoki firmani yuqori malakali va manfaatdor 
xodimlar bilan ta’minlash; 

personalni ishga qiziqtirish tizimlarini takomillashtirish; 

personalning barcha toifalarini o‘z mehnatidan qoniqish hosil 
qilish darajasini oshirish; 

personal malakasini oshirish va kasbiy ta’lim tizimini rivojlantirish va 
yuksak darajada ushlab turish; 

qulay ma’naviy muhitni saqlash; 

xodimlar va rahbariyat uchun o‘zaro foyda keltirishini ko‘zlagan holda 
personalni korxona ichida almashinuvlarini boshqarish; 

martabani rejalashtirish; 

personal ijodiy faolligini oshirish, kompaniya yoki firma innovatsiya 
rejalarini amalga oshirishda ko‘maklashish; 

personal faoliyatini baholash va boshqaruv personalini attestatsiyadan 
o‘tkazish uslublarini takomillashtirish. 
Bu tuzilmada 

Download 3,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   314




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish