151
va pasti bo‘yicha eni. Ko‘p cho‘michli ekskavatorlar yordamida, quyidagi
jarayonlarni mexanizatsiyalashtirish mumkin: “transheya”, “kanal” turidagi yer
inshootlarida
gruntni qazish; muzlagan gruntni qazishdan oldin portlatish ishlari
uchun grunt massivida teshik hosil qilish; ko‘ndalang kovlaydigan ekskavator bilan
doimiy yer inshootlarining tubini, qiyaligini, tepasini pardozlash.
5.16 – rasm. Bo‘ylama kovlaydigan ko‘p cho‘michli ekskavatorlarni tuzilish sxemalari: 1 –
shatak, 2 – domkratli qurilma, 3 – zanjir, 4- cho‘michlar, 5 – ko‘ndalang transportyor, 6 – rotor.
5.17 – rasm. Ko‘p cho‘michli ekskavator bilan grunt qazishning texnologik sxemasi
ko‘ndalang qazuvchi ekskavatorlar yordamida odatda kesimi to‘g‘ri
to‘rtburchakli transheyalar qaziladi. Qazish profilning eng past bo‘lgan joyidan
boshlanadi, bu grunt va atmosfera suvlarining transheyaning
ochiq zonasiga
oqishini ta’minlaydi. Uzluksiz harakatlanuvchi ekskavatorlarning ba’zi
markalarida ishchi organni tartibga solish, tubini berilgan qiyalik bo‘yicha qazish
152
uchun, mashinaning harakat va ishchi organ tezliklarini kelishtirishga avtomat
moslama o‘rnatiladi.
Transheyalarni qazish jarayonlarini infraqizil nurlar yoki lazer yordamida
avtomatlashtirish imkoni mavjud. Nur transheya tubi qiyaligi burchagiga parallel
yo‘naltiriladi va ekskavatordagi qabul qiluvchi moslama orqali ekskavatorning
ishchi organi harakati korrektirovka qilinadi (ko‘tariladi yoki tushiriladi).
Ekspluatatsion ish unumdorligini hisoblashda cho‘michning to‘lish
koeffitsienti (0,7...0,9), ishchi vaqtdan foydalanish koefitsienti (0,6...0,8),
gruntning yumshatilish koeffitsienti (0,6....0,9), zanjirning
harakatlanish tezligini
inobatga olish lozim bo‘ladi. Zanjirning harakatlanish tezligiga gruntning zichligi
va uning ser namliligi ta’sir ko‘rsatadi.
Zanjirli va rotorli ekskavatorlarning asosiy tasniflari (xarakteristikasi):
cho‘mich sig‘imi, l..................................... 20 30 ;
kovlash chuqurligi, m ........................... 7 gacha 9 gacha;
mehnat unumdorligi, m
3
/soat ..................35 55
Suv va gaz quvurlari, elektr kabellari, oqava suvlar,
telefon tarmoqlarini
o‘tkazish uchun mo‘ljallangan
transheya kovlagichlar
ko‘rib chiqilgan
ekskavatorlarning turlariga kiradi. Zamonaviy transheya kovlagichlar pnevmo
g‘ildirakli to‘liq gidrostatik mashina bo‘lib, qiyin sharoitlarda ishlash uchun ular
yuqori quvvatga ega va ularning maksimal kovlash chuqurligi 1,8 m gacha.
Mashina plug, cho‘mich,
kesadigan disk, kabelli barabanni, surgichni va
burg‘ilovchi moslamalarni ushlab turuvchi sifatidagi qo‘shimcha jihozlar bilan
ta’minlangan.
Do'stlaringiz bilan baham: