QURILISh KONSTRUKSIYALARINI MONTAJ
QILISh TEXNOLOGIYASINING ASOSIY QONUN-
QOIDALARI (PRINSIPLARI).
8.1. Umumiy qoidalar
8.1.1. Montaj ishlarining O‘zbekistonda rivojlanishi.
Montaj – bino va inshootlarni zavodlarda tayyorlangan, yiriklashtirilgan
konstruktsiyalar, detallar va tugunlardan majmuali yig‘ish jarayonidir. Montaj
qurilish ishlab chiqarishining yetakchi jarayonidir. Bunga yig‘ma
konstruktsiyalarni ishlab chiqaruvchi rivojlangan sanoatning mavjudligi,
mexanizatsiyalashning turli va samarador vositalari, qurilish ishlab chiqarish
texnologiyasi va tashkiliyoti sohasida zamonaviy yutuqlar, montaj ishlarini oqimli
usullarda amalga oshirish mumkinligi yordam beradi.
Konstruktsiyalarni tayyorlash va montaj qilish bir-biri bilan yig‘ma
elementlarni tayyorlangan joyidan ularni o‘rnatish joyigacha tashish operatsiyalari
bilan uzviy bog‘langandir. Qurilish jarayonlarining ko‘proq qismini zavod
sharoitlarida bajarishga o‘tqazish mehnat sharoitlarini yaxshilash va
yengillashtirishga olib keladi, sarf-harajatlarni qisqartiradi, mahsulot narxini
kamaytiradi, qurilish maydonida montaj jarayonlarini mexanizatsiyalashga
erishiladi.
O‘zbekistonda yig‘ma temirbeton konstruktsiyalar yigirmanchi asrning 50-
yillarida qo‘llanila boshlangan. Yig‘ma temirbetondan plitalar, baland bo‘lmagan
ustunlar, yengil kranlar uchun kran osti to‘sinlari tayyorlangan.
Qurilish konstruktsiyalarining montaji nafaqat to‘liq yig‘ma, balki boshqa
turdagi binolar qurilishida ham amalga oshiriladi. G‘isht devorli binolarni
qurishda, masalan, yig‘ma poydevor bloklarni, karkas elementlari (ustun va
319
rigellar)ni, orayopma va tomyopma plitalarni, zinapoya marshi va maydonchalarini
hamda boshqa elementlarni o‘rnatishda ham montaj ishlari olib boriladi.
Qurilishdagi montaj ishlarining nisbiy salmog‘i har doim oshib boraveradi.
Bir tomondan alohida elementlarni tayyorlashda yuqori markali tsementni qo‘llash
natijasida ular massasining pasayishi, sifatli yirik va mayda to‘ldiruvchilarni ishlab
chiqarish hamda ularni beton tayyorlashda qo‘llash, boshqa tomondan yig‘ma
konstruktsiyalarni yiriklashtirish, ularni maksimal darajada zavod va texnologik
tayyor holatiga erishilmoqda. Qavatlarni va orayopmalarni ko‘tarish usullarini
qo‘llash, sanoat binolari tomyopmalarini konveyerli yig‘ish va blokli montaj qilish,
texnologik uskunalarni o‘rnatilgan holda yiriklashtirilgan konstruktsiyalarni
komplekt-blokli montaj qilish, to‘liq yig‘ilgan machta va minoralar montaji,
alohida konstruktsiyalar, butun bino va inshootlarni surib qo‘yish usullari keng
tarqalmoqda
Birinchi minorali kranlarning yuk ko‘tarish qobiliyati 3 t gacha bo‘lgan,
hozir turar-joy qurilishi uchun yuk ko‘taruvchanligi 8...10 t bo‘lgan mobilli kranlar
ishlab chiqarilmoqda, barpo etilayotgan binoning balandligi chegaralanmaydi
(limitlanmaydi), lekin ko‘pincha 20-40 qavatdan oshmaydi. Sanoat qurilishi uchun
yuk ko‘taruvchanligi 800...1000 t gacha bo‘lgan kranlar ishlab chiqarilyapti. Shu
bilan bir qatorda domkratlar va elektromexanik ko‘targichlardan foydalanishga
asoslangan kransiz montaj qilish usullari ham qo‘llanilmoqda. Yil sayin tele- va
radioaloqa asosida montaj jarayonlarini masofadan boshqarish vositalari yanada
keng qo‘llanilmoqda, montaj operatsiyalarini robotlashtirishni sanoatda
o‘zlashtirilishiga qadam qo‘yilmoqda.
80-yillarning boshlarida O‘zbekistonda yirik panelli va yirik blokli uylar
turar-joy fondining 45% ini tashkil etgan, boshqa ba’zi shaharlarda bunday binolar
hamma turar-joy maydonlarining 90% ni tashkil etgan. Kelajakda qurilish ishlab
chiqarishini takomillashtirish va progressiv texnologik-tashkillashtirish,
industriallashtirish omillarini tadbiq qilish natijasida konstruktsiyalarni montaj
320
qilish roli hamda hajmi o‘sib boradi, bunda bino va inshootlarni barpo etish
muddatlari hamda tannarxining qisqarishi ta’minlanadi.
Hozirgi paytda uy-joy qurilishida tashqi devorlari g‘ishtli va to‘liq yaxlit
betondan bo‘lgan binolarda yaxlit temirbetonning hajmi oshib bormoqda. Yaxlit
konstruktsiyalar bilan bir qatorda yog‘och va plastmassadan tashkil topgan
yengillashtirilgan konstruktsiyalar hamda chodirli va pnevmatik konstruktsiyalarga
oid tizimlar ham keng qo‘llanilayapti.
O‘zbekistonda beton qo‘llanilishining umumiy strukturasida yig‘ma
temirbeton nisbatan kamroq va bundan keyingi rivojlanishda ham shunday
holatning saqlanib qolish ehtimoli ko‘proq. Yevropa mamlakatlarida va Rossiyada
yig‘ma temirbetonning qo‘llanish ko‘lami yanada kengaymoqda. Yig‘ma
temirbeton keng qo‘llanishining ko‘pgina ob’ektiv sabablari mavjud. Asosiy
omillar iqlimga oid sharoitlar bo‘lib, konstruktsiyalarni tayyorlash jarayonini berk
binolarga ko‘chirishga intilishdir. Statsionar ishlab chiqarish sharoitlarida
operatsiyalarni navbatma-navbat nazorat qilishni tashkil etish orqali
konstruktsiyalar sifatining turg‘unligini ta’minlash ancha yengil kechadi. Turli
shakldagi qoliplarni tayyorlashda zamonaviy polimer ashyolarini qo‘llash turli
ko‘rinishdagi buyumlar turlarini yaratish va ularni arxitekturaviy pardozlash
variantlarini ko‘paytiradi. Yig‘ma temirbetonni tayyorlashda kimyoviy
qo‘shimchalarni qo‘llash beton aralashmasini zichlashtirish maqsadida
qo‘llaniladigan tebratib zichlashtirish usulining davomiyligini qisqartirish yoki
undan umuman voz kechish imkonini beradi. Beton tarkibi va konstrukiyalar
shaklini tanlash hozirgi paytda buyumlarni yuqori aniqlikda tayyorlash va ruxsat
etilgan qo‘yimlarni mm lardagi aniqlikgacha olib kelish imkonini beradi.
Hozirgi vaqtda yig‘ma temirbetonni ishlab chiqarishda energiya tejamkor
texnologiyalarni qo‘llash eng asosiy omillardan biri hisoblanib, bu omil
tsementlarning yangi avlodini qo‘llash va betonni kimyolash – ko‘p funktsiyali
vazifalarni bajaruvchi qo‘shimchalardan keng foydalanishga tayanadi.
321
Temirbeton panelli binolar zilzilabardoshligining yuqoriligi muhim
undaydigan omillardan biri sifatida xizmat qilishi mumkin. Hozir O‘zbekistonning
bir qator regionlarining seysmik aktivligi panelli binolarni qurilishiga aniq
yo‘nalish olish muhim bo‘lishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |