307
7.17-rasm. G‘isht terimini elektr isitish sxemasi:
a – g‘ishtli devorda; b – g‘ishtli ustunda; 1 – elektr tarmog‘i; 2 – plastinkasimon
elektrodlar; 3 – ulanish joylari; 4 – simlar; 5 – po‘lat to‘r.
Issiqxonalarda
tashqi havodan izolyatsiya qilingan joylarda g‘isht terishda,
ularda isitilgan havo yordamida +10
0
S dan yuqori temperatura vujudga keltiriladi,
bu kamdan-kam hollarda, odatda izolyatsiyalangan g‘isht
teriladigan ayrim
uchastkalar uchun bajariladi.
Qishki sharoitlarda g‘isht terishning o‘ziga xos xususiyatlari quyidagilar:
bo‘linmalar o‘lchami qisqartiriladi, g‘isht teruvchilar soni
ko‘paytiriladi, darhol butun qamrov bo‘ylab
ishlarni majburiy va bir
paytda bajarib, g‘isht terishni balandligi bo‘yicha tez barpo etilishi
ta’minlanadi;
bog‘lanishlarning ko‘p qatorli tizimida vertikal bo‘ylama
choklar har 3 qatordan kam bo‘lmagan holda bog‘lanadi; ish joyidagi
qorishma zaxirasi faqat 20...30 minutlik ishlashga yetishiga ruxsat etiladi,
qorishma qutisi isitilishi va isitkich bilan jihozlanishi kerak;
konstruktsiyaga ivigan va muzlagan g‘ishtni
terishiga ruxsat
etilmaydi, uni quritish zarur;
308
ishdagi tanaffuslarda qorishmani teriladigan joyning yuqori
qatlamida qoldirishga yo‘l qo‘yilmaslik kerak.
Muzlatish usulida odatdagi tsement qorishmasida qishki g‘isht terishning
qimmatlashishi 8....12% ni; tez qotuvchi qorishmalarda – 10...15% ni;
elektr
isitishdan foydalanishda – 15...20% ni; issiqxo-nalarda – 30% va undan ortiqni
tashkil etadi.
Erish boshlagunga qadar bahorda terilgan joyning konstruktiv
elementlarining yuklamalarini kamaytirish yoki ularni
kuchaytirish choralari
ko‘riladi. Deraza va eshiklar orasidagi devorlarning yuklamasini kamaytirish
uchun deraza-eshik o‘rinlarida g‘isht terilgan joyning cho‘ka borishiga ko‘ra
ustunlarning holatini tartibga solishga imkon beruvchi ponalarda ustunlar
o‘rnatiladi (7.18-a rasm). Ba’zida domkratli tayanchlari bo‘lgan
metall ustunlar
o‘rnatiladi. Progonlardan tushadigan yuklamani kamaytirish uchun ularning uchlari
ostiga yog‘och ponalarga tiraladigan ustunlar qo‘yiladi. Ustunlarning yuk ko‘tarish
qobiliyatini oshirish va ustivorligini ta’minlash po‘lat oboymalar yoki boltlar bilan
tortilgan, metall burchaklardan tayyorlangan inventar xomutlarni o‘rnatish bilan
amalga oshiriladi (7.18-b.v-rasm). Balandligi qalinligidan 5 martadan ortiq bo‘lgan
ichki erkin turuvchi devorlar qismi ikki tomonli tirgovichlar bilan mahkamlanadi
(7.18-g rasm); baland deraza va eshiklar orasidagi devorlar ikki tomonlama
qisgichlar bilan mahkamlanadi (7.18-d-rasm).
309
7.18-rasm. G‘isht-tosh terimini erish davrida kuchaytirish:
a-
deraza va eshiklar orasidagi
devorlarni yengillashtiruvchi ustunlar bilan; b-ustunlar va
deraza va eshiklar orasidagi
devorlarni po‘lat oboyma bilan; v-o‘shaning o‘zi, inventar xomutlar
bilan; g-alohida turgan devorlarni ikki tomonlama tirgovichlar bilan; d-baland deraza va eshiklar
orasidagi
devorlarni ikki tomonlama qisgichlar bilan; 1-taxta; 2-ustun; 3-ponalar; 4-yog‘och ost
taglik; 5-po‘lat
burchaklik; 6-tortuvchi bolt; 7-tortuvchi boltli xomutlar; 8-tirgovichlar; 9-
g‘o‘lalar; 10-sim o‘ramalar.
Do'stlaringiz bilan baham: