Тajriba-konstruktorlik ishlanmalari deganda, Buxgalteriya hisobining milliy standartlariga muvofiq, IТI va boshqa bilimlar natijalarini yangi yoki ancha yaxshilangan materiallar, mexanizmlar, mahsulotlar, texnologiyalar, ti-zimlar yoki xizmatlarini ishlab chiqarishga yoki tijorat maqsadlarida foy-dalangunga qadar rejalashtirish yoki loyihalashtirib chiqish uchun qo`llanilishi tushuniladi. ТKI, odatda, ungacha olib borilgan IТIning bevosita davomidir. Shu bilan birga xo`jalik yurituvchi sub`ektning alohida faoliyati turi bo`lishi ham mumkin. Bu faoliyat maxsus konstruktorlik byurolari, ishchi guruhlar, no-vatorlar bo`limi xodimlari tomonidan amalga oshiriladi.
9.2- chizma. Xo‘jalik yurituvchi subyektlarning ilmiy-tadqiqot faoliyati yo`nalishlari
Buxgalteriya hisobining milliy standartlariga muvofiq tajriba-konstruk-torlik faoliyati o`z ichiga oladigan yo`nalishlar quyidagi 9.3-chizmada keltirilgan
Yuqorida ko`rib o`tilgan Xo‘jalik yurituvchi subyektlarning ilmiy-tadqiqot ishlari va tajriba konstruktiv ishlanmalari bilan bog`liq faoliyatlari ularning biznes rejalarida va hisob siyosatida atroflicha ko`rib chiqilishi va asoslanishi lozim.
Ma`lumki, ilmiy – tadqiqot ishlari va tajriba-konstruktorlik ishlan-malariga sarflangan mablag`lar Xo‘jalik yurituvchi subyektning boshqa sarf xarajatlarida o`ziga xos xususiyatlari bilan ajralib turadi va buxgalteriya hisobining milliy stan-dartlarida ular xarajatlar sifatida tan olinadi. Ularning o`ziga xos xususiyat-lari quyidagilardan iboratki, ilmiy-tadqiqot ishlari va tajriba-konstruktorlik ishlanmalarga qilingan xarajatlar:
ishlab chiqarish xarajatlari hisoblanmaydi (xarajatlar «Asosiy ishlab chiqarish hisobi» hisobvarag`ida aks ettirilmaydi);
shu davrda emas, balki kelgusi davrlarda manfaat keltirishi mumkin (shuning uchun bu xarajatlarni «Kelgusi davr xarajatlari hisobi» hisob-varag`ida aks ettirish maqsadga muvofiq);
kelgusida erishiladigan natijalari bo`yicha Xo‘jalik yurituvchi subyektning aktiv (nomod-diy va moddiy aktiv sifatida) yoki davr xarajatlari sifatida tan oli-nishi mumkin;
Xo‘jalik yurituvchi subyektning yalpi daromadi evaziga hisobdan chiqariladi va daromad foyda solig`ini hisoblashda bevosita e`tiborga olinadi (lekin, kelgusida ular 10 yilgacha bo`lgan muddatda soliqqa tortiladigan bazadan chegirilib boriladi);
ushbu faoliyat turlarining qiymatini (yoki tannarxini) tashkil qiladi va o`z ichiga shu faoliyat bilan bog`liq ish haklari, xom ashyo materiallar qiymati, moddiy va nomoddiy aktivlarni eskirishso`mmasi va ustama xarajatlarini oladi.
9.3-chizma. Xo‘jalik yurituvchi subyektlar tajriba-konstruktorlik faoliyati yo`nalishlari
Buxgalteriya hisobining milliy standartlariga ko`ra, agar tajriba – kons-truktorlik ishlanmalari bo`yicha xarajatlar quyidagi mezonlarga javob bersa, u holda ular aktiv deb tan olinishi kerak:
mahsulot yoki jarayon kat`iy belgilangan, u bilan bog`liq xarajatlar alohida aniqlangan va ishonchli o`lchash mumkin bo`lgan taqdirda;
mahsulot yoki jarayonning texnik amalga oshirilishi aniqlangan holat-da;
xo`jalik yurituvchi sub`ekt (ma`muriyati) mahsulot va jarayonlarni ishlab chiqarish hamda bozorda sotish yoki ulardan foydalanish maqsad-larini namoyon kilganda;
mahsulot yoki jarayon uchun mo`ljallangan kelgusi sotish bozori yoxud ichki foydalanish aniq belgilangan bo`lsa;
loyihani tugatish uchun muvofik resurslar mavjud bo`lgan taqdirda.
Agar tajriba-konstruktorlik ishlanmalari bo`yicha xarajatlar aktiv deb tan olinishi uchun yuqoridagi mezonlardan biriga javob bermasa va kelgusida iqtisodiy samara olinishi kutilmayotgan bo`lsa, bu xarajatlar hisobot davrida xarajat deb tan olinadi.
Agar ilmiy tadqiqot ishlari va tajriba-konstruktorlik ishlanmalari bo`yicha xarajatlar aktiv deb tan olinsa, u holda ushbu aktivlarga boshqa aktivlar singari amortizatsiya hisoblash tartibi belgilanadi. Тan olingan aktivning amor-tizatsiyalanadigan qiymati uning xizmat muddati mobaynida hisobdan chikarib boriladi. Amortizatsiya ajratmalarini hisoblash usulini Soliq kodeksi va xarajatlar haqidagi Nizomga mos keladiganni va u Xo‘jalik yurituvchi subyektning hisob siyosatida aks ettirilgan bo`lishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |