331
oziq-ovqat, kiyim-kechak va uy-joyga bo‘lgan barcha asosiy hayotiy ehtiyojlarni
qondirishdan iborat. Iqtisodiy faoliyatning har qanday sub’ektlari (firmalar ham,
barcha darajadagi davlat hokimiyati organlari ham) ushbu asosiy vazifani
bajarishga hissa qo‘shish uchun tashkil etil(adi)gan.
2. “Zamonaviy moliya”ni o‘rganishning ob’ektiv zarurligi
“Zamonaviy moliya” (fani)ni o‘rganishga astoydil kirishmoqchimiz? Uning
Siz uchun naqadar zarur ekanligini his etishni istaysizmi? Unda, hech
bo‘lmaganda, quyidagi hayotiy misol va savollarga bir e’tibor bering:
• Siz pul to‘plash (jamg‘arish)ni boshladingiz va ularni bankda (gi hisob
varag‘ida) saqlamoqdasiz. O‘z mablag‘ingizni biror bir o‘zaro fond
79
ga
qo‘yishingiz (joylashtirishingiz) to‘g‘ri bo‘ladimi? Agar to‘g‘ri bo‘lsa,
aynan
qaysi fondga qo‘yish (joylashtirish) kerak?
• Sizga avtomobil kerak bo‘lib qoldi. Uni sotib olish kerakmi yoki shunchaki
ijaraga olgan yaxshi (ma’qul)mi?.
• o‘quv yurtida o‘qib yurganingizda Siz mardikorlik (masalan, to‘yxona yoki
restoranlarda ofitsiantlik) qilib pul topgansiz va o‘qishni tugatgach restoran
ochishga ahd (qaror) qildingiz. Sizning shunday qilishingizga bu arziydimi?
Umuman, bu to‘g‘ri bo‘ladimi? Buning uchun qancha mablag‘ talab etiladi? Siz
bu mablag‘ni qayerdan olishingiz mumkin?
• O‘zbekistonda televizor ishlab chiqaruvchi yirik kompaniyaning moliyaviy
direktori Sizdan maslahat so‘ramoqda. U firmasining faoliyat sohasini
kengaytirish arziydimi (maqsadga muvofiqmi) yoki yo‘qmi, shuningdek,
telekommunikatsiya sohasida biznes bilan shug‘ullanmoqchiligi borasida Sizning
fikringizni bilmoqchi. Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, yangi biznes tashkil etish
uchun firma keyingi bir necha yil ichida qariyb 300 mln. so‘m sarflashi, keyingi
yillarda ko‘riladigan iqtisodiy samara esa har yili olinadigan 100 mln. so‘mlik
foydada mujassam. Siz unga nima(lar)ni maslahat berasiz?
• Siz Jahon banki mutaxassislari guruhida ishlaysiz. Guruhning vazifasi
O‘zbekistonning qarz so‘rab qilgan murojaatini tahlil qilishdan iborat. Mablag‘ni
ulkan loyiha, ya’ni gidro yoki issiqlik elektrostansiya qurilishiga sarflash ko‘zda
tutilgan. Bunday vaziyatda Siz nimalarga asoslanib maslahat berasiz?
Bu savollarning haqqoniy yoki asoslangan javoblarini “Zamonaviy
moliya”ni o‘rganmasdan ham topaolaman, deb o‘ylamang.
“Zamonaviy moliya” (fani)
80
ni o‘rganish uchun eng kamida beshta o‘ta
79
Bu o‘rinda «jamg‘arma» so‘zini ishlatmaganimizga xafa bo‘lmang. Chunki “fond” so‘zi o‘zbek tilida
ishlatilishi mumkin bo‘lgan xalqaro atamalardan biridir. Bu to‘g‘rida batafsil qarang: o‘sha manba. J. IV. – B.
356.
80
Bu va bundan keyingi o‘rinlarda «Zamonaviy moliya», «Zamonaviy moliya» fani, «Moliya»
fani va
«Moliya»lar, ayrim hollarda, teng kuchli so‘z va iboralar shakli va mazmunida ishlatilishi mumkin.
332
muhim sabab bor. Ularni chizmada quyidagicha ko‘rsatish mumkin (navbatdagi
betdagi 1.1-rasmga qarang):
Demak, 1.1-rasmdan ko‘rinib turibdiki, xususan, “Zamonaviy moliya”ni:
o‘z pul mablag‘laridan samarali foydalanish;
biznes dunyosida muvaffaqiyatli faoliyat yuritish;
qiziqarli va daromadli karera qilish;
mamlakat iqtisodiy siyosatiga ta’sir qiladigan ongli fuqarolik qarorlari
qabul qilish imkoniyatiga ega bo‘lish;
dunyoqarashni kengaytirish uchun o‘rganiladi.
Shunday ekan, yuqoridagilarning qay biri Sizga maqbul emas?
Qaysisini
men uchun kerak emas, deya olasiz? O‘zingizni ozgina bo‘lsa-da, hurmat
qilsangiz, yuqorida qayd etilgan har bir holatlarga
nisbatan befarq qarash
huquqiga ega emasligingiz ma’lum bo‘ladi. Ularning Siz uchun har doim, butun
hayotingiz “sikl”i davomida, “beshikdan – tobutgacha” kerakligini his qilasiz.
Bunga bizning ishonchimiz komil.
Keling, endi bu sabablarni batafsil o‘rganib chiqaylik.
Do'stlaringiz bilan baham: