O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti “moliya” kafedrasi



Download 9,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet106/389
Sana26.03.2022
Hajmi9,6 Mb.
#512030
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   389
Bog'liq
Moliya (MMT (2-modul) va boshqalar (1,2- modul))

2-MODUL. MOLIYA: AMALIY JIHATLAR 
Tayanch so‘z va iborlar
: moliyaviy infratuzilma, buxgalteriya hisobi, 
moliyaviy instrumentlar, hisob-kliring tashkilotlari, qimmatbaho qog‘ozlar, 
qimmatbaho qog‘ozlar savdosi qoidalari, moliyaviy tizim qatnashchilari, 
moliyaviy tizim qatnashchilarini nazorat qiluvchi tartibga soluvchi idoralar, 
moliyaviy yangiliklar, moliyaviy sohada innovatsiyalar, kredit kartochkalari, 
innovatsiya, milliy innovatsiya tizimi, innovatsiyalarni moliyalashtirish, 
moliya 
bozori, moliyaviy instrumentlar

moliya bozorining vazifalari, moliya bozori 
funksiyalari, moliya bozorining tarkibiy qismlari, pul bozori, kapital bozori, fond 
bozori, valyuta bozori, markaziy banklar,
 
davlat to‘lov tizimi, markaziy bank 
faoliyatining maqsadi, vazifalari, qarz instrumentlari, xalqaro moliyaviy 
tashkilotlar, moliyaviy tashkilotlar funksiyalar,
 
foiz stavkalari, garov bo‘yicha 
foiz, tijorat krediti bo‘yicha foiz, hisob-kitob pul birligi, to‘lov muddati,
 
valyuta 
kursi,riskli aktivlarning daromadlilik stavkasi, bozor indekslari va indekslash 
strategiyasi, inflyatsiya va real foiz stavkalari, foizli stavkalarni tenglashtirish, 
daromadlilik stavkalari darajasiga ta’sir etuvchi asosiy omillar 
14-MAVZU. ZAMONAVIY MOLIYANING MAZMUN-MOHIYATI 
VA UNI O‘RGANISHNING OBYEKTIV ZARURLIGI 
Reja: 
1.
 
Zamonaviy moliyaning mazmun-mohiyati. 
2.
 
“Zamonaviy moliya”ni o‘rganishning ob’ektiv zarurligi. 
1. Zamonaviy moliyaning mazmun-mohiyati 
“Zamonaviy moliya” – o‘ziga xos ilmiy-amaliy fan. Unda, afsuski, 
hanuzgacha amaliyotimizda yetarli darajada e’tibor berib kelinmayotgan hamda 
qadriga yetilmayotgan 
vaqt
va 
noaniqlik sharoitida
defitsit pul mablag‘larining 
taqsimlanish masalalari o‘rganiladi. Bu o‘rinda, “vaqt” va “noaniqlik sharoitida” 
deb nomlangan so‘z va so‘zlar birikmasiga jiddiy e’tibor berishingizni so‘raymiz. 
Zamonaviy moliya ilmida bular shunchaki so‘zlar yoki so‘z birikmalari emas. 
Ajablanarlisi shundaki, aynan ular shu ilmning taqdiri va qadr-qimmatini belgilab 
beradi. Aslida faqat shugina emas, balki har birimizning taqdirimiz va qadr-
qimmatimizni belgilab berishda ham vaqt va noaniqlik sharoiti hal qiluvchi 
ahamiyatga ega. 
Shu bois quyidagi savollarga e’tibor bering: faoliyatimiz davomida vaqt va 
noaniqlik sharoitini hisobga olayapmizmi? Ularning hisobga olinish yoki hisobga 
olinmaslik darajalari qanday? Tegishli qarorlar, shu jumladan, moliyaviy qarorlar 
qabul qilayotganimizda ham bu omillarga qay darajada e’tibor berayapmiz? 
E’tibor berayapmizmi o‘zi? Yoki ...? Ular diqqat-markazimizda turibdimi? 


329 
Yuqoridagi holatlarda aynan shu omillarning yetarli darajada hisobga 
olinmayotganligi qanday natijalarga olib kelmoqda? Ularning oqibati nima 
bo‘lmoqda? Natijada “barmoq tishlab”, o‘yga tolib qolmayapmizmi? Kech 
bo‘lganligini, 
“poyezd 
ketib 
qolgan”ligini 
sezib, 
afsus-nadomat 
chekmayapmizmi? Ayrim hollarda “oyog‘i kuygan tovuq”dek bezovta 
bo‘lmayapmizmi? Boshimizni har toshga urmayapmizmi? Hech narsani 
o‘zgartira olmasa-da, o‘z-o‘zimizga “Qani endi ...?” degan savolni qayta-qayta 
bermayapmizmi? Jumladan, ana shunday holatlarga tushmaslik uchun ham 
(tushishni istamasligimiz – aniq) zamonaviy moliya “sir”laridan ogoh bo‘lmoq 
lozim. 
Bizni yuqoridagi vaziyatlardan qutqarishga ko‘mak beruvchi “Zamonaviy 
moliya” (fani) quyidagi uch analitik “ustun” ustida vujudga keladi: 

vaqt omili (davrlar o‘rtasidagi muqobil variantlar tahlili)ni hisobga olgan 
holda pul mablag‘laridan foydalanishni optimal-lashtirish (oqilonalashtirish); 

aktivlar qiymatini baholash; 

portfel nazariyasini ham o‘z ichiga oluvchi riskiy boshqaruv. 
Yuqorida qayd etilganlarni, o‘ziga xos tarzda, “Zamonaviy moliya”ning 
mustahkam poydevori deb ham atash mumkin. Bu har bir asosiy element 
(“ustun”)larning yadrosi qator tub (fundamental) qonunlar va prinsip-lardan 
iboratdirki, ular yuqoridagilarning har birida qo‘llaniladi. 
“Zamonaviy moliya” (fani) ning nima ekanligini anglash, uni to‘g‘ri idrok 
etish, u xususda yaxlit tasavvur hosil qilish va tegishli bilimlarga ega bo‘lish 
hamda ulardan amaliyotda foydalanish uchun, eng avvalo, quyidagi uch savolning 
aniq javobiga ega bo‘lmoq lozim: 
1. “Zamonaviy moliya” (fani)ning ta’rifi (tavsifi) nima(lar)dan iborat? 
2. Nima uchun “Zamonaviy moliya” (fani)ni o‘rganish kerak? 
.3. Zamonaviy moliya” (fani) olamida harakatlanuvchi ikki asosiy “shaxs” 
(kuch)lar kim (nima)lar va ular tomonidan qabul qilinadigan qaror-larning qanday 
turli ko‘rinishlari mavjud? 
Yuqorida qayd etilgan har uch savolning aniq javoblariga ega bo‘lish 
quyidagi ketma-ketlikda ish tutishni taqozo etadi: 
1. “Zamonaviy moliya” (fani) ta’rifi (tavsifi) va uni o‘rganishning zarurligi; 
2. Uy xo‘jaliklari va firmalar qabul qiladigan moliyaviy qarorlar; 
3. “Zamonaviy moliya”ning fundamental asos (masala)lari.
“Zamonaviy moliya” fani yagona (yaxlit holdagi) “Moliya” fanining bir 
(tarkibiy) qismi hisoblanadi. Uning bunday nomlanishi, ma’lum ma’noda, shartli 
xarakterga ega. Bu joyda ushbu fanning faqat zamonaviy va ayniqsa, uning amaliy 
jihatlariga maxsus ravishda alohida urg‘u yoki e’tibor berilayotgani uchun uni 
shunday nomlash mumkin. 


330 
Shaxslarning ma’lum 
vaqt mobaynida
defitsit pul resurslari kirimi 
(daromadi) va chiqimi (xarajati)ni qanday boshqarishni o‘rganishga zamonaviy 
moliya deyiladi. 
Demak, “Zamonaviy moliya”
 
(...finance) shaxs (odam, kishi)larning ma’lum 
vaqt mobaynida
defitsit pul resurslari kirimi (daromadi) va chiqimi (xarajati)ni 
qanday boshqarishlari to‘g‘risidagi fan hisoblanadi. Moliyaviy qarorlar shunisi 
bilan ajralib turadiki, kirim (daromad)lar va chiqim (xarajat)lar: a) vaqt oralig‘ida 
tarqatilgan (bir-biridan farq-lanadi, ajratilgan); b) odatda, ularning bo‘lajak 
miqdorini na qaror qabul qiladiganlar va na boshqa biror bir odam bashorat qila 
olmaydi. Masalan, o‘z restoraningizni ochishni baholar ekansiz, barcha 
xarajatlarni (xonani jihozlash, oshxona anjomlari, stol va stullar, hatto antiqa 
ichimliklarni bezash uchun mo‘‘jaz qog‘oz shamsiyalar, qisqasi, barcha zarur 
asbob-uskuna-larni sotib olish) va Siz bir necha yildan keyin olishni rejalashtirgan 
noma’lum daromad (ya’ni, bo‘lajak daromadingiz)ni imkon qadar (iloji boricha) 
aniq hisobga olish kerak.
Muayyan (aniq) moliyaviy qarorni qabul qilib, biznesmen (tadbirkor yoki 
ishbilarmon) uni moliyaviy tizim yordamida amalga oshiradi (hayotga tatbiq 
etadi). M
oliyaviy bitimlar tuzish, aktivlar va riskni almashishda foydalaniladigan 
bozorlar va boshqa institutlar majmuiga moliyaviy tizim 
(financial system) 
deyiladi.
Bu tizim aksiyalar, obligatsiyalar va boshqa moliya instrumentlari 
bozori, moliyaviy vositachilar (bank va sug‘urta kompaniyalari kabi), moliyaviy 
xizmatlar taklif etadigan firmalar (masalan, moliya-maslahat firmalari) va shu 
barcha muassasalar faoliyatini nazorat qiluvchi organlarni o‘z ichiga oladi. 
“Zamonaviy moliya” (fani) oldida turgan eng muhim vazifalardan biri – bu 
moliyaviy tizim evolyutsiyasi qonuniyatlarini o‘rganishdir.
“Zamonaviy moliya” nazariyasi qator konsepsiyalardan iborat bo‘lib, bu 
konsepsiyalar talaba (kitobxon)larga 

Download 9,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   389




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish