2.3. DIFFERENSIAL YONDASHUV ASOSIDA “HAQIQIY SONLAR TO’PLAMI” MAVZUSINI O’QITISH METODIKASI
III. XULOSA
…..…………………………………………………………...…….29
IV. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI ………………………..32
KIRISH
“Matematika hamma aniq fanlarga asos.
Bu fanni yaxshi bilgan bola aqlli, keng
tafakkurli bo‘lib o‘sadi, istalgan sohada
muvaffaqiyatli ishlab ketadi”.
Bitiruv ishining dolzarbligi. Jahonda va mamlakatimizda ro’y berayotgan o’zgarishlar, yangilanishlar va chuqur ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarga nisbatan yoshlarimizni, talabalarimizni o’zlarining har tomonlama asoslangan, ob’ektiv, real nuqtai-nazarlari hamda qarashlarining to’g’ri asosda ishlab chiqilishiga yonaltirish ham juda muhim masalalardan biridir. Bu o’rinda birinchi prezidentimiz I.A.Karimovning “... yosh avlodimizning qalbi va ongini asrash, ularni milliy va umumbashariy qadriyatlar ruhida tarbiyalash, farzandlarimizning dunyoda ro’y berayotgan siyosiy jarayonlarning ma’no-mazmuni va asl sabablarini chuqur anglashi, o’z atrofida sodir bo’layotgan voqealar haqida haqqoniy ma’lumotlarga, eng muhimi, o’z mustaqil fikriga ega, sodda qilib aytganda, oqni qoradan ajratishga qodir bo’lishiga erishish ta’lim-tarbiya va ma’naviy-ma’rifiy ishlarimizning asosiy sharti va mezoni bo’lishi darkor” [3] degan ko’rsatmalari bugungi kunda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Kadrlar tayyorlash milliy dasturini [4] ro‘yobga chiqarishning uchinchi bosqichi - “to‘plangan tajribalarni tahlil etish va umumlashtirish asosida mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish istiqbollariga muvofiq kadrdar tayyorlash tizimini takomillashtirish va rivojlantirish”– bosqichida o‘quv-tarbiya jarayonini yangi o‘quv-uslubiy majmualar, ilg‘or pedagogik texnologiyalar bilan to‘liq ta’minlash vazifalari belgilangan bir davrda bu texnologiyalarning konseptual asosini tashkil etuvchi nazariyalarni tadqiq etish, olingan natijalarni amaliyotga tatbiq etish yo‘llarini ishlab chiqish muhim masala hisoblanadi.
So‘ngi yillarda respublikamiz pedagogika ilmida turli yo‘nalishlar bo‘yicha o‘quv-tarbiyaviy jarayonni texnologiyalashtirish masalalarini hal etish bo‘yicha ilg‘or tajribalar to‘plandi [9, 23, 25 va b.]. Bu jarayonda yutuqlar ham, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar ham mavjud. Kop‘chilik texnologiyalar an’anaviy o‘qitish metodikasining kamchiliklaridan holi emas. Ma’lumki, tashxislanuvchi maqsad qo’yish pedagogik texnologiyaning asosiy protseduralaridan biridir. Maqsad bu har qanday texnologiyaning ishlashining va o’quv jarayonini boshqarish asosidir. Maqsad qo’yish jarayoni o’quv axborotini o’zlashtirishning talab etilgan sifatini bir qiymatli berishni talab qiladi. Ammo matematika fanlaridan yaratilgan o’quv metodik majmualarda taklif etilayotgan texnologiyalarda maqsad qo’yish masalasi an’anaviy ta’limdagi maqsadlardan farq qilmaydi. Qo’yilgan maqsadga erishilganlikni aniqlaydigan etolonlar berilgan emas. Natijada o’quv natijalarini nazorat qilish va baholash vositalari maqsadga aynan mosligini ta’minlab bo’lmaydi. Tanlangan innovatsion metodlar maqsadni aniqlashtirilmaganligi sababli kam samara beradi.
Yuqorida aytilgan kamchiliklarni bartaraf etish yo’llarini Matematik analiz fanining “Haqiqiy sonlar to’plami” mavzusi doirasida tadqiq etish bitiruv ishining maqsadi hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |