O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti



Download 2,49 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/124
Sana16.03.2022
Hajmi2,49 Mb.
#497919
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   124
Bog'liq
Turizm&Servis Kaf 09.EKSKURSIYA XIZMATINI TASHKIL QILISH

Mazmuniga ko‘ra
ekskursiyalar ko‗p rejali va mavzuli bo‗ladi. Ko‗p rejali 
ekskursiyalarda tarixiy va zamonaviy ma‘lumotlardan foydalaniladi. Bunday 
ekskursiyalar turli xil obyektlarni ko‗rsatish negizida tuziladi (tarixiy va madaniy 
yodgorliklar, bino va inshootlar, tabiat obyektlari, mashhur voqea joylari, 
shaharsozlik, sanoat va qishloq xo‗jaligi korxonalari va shu k.). 
Ko‗p rejali ekskursiyada voqealar batafsil yoritiladi va shahar, o‗lka, viloyat, 
respublika, davlat haqida umumiy tasavvurni beradi. Bunday ekskursiyada 
xronologik tartibda shaharning ilk paydo bo‗lishi tarixidan boshlab to kelajakdagi 
rivojlanishi haqida ma‘lumotlar beriladi. 


21 
Mavzuli
ekskursiyalar bitta mavzuning yoritilishiga baishlanadi. Agar bu 
tarixiy ekskursiya bo‗lsa, uning negizida yagona mavzuda birlashtirilgan bir yoki bir 
necha voqealar yotadi. Agar bu me‘morchilik mavzusidagi ekskursiya bo‗lsa, unda 
shahar, ko‗cha va maydonlarida joylashgan qiziqarli san‘at asarlari, o‗tgan asrlar 
me‘moriy ansambllari kiritilishi mumkin. 
Mavzuli 
ekskursiyalar 
tarixiy, 
ishlab 
chiqarish, 
tabiiy 
(ekologik), 
san‘atshunoslik, adabiy, me‘moriy – shaharsozlik ekskursiyalariga bo‗linadi. 
O‗z mazmuniga ko‗ra 
tarixiy
mavzudagi ekskursiya xizmatlari quyidagi 
guruhostilarga bo‗linadi: 
-
tarixiy – o„lkashunoslik
(masalan, «Samarqand shahrining ming yillik 
tarixi», «Moviy gumbaz ostidagi shahar» va sh.k.); 
-
arxeologik
(masalan, Surxondaryo viloyatidagi Kampirtepa qadimiy 
shahri; Samarqand viloyatidagi Afrosiyob arxeologik majmuasidagi tarixiy 
qazilmalarni ko‗rsatish); 
-
etnografik
, turli millat va elatlarning urf odatlari haqidagi ekskursiya; 
-
tarixiy muzeylarda ekskursiya. 
Ishlab chiqarish
mavzusidagi ekskursiya xizmatlari quyidagi guruhostilarga 
bo‗linadi: 
-
tarixiy- ishlab chiqarish; 
-
iqtisodiy- ishlab chiqarish (masalan, bank, birja faoliyati); 
-
texnik- ishlab chiqarish; 
-
ekskursantlarni kasbga yo„naltiruvchi.
San‟atshunoslik
mavzusidagi ekskursiya xizmatlari quyidagi guruhostilarga 
bo‗linadi: 
-
teatral – tarixiy
(masalan, «Samarqand shahri teatri hayoti», «A.P.Chexov 
nomli rus dramaturg teatri tarixi» va sh.k.); 
-
musiqiy – tarixiy
(masalan, «Hamid Olimjon teatriga bir kunlik sayohat» va 
sh.k.); 
-
xalq amaliy san‟ati
(masalan, O‗zbekistondagi kulolchilar, zardo‗zlar va 
boshqa usta hunarmandlar faoliyati bilan tanishish); 


22 
-
madaniyat arboblari hayoti va faoliyati bilan tanishtiruvchi joylar; 
-
kartinalar galereyasi, ko„rgazma zallari, muzeylar, rassomlar va 
haykaltaroshlar ustaxonalarida va sh.k. 
Adabiy 
mavzudagiekskursiya xizmatlari odatda quyidagi guruhostilarga 
bo‗linadi: 
-
adabiy biografik
. Bunday ekskursiyalar shoir, yozuvchi, dramaturglar 
yashab ijod etgan joylarda o‗tkaziladi (masalan, «Sadriddin Ayniy muzey uyi», 
«Andijon - Bobur yurti» va sh.k.). 
-
adabiy – tarixiy
, o‗zbek adabiyotining rivojlanishining ma‘lum davrini ochib 
beradi (masalan, «XX – asrda Buxoro adabiyoti», «Adabiy Toshkent» va sh.k.). 
Me‟moriy – shaharsozlik
mavzusidagi ekskursiya xizmatlari quyidagi 
guruhostilarga bo‗linadi: 
-
mazkur shaharning me‟moriy qurilishini ko„rsatuvchi ekskursiya; 
-
ma‟lum tarixiy davrning me‟moriy yodgorliklarini ko„rsatuvchi ekskursiya; 
-
bitta me‟mor ijodiyoti haqida ma‟lumot beruvchi ekskursiya; 
-
zamonaviy me‟moriy namunalarni ko„rsatuvchi ekskursiya. 
Shuni ta‘kidlash joizki, u yoki bu mavzuli ekskursiya xizmati bir – biridan 
kamdan-kam alohida mavjud bo‗ladi. Masalan, tarixiy ma‘lumotni me‘moriy-
shaharsozlik mavzusidagi ekskursiya xizmatida ham foydalanish mumkin. 
Tabiatshunoslik ekskursiyalarining elementlarini qariyib barcha ekskursiyalarda 
uchratish mumkin bo‗lib, ekskursiyani o‗tkazish sharoiti, shahar yoki hududning 
resurslariga boliqdir. 
Qatnashuvchilar tarkibiga ko„ra ekskursiyalar
quyidagilarga bo‗linadi: 
-
kattalar va bolalar uchun; 
-
mahalliy aholi va turistlar uchun; 
-
shaharliklar va qishloq aholisi uchun; 
-
guruhli va individual bo„lishi mumkin. 
Har bir guruh xususiyatlaridan kelib chiqqan holda, ekskursiya ma‘lumotlari, 
uslubi va texnikasi, davomiyligiga o‗zgartirishlar kiritiladi. 


23 
O„tkazish joyiga ko„ra
: shaharda, shahar tashqarisida, ishlab chiqarish 
korxonalarida, muzeyda, majmuali bo‗lishi mumkin. 
Harakatlanish vositasiga ko„ra
: piyoda yoki turli harakatlanish vositasida 
bo‗lishi mumkin. Piyoda ekskursiya xizmatlarining afzallik tomoni shundaki, unda 
harakatlanishning zaruriy tezligini ta‘minlab, obyektlarni ko‗rsatish va hikoya 
qilishda qulay sharoit yaratish mumkin. 
O„tkazilish shakliga ko„ra
ekskursiya xizmatlari quyidagicha bo‗lishi mumkin: 
-
ommaviy ekskursiya.
Bunday ekskursiya xizmatlari qatnashuvchilari odatda 
10-15 ta avtobuslarda (har bir avtobusda alohida gid) bitta marshrut bo‗ylab bir 
vaqtda harakatlanadilar. Bunday ekskursiyalar ommaviy teatrlashtirilgan tomoshalar, 
folklor bayramlarni o‗z ichiga olishi mumkin; 
-
ekskursiya- sayr.
Bunday ekskursiya xizmati odatda o‗rmonda, daryo va 
dengiz bo‗ylab o‗tkaziladi, o‗rganish va dam olish elementlarini o‗zida 
mujassamlaydi; 
-
ekskursiya-konsert
. Bunday ekskursiya xizmati musiqali mavzuga 
baishlanib, avtobus salonlarida musiqali asarlar ham eshitiladi; 
-
ekskursiya-spektakl
. Bunday ekskursiya xizmati adabiy-badiiy ekskursiya 
xizmatini o‗tkazishning shakli bo‗lib, badiiy adabiyotning aniq bir asari bo‗yicha
tayyorlanadi va sh.k. 
To‗ri tasniflangan ekskursiya xizmati gidning ekskursantlar bilan ishlashini 
yengillashtiradi, uslubiy to‗garaklar faoliyati uchun asos hisoblanadi.

Download 2,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   124




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish