O‘zbekiston respublikаsi oliy vа o‘rtа mаxsus tа’lim vаzirligi toshkent dаvlаt iqtisodiyot universiteti


Sayyor soliq tekshiruvi natijalarini rasmiylashtirish



Download 113,25 Kb.
bet14/14
Sana16.03.2022
Hajmi113,25 Kb.
#497702
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
Sayyor soliq tekshiruvlari

Sayyor soliq tekshiruvi natijalarini rasmiylashtirish
Sayyor soliq tekshiruvida soliq to‘lovchi tomonidan sayyor soliq tekshiruvini o‘tkazuvchi mansabdor shaxsning o‘z hududi va binolariga kirishiga to‘sqinlik qilingan taqdirda, sayyor soliq tekshiruvini o‘tkazuvchi mansabdor shaxs tomonidan Sayyor soliq tekshiruvini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi Nizomda belgilangan ilovaga muvofiq dalolatnoma tuziladi.
Bunday dalolatnoma asosida soliq organi soliq to‘lovchi to‘g‘risida o‘zida mavjud bo‘lgan ma’lumotlar yoki xuddi shunday soliq to‘lovchilar to‘g‘risidagi ma’lumotlar asosida to‘lanishi lozim bo‘lgan soliq summasini mustaqil tarzda aniqlashga haqli.
Dalolatnoma sayyor soliq tekshiruvini o‘tkazuvchi mansabdor shaxs va soliq to‘lovchi tomonidan imzolanadi. Soliq to‘lovchi ko‘rsatilgan dalolatnomani imzolashni rad etgan taqdirda, mazkur dalolatnomaga tegishli yozuv kiritiladi.
Sayyor soliq tekshiruvi natijalari bo‘yicha sayyor soliq tekshiruvini o‘tkazuvchi mansabdor shaxs tomonidan Sayyor soliq tekshiruvini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi Nizomning tegishli ilovasiga muvofiq shaklda qat’iy hisobda turadigan sayyor soliq tekshiruvi dalolatnomasi tuziladi.
Sayyor soliq tekshiruvi dalolatnomasi ikki nusxada tuziladi va soliq organi mansabdor shaxslari hamda soliq to‘lovchi tomonidan imzolanadi.
Sayyor soliq tekshiruvi dalolatnomasining bir nusxasi soliq to‘lovchiga dalolatnoma bilan tanishib chiqib, uni olganligi va sanasi ko‘rsatilgan imzosi orqali topshiriladi.
Soliq to‘lovchi sayyor soliq tekshiruvi dalolatnomasini olishdan bosh tortganda, ushbu dalolatnomaga tegishli yozuv kiritiladi va uning nusxasi elektron hujjat tarzida soliq to‘lovchining shaxsiy kabinetiga yuboradi yuboriladi. Yuborilgan hujjatlar soliq to‘lovchi tomonidan o‘qib chiqilganidan keyin, lekin ushbu hujjat jo‘natilgan sanadan e’tiboran uch kundan kechiktirmay olingan deb hisoblanadi.
Agar soliq to‘lovchida soliq to‘lovchining shaxsiy kabineti mavjud bo‘lmasa, dalolatnoma pochta orqali buyurtma xat bilan yuboriladi va u jo‘natilganidan so‘ng besh kundan keyin olingan deb hisoblanadi.
Sayyor soliq tekshiruvi dalolatnomasi soliq to‘lovchiga topshirilgan kun yoki unga yuborilgan kun soliq tekshiruvi yakunlangan kun deb hisoblanadi.
Sayyor soliq tekshiruvini o‘tkazish uchun asos bo‘lgan hujjatlarning nusxalari, tekshiruv davomida rasmiylashtirilgan hujjatlar, ekspert va mutaxassislar xulosalari, sayyor soliq tekshiruvi davomida olingan materiallar, shuningdek, sayyor soliq tekshiruvi doirasidagi harakatlarning bajarilishini tasdiqlovchi boshqa hujjatlar sayyor soliq tekshiruvi dalolatnomasiga ilova qilinadi.
Sayyor soliq tekshiruvi davomida soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining buzilishi faktlari aniqlangan taqdirda, aniqlangan soliqqa oid huquqbuzarliklar bo‘yicha ish yuritish Soliq kodeksida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

Xulosa
Nafaqat O’zbekiston Respublikasi iqtisodiyotida balki butun jahonda iqtisodiyotni rivojlanishida soliqlar muhim omillaridan biridir. Shu qatorda soliq tekshiruvlari qanchalik adolatli va shaffof bo’lsa iqtisodiyot shunchalik tez rivojlanadi. O’zbekiston Respublikasida soliq tekshiruvlarida biri bo’lmish sayyor soliq tekshiruvi ham iqtisodiyotni rivojlanishida muhim ro’l o’ynaydi.


Soliq to‘lovchilarning soliqlar va yig‘imlarni hisoblab chiqarish hamda to‘lash sohasidagi ayrim majburiyatlarini, shuningdek soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida belgilangan boshqa majburiyatlarini bajarilishini tekshirish sayyor soliq tekshiruvidir.
Sayyor soliq tekshiruvi chog‘ida hisobga olish hujjatlarining, tovar-moddiy qimmatliklar va pul mablag‘lari harakatining, shuningdek soliq to‘lovchining faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa axborotning tahlili o‘tkaziladi.
Sayyor soliq tekshiruvlarini o‘tkazish chog‘ida soliq organlari profilaktika tadbirlarini va xronometraj kuzatuvlarini amalga oshirishga, nazorat-kassa texnikasi va to‘lov terminallari qo‘llanilishini tekshirishga va soliq nazoratining boshqa tadbirlarini o‘tkazishga haqli.
Sayyor soliq tekshiruvi soliq organi rahbarining (rahbari o‘rinbosarining) buyrug‘i asosida o‘tkaziladi. Buyruqda soliq to‘lovchining nomi, tekshiruvchi shaxslarning familiyasi, ismi, otasining ismi hamda lavozimi, tekshiruvlarni o‘tkazish muddatlari va maqsadi ko‘rsatiladi.
Sayyor soliq tekshiruvi o‘n kundan ko‘p bo‘lmagan muddatda o‘tkaziladi.
Sayyor soliq tekshiruvini tayinlash to‘g‘risidagi buyruqda ko‘rsatilgan sana ushbu tekshiruvni o‘tkazish muddatining boshlanishi deb hisoblanadi.
Soliq to‘lovchiga sayyor soliq tekshiruvi dalolatnomasini topshirilgan kun sayyor soliq tekshiruvi muddatining tugashi deb hisoblanadi.
Sayyor soliq tekshiruvi natijalariga ko‘ra soliq organlari tomonidan soliqlar va yig‘imlarni hisoblash amalga oshirilmaydi.
Sayyor soliq tekshiruvi o‘tkazish to‘g‘risidagi nizomni O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi tasdiqlaydi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati

  1. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning mamlakatimizni 2013 yilda ijtimoiyiqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2014 yilga mo'ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo'nalishlariga bag'ishlangan Vazirlar Mahkamasining majlisidagi ma'ruzasi. “Xalq so’zi” gazetasi 18.01.2014

  2. O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING SOLIQ KODEKSI (yangi tahriri)

  3. O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT SOLIQ QO‘MITASINING

  4. QARORI. SAYYOR SOLIQ TEKSHIRUVINI O‘TKAZISH TARTIBI TO‘G‘RISIDAGI NIZOM 3247. 18.06.2020

  5. Рикардо Д. Сочинения т. И. «Начало политической экономики и налогового обложения». Пер. с англ. - М.: Госполитиздат,

  6. Основы налогового права С.Г.Пепеляев Москва, 1995,

  7. Черник Д. Г. «Налоги в рўночной економике». - Финансы, 1992, №3

  8. Болдырев «Финансы капитализма». «Финансы», М.: 1987 .

  9. Gataulin Sh. K. «Soliqlar va soliqqa tortish». O’quv qo’llanmasi. Uz RFSQ. Tashkent 1996.

  10. Olimjonov. O. «Bozor iqtisodiyotiga o‘tish davrida soliq siyosati». «Ҳayot va iqtisod». 1992.

  11. Vohobov A., Srojiddinova Z. «O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti». TMI 2002,

  12. Xvan L.B.: Soliq huquqi. Toshkent Кonsauditinforn, 2001.






1 O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning mamlakatimizni 2013 yilda ijtimoiyiqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2014 yilga mo'ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo'nalishlariga bag'ishlangan Vazirlar Mahkamasining majlisidagi ma'ruzasi. “Xalq so’zi” gazetasi 18.01.2014

2 Рикардо Д. Сочинения т. И. «Начало политической экономики и налогового обложения». Пер. с англ. - М.: Госполитиздат, с.360.

3 Основы налогового права С.Г.Пепеляев Москва, 1995, ст. 24

4 Черник Д. Г. «Налоги в рўночной економике». - Финансы, 1992, №3 с. 19

5 Болдырев «Финансы капитализма». «Финансы», М.: 1987 с. 21.

6 Gataulin Sh. K. «Soliqlar va soliqqa tortish». O’quv qo’llanmasi. Uz RFSQ. Tashkent 1996. 18 bet.

7 Olimjonov. O. «Bozor iqtisodiyotiga o‘tish davrida soliq siyosati». «Ҳayot va iqtisod». 1992.

8 Vohobov A., Srojiddinova Z. «O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti». TMI 2002, 115 b. 36 – bet.

9 Xvan L.B.: Soliq huquqi. Toshkent Кonsauditinforn, 2001. 26-bet

10 O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING SOLIQ KODEKSI (yangi tahriri) 17-bob 137-modda
1-xatboshi



11 O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT SOLIQ QO‘MITASINING QARORI KAMERAL SOLIQ TEKSHIRUVINI O‘TKAZISH TO‘G‘RISIDAGI NIZOM 3236 29.05.2020 1-bob 1-band

12 O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT SOLIQ QO‘MITASINING QARORI.SOLIQ AUDITINI O‘TKAZISH TO‘G‘RISIDAGI NIZOM. 3251 30.06.2020 1-bob 1-band


Download 113,25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish