O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti “moliya” kafedrasi



Download 9,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet225/389
Sana16.03.2022
Hajmi9,6 Mb.
#496362
1   ...   221   222   223   224   225   226   227   228   ...   389
Bog'liq
Moliya (1,2- modul)

3.
 
Investitsiya loyihalarini moliyaviy tahlil etishning maqsadi va 
uning asosiy jihatlari 
Investitsiya loyihalarini moliyaviy tahlil etish ularning samaradorligini 
ochib berishda markaziy urinni egallaydi. Moliyaviy tahlil loyihadan keladigan 
samara uning xar bir ishtirokchilarining uz maqsadlaridan kelib chikib, loyihani 
amalga oshirishdagi erishilishi lozim bulgan natijalarni kulga kiritish 
imkoniyatlarini ochib beradi. Bozor isloxotlarigacha bulgan davrda, ya’ni 
markazlashtirilgan rejalashtirish tizimi amal kilgan paytda kapital kuyilmalarning 
samaradorligini baholash akademik T.S. Xachaturov ilmiy boshchiligida ishlab 
chikilgan uslub asosida amalga oshirilar edi. Buning asosida kapital 
kuyilmalarning iqtisodiy samaradorligani aniqllash tamoyillari samaradorlikning 
tarmok me’yor koeffitsienti yordamida takkoslama iqtisodiy samaradorlikni 
tashki hisoblash yuli bilan absolyut va nisbiy kurinishlardagi ularning 
koplanishini hisoblash usullari yotar edi. 
Investitsiyani variatlarini tanlashda ham ushbu uslublarning uziga xos urni 
bor edi, lekin ular kattik dogmatik andozalar tizimi bilan chegaralangan edi. 
SHuning uchun ushbu uslublarda zarur bulgan ko’rsatmalar yuk edi, ya’ni bular: 
bozor iqtisodiyoti uchun muhim bulgan investitsiya loyihalarini amalga 
oshirishdagi noaniqllik va risklar, inflyatsiya sharoitidagi real va nominal 
qiymatlarni baholash va shu kabilardir. SHuningdek kapital kuyilmalarning 
samaradorligini aniqllashda, baholashda iqtisodiy, ijtimoiy va ayniqsa, marketing 
jixatlari hamda loyiha ishtirokchilarining manfaatlari etarlicha hisobga olinmas 
edi, pul okimi tahlili, balans tahlili, amortizatsiya hisobi va boshkalarga bulgan 
e’tibor uning uchun xos emas edi. 
Yuqoridagi holatlarni hisobga olmaslik ma’muriy boshkarish davriga mos 
keladi, chunki unda davlat mulki xukmron hisoblanar va bu borada undan boshka 
manfaatdorlar yuk edi. Bundan tashkari, xar bir loyiha davlat tomonidan 
belgilangan dasturlar orkali moliyalashtirilar, loyihaning samaradorligi, 
kreditning qaytarilishi unchalik ahamiyatga ega emas edi. SHuningdek xususiy 
tadbirkorlikning mavjud bulmaganligi insonlarni mustakil bir ish qilishlariga va 
faoliyat olib borishlariga yul bermas edi. 
Rivojlangan mamlakatlar tajribasi shuni ko’rsatadiki, investitsiya loyihasi, 
eng avvalo, ma’lum bir maqsadni kuzlagan xolda kupchilikning (loyiha 
ishtirokchilari va axolining) manfaatlarini e’tiborga olish bilan amalga oshirilishi 


486 
lozim. Xozirgi
iqtisodiy vaziyat, mamlakatning iqtisodiy rivojlanishidagi 
vazifalar, investitsiya loyihasini amalga oshirishda bir necha manfaatlarning 
uzaro tuknash kelishi jaxon iqtisodiyotidagi eng etuk tajribalarni Uzbekiston 
iqtisodiyotining uziga xos xususiyatlarini hisobga olgan xolda joriy etish barcha 
soxalardagi kabi investitsiya loyihalari tahlilida ham uslubiy o’zgarishlarga 
erishishni takozo etdi va uni muhim vazifa sifatida kuydi. 
Ushbu vazifani echishda mualliflar V. V. Berens, P.M. Xavraneklar ishlab 
chiqqan- "Rukovodstvo po otsenke effektivnosti investitsiy” kitobida investitsiya 
loyihalarining samaradorligini baholashda "YUNIDO" uslubiyoti keng tadkik 
etilgan bo’lib, bu uslubiyot loyihalarni tahlil etishda ahamiyatli urin tutadi. Ushbu 
uslubda u yoki bu loyihani moliyalashtirishda qarorlar qabul qilish, shuningdek 
investitsiya oldi tadkikotlari uchun muljallangan kapital kuyilmalarning 
samaradorligini baholashning jaxon tajribasi mutafassal yozilgan. Bularning 
barchasi bozor tahlilining jixatlariga, shuningdek texnik-iqtisodiy asoslashdaga 
savollarga, ya’ni xom ashyo bazasini baholash, kurilish maydonini tanlash, 
loyihalashtirish 
va 
texnologiyalarni 
tanlash, 
investitsiya 
loyihalarini 
investorlarning uz mablag’lari evaziga, shuningdek tashki moliyalash manbalari 
evaziga moliyalashtirishni ta’minlash, investitsiya loyihalarining iqtisodiy 
samaradorligini aniqllash (bular daromadlilikning ichki me’yori, sof 
diskontlashtirilgan daromad va x,. k.) jarayonlariga tegishlidir. 
Investitsiyalarni baholash uchun sharoitlar mavjud bulganda, loyihani 
tayyorlash moliyaviy va iqtisodiy tahlillar talablariga muvofiq xolda utkazilishi 
kerak. 
Agar moliyaviy tahlil buyicha mutaxassis texnik-iqtisodiy asoslashni ishlab 
chikishning boshlangich boskichlarida ushbu jarayonga kuyilgan bulsagina, 
tegishli mutaxassis orkali moliyaviy tahlil loyiha ishlab chiqilishining boshidan 
boshlab kuzatib borishi mumkin buladi. 
Investitsiyalash moliyaviy va iqtisodiy nukgai nazardan kelgusida 
investitsiyalarning umumiy boshlagich qiymatini oshiruvchi sof foydani xosil 
qilish va olish maqsadida barcha turdagi moliyaviy, iqtisodiy resurslarning uzok 
muddatga kuyilishi sifatida aniqllanishi mumkin. 
Ushbu kuyilmaning asosiy jixati — bu moliyaviy resurslarni (ya’ni 
investorning uz va karz mablag’larini) investitsiyalar tomonidan ishlab chiqarish 
aktivlariga kuyilgan asosiy va sof aylanma kapitalga aylantirish. 
Kelgusidagi sof foydaga kizikish loyihaga mablag’ soluvchi xar bir 
ishtirokchi tomon uchun umumiy bulsada, kutilayotgan foyda yoki daromad xar 
xil baholanishi va fark qilishi mumkin. 
YUNIDO uslubi buyicha moliyaviy tahlilning muhim jixatlari bo’lib 
quyidagilar hisoblanadi: 


487 
— investitsiya qarorlarining asosiy mezonlari
— kuyilmalarni baholash va loyiha kaytimi; 
— 
loyihaning hayotiylik davri va uni gorizont rejalashtirish; 
— risk, noaniqllik va boshkalar. 
Moliyaviy tahlilning maqsadlari va andozasi "investitsiyalash" suzining 
mazmuni bilan ma’lum bir ahamiyat darajasida aniqllanadi. 
Investitsiyalash moliyaviy, iqtisodiy resurslarni kelgusida foyda olish yoki 
uni yaratish va ijtimoiy samaraga erishish maqsadida uzok muddatga iqtisodiy 
resurslarni kuyishdir. 
Ushbu kuyilmaning asosiy jixati investorning uz mablag’larini 
investitsiyalash asosida ishlab chiqarish aktivlariga, shuningdek ushbu resurslarni 
ishlatish bilan yangi likvidlikni xosil qilishga o’zgartirishda namoyon buladi. 
Yuqoridagilarni hisobga olish bilan "investitsiyalash" tushunchasi uziga xos 
aniqllik kasb etadi, moliyaviy tahlil va loyihani sunggi baholash esa loyiha 
buyicha talab qilinadigan kuyilmalarni, kutilayotgan natijani, shuningdek kelgusi 
sof foydani tahlil etish va baholashni (qiymatini) kuzda tutadi. 
Ushbu maqsad uchun kullaniladigan usullar quyidagilardir: 
— loyihaning bashorat qilinish xususiyatlari xakkoniyligining tahlili; 
— investitsiyaning amalga oshuvchanligiga sezilarli ta’sir ko’rsatuvchi 
jiddiy o’zgarishlarni aniqllash bilan loyihalashtirilayotgan xarajat va 
daromadlarning tarkibi va ahamiyatliligini tahlil etish; 
-
investitsiyalardan keladigan daromad, ularning foydaliligi, samaradorligi 
orkali aks ettirilgan xar yillik xosil qilingan va jamgarilgan sof moliyaviy foydani 
aniqllash va baholash; 
— vakt omilining kapital qiymati, baholar va noaniqllik sharoitida (aniql 
loyiha bilan boglik bulgan risklar) qabul qilinadigan qarorlar munosabatini 
hisobga olish. 
SHunday kilib, moliyaviy tahlilning maqsadi va andozasi shundan iboratki, 
u investitsiyalash va moliyalashtirishdagi barcha savollarning echimi bilan boglik 
omillarni, shuningdek loyihadagi barcha moliyaviy okibatlarni tahlil kiladi va 
aniqllaydi. 
Moliyaviy tahlilning asosiy jixatlari quyidagichadir:Birinchidan, sanoat 
investitsiya loyihalarining moliyaviy tahlili — bu saloxiyatli investorlar va loyiha 
yaratuvchilariga loyihadagi moliyaviy okibatlarni ko’rsatish uchun yoki asosiysi 
texnik xarajatlarni yoki loyiha takliflarini tugallash uchun loyihani ishlab 
chikishning oxirgi boskichlarida amalga oshiriladigan ajratiluvchi faoliyat emas. 
Moliyaviy 
tahlil 
texnologiya 
va 
ishlab 
chiqarish 
kuvvati, 
loyihalashtirilayotgan korxonaning joylashgan joyi, resurslar, loyiha andozasi, 


488 
marketing 
strategiyalarining 
moxiyati 
jixatidan 
aniqllanuvchi 
loyiha 
strategiyalarini ishlab chikish va turli xil mukobillarini kuzda tutishi lozim. 
Ikkinchidan, moliyaviy tahlilni utkazish jarayonida qaror qabul kiluvchi 
shaxs investitsiyalarni baholash uchun turli xil mezonlarni kullashini ham hisobga 
olishi zarur. Bu analitikni shunday mezonlarni aniqllashga majbur kiladi va u 
investorlar talab kiladigan axborotlarni tayyorlash uchun unga muvofiq keluvchi 
usullarni tanlaydi. Masalan, investorlar past rentabellikda tezlashtirilgan 
amortizatsiyani afzal kurishi mumkin yoki, xatto, kichik daromadlar sharoitida 
bosh rakobatchiga nisbatan bozordagi uz ulushini kengaytirishni xoxlashi 
mumkin, bunda uning strategiyami mavjud firmaning yuqori rentabelliligani 
ta’minlashga xizmat kilsa ajab emas. 
Bu erda nafaqat katnashuvchi tomonlarning, balki jamiyatning ham 
kizikishini hisobga olish kerak. Jamiyatning kizikishi shundaki, bunda ular 
investitsiya jarayonida cheklangan resurslarning samarali ishlatilishi va 
mamlakatning rivojlanishiga inti-ladilar. 
Kizikishlarni nazorat qilish uchun turli xil ma’muriy va fiksal tadbirlar 
kullaniladi. Bu tadbirlar ham ragbatlantiruvchi, ham chegaralovchi bo’lib, 
loyihani baholash va moliyaviy tahlil jarayonlariga kiritilishi va aniqllanishi 
lozim. 

Download 9,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   221   222   223   224   225   226   227   228   ...   389




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish