Maxsus fanlarni o`qitish uslubiyoti Reja: - Maxsus fanlarni o`qitish metodikasi fanining predmeti, maqsad va va vazifalari.
- Maxsus fanlar va ularning o`ziga xosliklari.
- Maxsus fanlarni o`qitish mazmuni.
- Maxsus fanlarni o’qitish metodikasi fanining maqsadi va vazifalari.
Asosiy adabiyotlar - Чичерина Я., Нуркельдиева Д., Бондарева Е. Мутахассислик фанларни ўқитиш методикаси. Т.: «Fan va texnologiyalar», 2013.
- Тожибоева Д., Йўлдошев А. Махсус фанларни ўқитиш методикаси. Дарслик. Тошкент, Алокачи. 2009, 568 бет.
Qo’shimcha adabiyotlar - Илм-фан ютуқлари – тараққиётнинг муҳим омили : [Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев Янги йил арафасида – 2016 йил 30 декабрь куни мамлакатимизнинг етакчи илм-фан намоёндалари билан учрашди] // Халқ сўзи. – 2016. – 31 дек. – Б.1. 2017.
- Ўзбекистон Республикасининг “Таълим тўғрисидаги Қонуни”. – Т., 1997.
- Majidov SH., Raximov B. va boshqalar. Oliy ta’lim. Me’yoriy-huquqiy hujjatlar to‘plami.1-qism. Tafakkur-bostoni, 2013, 574 bet.
- Majidov SH., Raximov B. va boshqalar. Oliy ta’lim. Me’yoriy-huquqiy hujjatlar to‘plami.2-qism. Tafakkur-bostoni, 2013, 512 bet.
- Юлдашев У.Ю., Боқиев Р.Р., Закирова Ф.М. Информатика ўқитиш методикаси. Ўқув-методик қўлланма. –Т.:Алоқачи, 2004.
- Арипов М. Табиий фанлар ва технологиядаги амалий математика. Ўқув қўлланма, ЎзМУ босмахонаси, 2013 й.
- Юлдашев У.Ю., Закирова Ф.М. Методика преподавания информатики.-Т.: ТДПУ, 2005.
Respublikamizda ta‘lim sohasida amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlar o’sib kelayotgan yosh avlodda intellektual qobiliyatlar va kasbiy bilimlarni rivojlantirishni ko’zda tutadi. Bundan kelib chiqqan holda Maxsus
fanlarni o’qitish metodikasi fanining maqsadi bo’lajak mutaxassislarning ixtisoslik fanlaridan ta‘lim berish metodikasi, oliy ta‘lim tizimida o’qitish shakllari hamda o’qitishning ilg’or pedagogik va axborot texnologiyalariga oid bilim va ko’nikmalarini shakllantirishdan iboratdir.
Magistrlarga bu fanni o‘rgatishdan asosiy maqsad ularning matematik injinering ya’ni matematika va informatika yo’nalishdagi oliy, o‘rta maxsus bilim yurtlarida pedagog sifatida faoliyat ko‘rsatishiga zamin tayyorlash hamda pedagogik faoliyatining samarali bo‘lishini ta’minlashdan iborat.
Ma‘lumki, Maxsus fanlar bir tomondan umumiy jihatlarga ega bo`lsa, ikkinchi tomondan esa o`ziga xos xususiyatlari mavjud. Shubhasiz, bu maxsus fanlarni o`qitish metodikasida ham o`z aksini topadi. Fan dasturida barcha Informatika va Matematika fanlarini o’rganish uchun umumiy bo’lgan qonun-qoidalar usullar hamda o’rganilayotgan maxsus fanlarning xususiyatidan kelib chiqib, qo`llaniladigan usullar hamda usullarni shu fanlarga tadbiq etish o`rganiladi. Fan dasturi hozirgi paytda qo’llanilayotgan eng ilg`or usullarni qo’llashni maxsus fanlarni o’qitishdagi rivojlangan mamlakatlarning tajribasini ham hisobga olgan holda tuzilgan.
Magistratura ta‘lim yo’nalishlari uchun "Maxsus fanlarni o’qitish metodikasi" fani bo’yicha talaba quyidagilarni bilishi zarur:
• «Matematik injinering» mutaxassisligi bo’yicha o’qitiladigan fanlarning asosiy mavzularini va ularning mohiyatini;
• mutaxassislik fanlarining boshqa fanlar bilan bog’liqligini;
• oliy o’quv yurtlarida Maxsus fanlarni o`qitish xususiyatlarini;
• o’qitish jarayoni va uning bosqichlarini;
• ma’ruza darslariga tayyorlanish, ularni sifatli o’tkazish asoslarini;
• seminar (amaliy) darslarga tayyorlanish va ularni sifatli olib borishni;
• mutaxassislik fanlari bo’yicha ish o’yinlari olib borish va boshqa zamonaviy uslublarda darslar olib borishni;
• o’qitish va tarbiyalanishning uzviy bog’liqligini ta‘minlashni;
• muammoli o`qitish, uning usullarini anglay olishni;
• talabalarning (magistrantlarning) bilimini aniqlash shakllarini;
• o’qitish jarayonida yangi texnika va zamonaviy texnologiyalardan foydalana olishni.
Magistr – o’qituvchilarda quyidagi o’quv va ko’nikmalar shakllanishi lozim bo’ladi:
• dars jarayonining borishini nazorat qila bilish;
• auditoriya bilan uzviy aloqada bo’lib, uni boshqarish;
• talaba (magistrant)larning bilimini nisbiylikda tahlil qila bilish;
• ilmiy iqtisodiy adabiyotlarni mustaqil o’rganishi va boshqalar.
Mazkur fan Maxsus fanlarni o’qitish usullariga bag’ishlangan bo`lib, u magistrant talabalarga tanlangan soha bo`yicha mutaxassislarni tayyorlashga oid chuqur nazariy bilimlar berishga yo’naltirilgan. Shu bilan birgalikda fanning mazmunida o`qitish usullariga oid umumiy ma‘lumotlar, ta‘lim jarayonining tashkiliy-pedagogik sharoitlariga ham e‘tibor qaratilgan.
Magistr o’zining kasbiy faoliyatida ilmiy tajriba va ishlab chiqarishni boshqarishga oid bilim va ko’nikmalarni to’laqonli o’zlashtirgan bo’lishi bilan birga ilmiy-pedagogik izlanishlar olib borish qobiliyatlariga ham ega bo`lishi lozim.
Magistr ilmiy-pedagogik yo’nalishda ish olib borishi uchun pedagogika, psixologiya fanlarini va Maxsus fanlarni o’qitish metodikasini bilishi zarur.
Magistr ilmiy-pedagogik ijodiyot metodologiyasini, o’qituvchi kasbiga oid pedagogik va kommunikativ qobiliyatlarni, pedagogik texnologiya va pedagogik mahoratni, ishchi o’quv dasturi va o’quv rejalari tuzishni, fan bo’yicha talabalar bilimini baholashning reyting tizimini bilishi lozim.
Maxsus fanlarini o`qitish metodikasi fanini o`zlashtirgan magistr:
- o’qitishning didaktik qonunlari va tamoyillarini, ta‘lim-tarbiya berishning nazariyasi va amaliyotini o`qitishning zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalarini, ta‘lim jarayonini tashkil etishning turli usul va shakllarini,
jumladan, ma‘ruza o’qishni, amaliy mashg’ulotlarni o’tkazishni, talabalar mustaqil bilim olishlarini tashkil etishni, malakaviy bitiruv ishlariga rahbarlik qilishni, ta‘lim jarayonida o’qitishning texnik vositalari va axborot texnologiyalarini qo’llash ko`nikmalariga ega bo`lishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |