Mavzu: Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi fanining maqsad vazifalari.
Reja
1. Kadrlarga jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi bo’yicha atroflicha va chuqur kasbiy bilimlar berish.
2.Kelajakdagi ish faoliyatlarida kasbiy-amaliy ahamiyat kasb etuvchi jismoniy madaniyat bo’yicha kasbiy bilimlar, ko’nikma va malakalar hamda yangi pedagogik texnologiyalardan foydalana olish haqida nazariy ma`lumotlarga ega qilish.
3.Jismoniy madaniyat o’qituvchilariga o’quv muassasalari maktabgacha ta`lim muassasalari, umumta`lim maktab, akademik litsey hamda kasb-hunar kollej o’quvchilarini jismoniy madaniyat mashg’ulotlarida umumrivojlantiruvchi mashqlardan, umumiy va maxsus mashqlardan foydalanish hamda sport musobaqalari, sport bayramlarini tashkil qilish va o’tkazish hamda sinfdan tashqari to’garaklarni tashkil qilish.
Tayanch tushunchalar: Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi, kasbiy-amaliy ko’nikma va malakalar,y angi pedagogik texnologiyalar,umumiy va maxsus mashqlar sport musobaqalar,sport bayramlar,sinfdan tashqari to’garaklar, ma’naviy boylik, jismoniy barkamollik, xalqchilik, ilmiylik.
Jismoniy madaniyat nazariyasi o’quv fan sifatida jismoniy tarbiya, jismoniy madaniyat va sport bo’yicha mutaxassislarni tayyorlashda hamda maxsus bilim olishda asosiy fan bo’lib hisoblanadi. Pedagogika institut va Universitetlarida jismoniy tarbiya fakultetlarining o’quv rejalarida bu fan jismoniy tarbiya nazariyasi jismoniy madaniyat va sport haqida bilimlarning to’la tizimida o’tish kursini ta’minlaydi.
Uning mazmunini jismoniy madaniyat nazariyasining asoslari, jismoniy tarbiya, akademik litsey va kasb-hunar kollejlarda, katta va qari yoshdagi kishilarni jismoniy tarbiyasi hamda sport mashg’ulotlarini tashkil qiladi. Jismoniy tarbiya ijtimoiy hodisalarga taalluqlidir.
Bu hodisalarni xarakterlash uchun talablar: jismoniy tarbiyaning kelib chiqish sabablari; uning jamiyat hayotida tutgan o’rni; jismoniy tarbiyaning tarixiy xarakterlari mavjud.
Prezidentimiz o’zlarining O’zbekiston XXI asrga intilmoqda nomli kitobida, “Ma’naviyat haqida gap ketar ekan, men avvalo insonni ruhiy poklanish va yuksalishga da’vat etadigan, inson ichki olamini boyitadigan, uning iymon-irodasini, e’tiqodini mustahkamlaydigan, vijdonini uyg’otadigan qudratli kuchni tasavvur qilaman” deganlar. Men shu keng qamrovchi, chuqur ilmiy g’oya yangicha fikr, ta’lim tarbiyani yangicha metodik asosni boshlab beruvchi yo’nalishlardan biridir. Jismoniy tarbiyaning rivojlanishida mehnat faoliyatining mazmuni va xarakteri, fan yutuqlari va boshqa faktorlarning ahamiyati kabilarni anglab olishlari shart. Shuni qayd qilib o’tish kerakki, bu faktorlar jismoniy tarbiyaga alohida-alohida emas, balki murakkab boglangan holda ta’sir ko’rsatadi. Jismoniy tarbiyaning mohiyatini tushunish uchun eng avvalo uning maxsus mazmunini aniqlash lozim(3,5).
Jismoniy tarbiya har xil ya’ni, ijtimoiy, tabiiy fanlar tomonidan o’rganiladi: jismoniy tarbiya nazariyasi, sport fiziologiyasi, sport psixologiyasi, jismoniy mashqlar biomexanikasi hamda sport turlarining nazariyasi, uning metodikasi va h.k.
Jismoniy madaniyat nazariyasi - pedagogik fandir. U insonning barkamolligini boshqarishning umumiy qonunlarini, shuningdek bu qonuniyatlar asosida O’zbekiston fuqarolarining jismoniy tarbiyasi vazifalarini, metodlarini va ish maqsadlarini aniqlaydi; Jismoniy tarbiya nazariyasining mazmuni jismoniy kamol toptiradigan va Vatan mudofaasiga tayyorlaydigan tarbiya to’g’risidagi bilimlarni tashkil qiladi.
Jismoniy madaniyat nazariyasi jismoniy tarbiya amaliyotidagi hamma turlarini, hamda aralash fanlarning dalillarini umumlashtiradi. Buni o’rganish hamma sport - pedagogik mutaxassislariga umumnazariy asos bo’ladi. Chunki tarbiyani avvalo insonning o’ziga qaratilganligi Prezidentimiz tomonidan ishlab chiqilgan, hozirgi kunda amalga oshirilayotgan "O’zbek modelida" aniq ko’rsatilgan - o’zligini anglash birinchidan, uning ozod, erkin, nodir, ulug’ siymoligini anglash va o’zida unga amal qilish sifatlarini shakllantirib borish bo’lsa, ikkinchidan uning o’ziga xos milliy-insoniy sifatlarini ochib beruvchi etnik, ma’naviy - insoniy asoslarini anglash va ularga amal qilishdan iboratdir. Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi fanining bo’limlarida jismoniy madaniyatning umumiy ta’lim hamda kasb amaliy tayyorgarlik etish tuzilishida va kundalik turmushda xususiyatlari o’rganiladi. Shuningdek, sport jismoniy tarbiyaning asosiy komponentlaridan biri hamda sport faoliyatining muxsus shakli sifatida tahlil qilinadi.
Shunday qilib jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi kursi jismoniy tarbiya va sport bo’yicha mutaxassislarni tayyorlashda maxsus kasb - hunar ta’limotining ilmiy fundamentiga kirituvchi kengaytirilgan bilimlar majmuasini o’z ichiga oldi. Uning ahamiyati faqat bu bilimlar qiymati bilan ifodalanmaydi, u bo’lg’usi mutaxassisga jismoniy madaniyatining butun sohalarida kasbiy-faoliyat mazmunining to’liq tushunishiga imkoniyat beradi, uning dunyoqarashini o’zgartiradi, jamiyat sohasidagi boshqa ishchilarning umumiy ishlari bilan bog’laydi va shu yangi tipdagi bilim, metodlarni egallashni, zarur bo’lgan keng kasbga nisbatan dunyoqarashini shakllantirishga yordam beradi. Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi - bu inson jismoniy kamolotini boshqarishning umumiy qonuniyatlari haqidagi fandir. Bu fanni egallash jismoniy tarbiyaning barcha bo’g’inlariga tegishli masalalarni hal qilishga to’g’ri yondashish imkonini beradi.
Inson jismoniy tarbiyasi maqsad va vazifasi uning boshqa tarbiya jarayonlari bilan bog`liqligi shundagina muvofiq deb tushuniladiki, bu muvofiqlik obektiv harakterda bo`ladi va jismoniy tarbiya jarayoniga qonuniy yo`nalish beradi. Jismoniy tarbiya jarayonida tarbiyaning boshqa sohalaridagidek maqsadga yo`naltirilgan faoliyat, rejalashtirilgan natijaga har doim ham to`g`ri kela olmasligi isbotlangan. Jismoniy tarbiyada tarbiya natijasini yosh sportchi yoki fizkulturachi trenirovkasiga rejalashtirilgan jismoniy mashqlar uning organizmiga qanday ta’sir qilayotganligini hisobga olishni taqazo qiladi, qisqa va tor yo`nalishdagi sport trenirovkalarining natijasiga e’tibor bersak, shuni ko`ramizki, yuqori natijalarga erishish ma’lum davr ichida bo`lib, oldingilari unutilsa, trenirovka mashg`ulotlari keyinchalik o`zini oqlamaydi. Bu esa har tomonlama garmonik rivojlanishga halal beradi va sport yutuqlarini yo`qqa chiqaradi(5).
Shuning uchun pedagog va trener oldida uzoqni ko`ra bilish, bashorat qila olish talabi ko`ndalang bo`ladi. Bu vazifani hal qilish esa o`qimishli, o`z ishini biladigan, sevadigan mutaxassislar tayyorlash tizimida amalga oshirilishi lozim. Shunga ko`ra maqsad va vazifalarni ijobiy hal qilishga qodir, bolalik chog`idan jismonan sog`lom, ma’naviyatini uyg`un qilib tarbiyalashni ular o`zlarining asosiy burchlari deb bilishlari kerak.
Navqiron, o`zligimizni endigina e’tirof etayotgan mamlakatimiz turli toifadagi davlat va nodavlat sport jamiyatlari, fizkulptura havasmandlari uyushmalari orqali yagona jismoniy tarbiya tizimini tuzishga e’tiborni kuchaytirib, tizimda ma’naviy boylik, jismoniy barkamollik, xalqchilik va uning ilmiylik xususiyatlarini mujassamlashtirmoqda(3).
Sharq mutafakkirlari ma’naviy boy, jisman barkamol, komil inson masalasiga azal-azaldan alohida e’tibor berganlar. Komillik fazilatlaridan eng ulug`i tanning inson jismining, barkamolligidadir deyiladi. Insonning matonati, diyonati, riyozati, qanoati, ilmi, sabri, intizomi, nafsi, vijdoni, haqqoniyligi, nazari, ibrati, iffati, hayosi, idroki, zakovati, iqtisodi, itoati, haqshunosligi, avf eta olishi, vatanni sevishi kabi ijobiy hislatlari (A. Avloniy “Turki guliston yohud axloq” Toshkent “O`qituvchi” 1992. 13-bet)ga faqat sog`lom jism, tani-sihatlilik orqali erishiladi deb qaralgan.
Mamlakatimiz jismoniy tarbiya tizimini xalqchilligi deganda, biz milliy o`yinlar tarzida xalq ommasi orasida keng tarqalgan jismoniy mashqlar, milliy sport turlari, ommaviy sport, olimpiadalar dasturidan o`rin olgan “katta sport” bilan ko`p millatli respublikamiz xalqlarini shug`ullanish imko-niyati borligi tushuniladi.
Ilmiyligi shundaki, jismoniy tarbiya sohasi bo`yicha ilmiy tadqiqot ishlarining keng tarqalganligi va uni amaliyot bilan bog`lab olib borilayotganligi, jismoniy tarbiya naza-riyasi va amaliyotining ilmiy fanlari hisoblangan pedagogika, psixbologiya, anatomiya, fiziologiya, biomexanika, sport metrologiyasi, sport tibbiyoti, davolash fizkulpturasining va boshqalarga tayanganligi, ularning ilmiy yutuqlari? xalqimiz hayotiy ehtiyojini qondirishga yo`naltirilgan. Jismoniy tarbiya tizimi bir-biri bilan uzviy bog`liq bo`lgan pog’onalarga bo`linib, hozirgi kunda ham tarbiya jarayonining turli dasturlarining bajarilishi shu pog’onalarda amalga oshirilmoqda:
1) maktabgacha ta’lim (davlat va nodavlat maktabgacha tarbiya bolalar muassasalari) pog’onasi;
2) maktab yoshidagilar jismoniy tarbiyasi (umumiy o`rta ta’lim I-IX sinflar) pog’onasi;
3) o`rta maxsus, kasb-hunar ta’limi (akademik litseylar, kasb-hunar kolledjlari) pog’onasi;
4) oliy ta’lim pog’onasi;
5) armiya pog’onasi;
6) oliy ta’lim va armiyadan so`ngi havasmandlik asosidagi jismoniy tarbiya pog’onasi;
Do'stlaringiz bilan baham: |