483
koeffitsentlarini hisoblash orqali baholaydi. Menejer AQSHlik hamkasbidan
farqli ravishda, betani SHveysariya bozor indeksiga bog‘liq holda hisoblaydi.
Faraz qilaylik, ikkala holatda (kompaniya bo‘yicha ham, o‘rtacha soha bo‘yicha
ham) beta-koeffitsent bir xil 1.1 ko‘rsatkichga ega va SHveysariya bozori
bo‘yicha risk-premium 6%ni tashkil qiladi. Demak, kompaniya shveysariya
frankidagi pul oqimlarini frankdagi foiz stavkasini 6.6% (=1.1×6%)
stavkada
diskontlashi kerak bo‘ladi.
Faraz qilaylik, kompaniya o‘zining yangi fabrikasini SHveysariyada emas,
balki AQSHda ochmoqsi. Bunda ham moliyaviy menejer investitsiyaning risk
darajasini SHveysariya bozor indeksiga bog‘liq holda hisoblaydi. Lekin, shuni
e’tiborga olish lozimki, kompaniyaning AQSHdagi biznesining qiymati
SHveysariya fond bozorining o‘zgarishi bilan yaqin bog‘lanmagan.
SHunday
ekan, Amerikadagi loyihaning beta-koeffitsenti bilan SHveysariya fond bozori
o‘rtasidagi bog‘liqlik qo‘rsatkichi 1.1 darajaga past. Bu qanchalik past? YAgona
foydali indikator sifatida SHveysariya bozor indeksiga bog‘liq ravishda
hisoblangan AQSH farmatsevtika sohasining beta-koeffitsenti olinishi mumkin.
Aniqlanishicha, bu ko‘rsatkich taxminan 0.36 ga teng. Agar SHveysariya
bozorining kutilayotgan risk-premiumi hamon 6%ni tashkil qilsa, unda
kompaniya shveysariya frankidagi pul oqimlarini o‘zining AQSHdagi loyihasini
2.2% (=0.36×6) stavkada diskontlashi kerak.
Bu borada quyidagicha savol tug‘ilishi mumkin: Nima sababdan kompaniya
moliyaviy menejeri o‘z investitsiyalarining beta-koeffitsentini shveysariya bozor
indeksiga bog‘lamoqda, vaholanki amerikalik
hamkasblari uni AQSH bozor
indeksiga bog‘lamoqda? Sababi, riskni ajratilgan holda qarash mumkin emas.
Risk investor portfelidagi boshqa qimmatli qog‘ozlarga ham bog‘liq. Beta-
koeffitsent risk darajasini investor portfeliga bog‘liq ravishda o‘lchaydi. Agar,
amerikalik investor AQSH fond bozorida portfelga ega bo‘lsa, unda ichki bozorga
investitsiya qilingan qo‘shimcha dollar – portfelning risk darajasini
kamaytirmaydi. Ammo, agar investorlar portfeli shveysariya fond bozorida
bo‘lsa, unda AQSHga qilinadigan investitsiya ularning risk darajasini
kamaytiradi. Mana nima uchun AQSHga qilingan investitsiyalar shved
kompaniyasi aksiyadorlari uchun boshqa kompaniya
aksiyadorlariga qaraganda
past risk darajasiga ega. SHu sababli, bunday investitsiyalardan keladigan past
daromadlilik darajasi amerika kompaniyalari aksiyadorlaridan ko‘ra ko‘proq
shved kompaniyasi aksiyadorlarini qoniqtiradi. Ham AQSH bozoriga bog‘liq
holda riskni baholovchi kompaniya menejeri, ham shved moliya bozoriga bog‘liq
holda riskni baholovchi menejer aksiyadorlar aksiyalarni faqat o‘z
mamlakatlarida saqlaydilar degan noaniq farazga tayanadilar
136
. Amerikalik
136
Shunday mamlakatlar mavjudki, bunday faraz ularga to‘g‘ri kelmaydi. Moliyaviy chegaralari
ochiq kichik
484
investorlar chet el aksiyalari hisobiga o‘z portfellari diversifikatsiyasini
kuchaytirish orqali risk darajasini kamaytirish imkoniga ega bo‘lsalar ham,
amalda o‘z aktivlarining juda kichik ulushini chet elga investitsiya qiladilar
137
.
Ehtimol, ular xorijiy investitsiyalar yuqori xarajat talab qilishidan qo‘rqishar,
ammo bu xarajatlar tarkibiga nimalar kirishi ko‘pchilik tadqiqotlarda
noaniqligicha qolmoqda. Balki, qaysi xorijiy aktivlarni qanday bahoda sotib
olishni aniqlash ularga katta qiyinchilik to‘g‘dirar, yoki investorlar chet el
mamlakatlari xukumatlari ularni o‘z aksiyalariga
egalik huquqidan mahrum
qilishlaridan, dividend to‘lovlarini cheklanishidan yoki soliq qonunchiligining
o‘zgarishi riskidan xavotirlanadilar.
Xalqaro darajadagi o‘zgarishlar investorlar o‘zlarining xorijiy aksiyalari
paketini dunyoning barja joyida kengaytirib borayotganliklarini ko‘rsatmoqda.
Amerikadagi yirik moliya institutlari o‘zlarining xorijiy investitsiyalari hajmini
sezilarli ravishda oshirmoqdalar va haqiqatan oxirgi vaqtlarda boshqa
mamlakatlarga investitsiya qilmoqchi bo‘lgan investorlar tomonidan ko‘plab
fondlar yaratilmoqda. Madomiki, investorlar xorijiy aktivlar bo‘yicha o‘zlarining
ulushlarini oshirishar ekan, ichki bozorga bog‘liq holda betani hisoblash o‘z
ahamiyatini yo‘qotmoqda,
va aksincha, har qanday investitsiyani beta-
koeffitsentini investor qo‘lidagi portfelga nisbatan hisoblash borgan sari
muhimlashib bormoqda.
Bir-necha mamlakatlarda foiz stavkasi boshqa davlatlarga nisbatan past.
Misol uchun, yaqin yillargacha YAponiyaning foiz stavkasi darajasi nol
ko‘rsatkichga yaqin edi. AQSHda bu ko‘rsatkich 3%ga yaqin bo‘lgan edi.
Ko‘pchilik YAponiya kompaniyalari uchun kapital bahosining pastligi ular uchun
foydali deb o‘ylashadi. Bu ko‘p masalada xato fikrlash bo‘lsa, lekin bunda
ehtimol qandaydir darajada haqiqat ham bor.
Anglashilmovchilik sababi
YAponiyada foiz stavkasi ienada hisoblansa, AQSHda u dollarda hisoblanadi.
Faraz qilaylik, ikkala holatda ham foiz stavkani real ko‘rsatkichlarda aniqlandi.
Endi, ularni o‘zaro solishtirib quyidagi savolni berish o‘rinlimi: xorijiy
investitsiyalar YAponiyada real kapital bahosini tushishiga sabab bo‘la oladimi?
Ma’lumki, yapon xalqi azaldan tejamkor va yirik jamg‘armalarga ega bo‘lgan.
Lekin vaqt o‘tishi bilan ular kelajakdan xavotirlanmoqdalar va ular odatdagidan
ko‘ra ko‘proq mablag‘larini jamg‘armalarga yo‘naltirdilar. YAponiya sanoati
bunday mablag‘larni o‘zlashtira olmadi va natijada mamlakat ularni chet el
investitsiyalariga yo‘naltira boshladi.
davlatlar (misol uchun, Lyuksemburg) uchun ichki bozorga nisbatan beta-koeffitsentni aniqlash ma’nosizdir.
Lyuksemburgda mahalliy aksiyalarga ega investorlar juda ham kam.
137
I. A. Cooper and E. Kaplanis, “Home Bias in Equity Portfolios and the Cost of Capital for Multinational
Firms,” Journal of Applied Corporate Finance 8 (Fall 1995), pp. 95–102
485
Xalqaro darajada investitsiya qilish doim ham
investorlar uchun riskli
hisoblanmaydi. Buni yuqorida keltirilgan misollar ham isbotlaydi. Zero, xalqaro
darajada investitsiyalarni amalga oshirishda investorlar o‘z portfellarini
diversifikatsiya qilishlari, to‘g‘ri investitsiya hududini tanlashlari va qulay bozor
riskiga ega bozorlarni aniqlashlari muhim ahamiyatga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: