O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti s. Nasritdinova, M. Tursunova



Download 1,06 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/56
Sana10.03.2022
Hajmi1,06 Mb.
#487977
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   56
Bog'liq
biznes etikasi va manaviyati

ratsionalizm 
hukmronlik qilgan bo‘lsa, XVIII asr-
ga kelib 
empirizm
va 
sensualizm,
ya’ni tajriba va sezgi yordamida bilish 
haqida ta’limot keng rivojlandi. 
Restavratsiya davrida yashagan ingliz faylasufi, iqtisodchi va 
siyosiy arbob J.Lokk (1632-1704) tajriba barcha g‘oyalarning manbayi 
bo‘lib xizmat qiladi degan fikrni ilgari surdi. J.Lokkning fikricha, cha-
qaloq ruhiy xususiyatga ega bo‘lmaydi. Uning ruhi tabiat har qanday iz 
qoldirishi mumkin bo‘lgan “toza qog‘oz”dir. Shu sabab jamiyatning fa-
rovonligi uchun tarbiyaga katta ahamiyat beriladi.
J. Lokkdan keyingi davrlarda D.Gartli (1705 -1784) va D. Didro 
(1713-1784) bilim va inson rivojlanishining asosiy manbayi sifatida 
o‘zlashtirilgan tashqi tajribani ko‘rsatgan edilar. Asab tizimi fiziolo-
giyasidagi jiddiy yutuqlar ( deyarli shu vaqtlarga to‘g‘ri keladi) miya 
funksiyasi bo‘lmish ruhiy holat haqidagi tasavvurlarni mustahkamladi. 
XVIII asrning oxirida Yevropa fanida kishi, uning tabiatdagi o‘rni, roli 
va ruhi haqida barqaror tushunchalar shakllandi. Turli fanlarda tadqiqot-
lar yo‘nalishlarini belgilab beruvchi ilmiy 
paradigma
yuzaga kelib, o‘z 
mavqeini mustahkamladi. Mazkur paradigma ta’sir ko‘rsatgan zamon-
dosh obrazi quyidagi xususiyatlarga ega edi: 

inson – o‘z ruhining o‘ziga xosligi tufayli tabiatni yaxshilash va 
o‘zgartirish huquqi va majburiyatga ega bo‘lgan ”tabiatning gultojidir”; 

inson aqli, his-tuyg‘ularidan ustuvordir, aynan aql bilan haqiqiy 
bilim bog‘liqdir; 

hissiyot aql nazoratida bo‘lishi lozim, u tashqi dunyo haqida chin 
ma’lumot bermaydi; 

psixika material ko‘rinishidagi substratdir – miya, sezgi organlari 
tashqi dunyo va o‘zi haqida ma’lumot beruvchi yagona unsurdir; 

bilim asosida tadqiqot yotadi, uni qayta o‘tkazish mumkin, yago-
na voqeliklar ilmiy bilishda hech qanday ahamiyat kasb etmaydi. 
Yevropaliklarning bunday tasavvuri psixologiyani mustaqil fan sifatida 
shakllanishiga olib keldi. Uning diqqat- e’tiboridan inson ruhining betak-
rorligi, yagonaligi, ekstrasensorligi, anglab bo‘linmasligi kabi xislatlarini 
chetda qolib ketishi “iqtisodchi inson” siymosini shakllanishiga poydevor 
yasadi. U iqtisodiy nazariyaga asosiy shaxs sifatida kiritildi. Ikkinchi to-
mondan, xristian madaniyatiga xos bo‘lgan insonning “gulchambar sohi-
bi”ligi, Xudo sifatliligi o‘ziga xos unsur deb taxmin qilinardi.
Masalan, XVIII asrda fransuz ensiklopedchilari inson haqidagi bir 
guruh fanlar orasidan iqtisodiyotni axloq haqidagi fanga taalluqli deb 
bilgan. Keyin fransuz pozitivizmining asoschisi Ogyust Kont (1798-


11 
1857) – hozirgi zamon fanlari tasnifining birinchi muallifi - fanlarni for-
mal va real deb bilib, ularni oltita guruhga bo‘lgan. U iqtisodiyotni “ruh 
haqidagi aniq fanlar” safiga kiritgan.
1
1926 yilda P.Oppengeym o‘zining keng ko‘lamda tan olingan va 
“fan kvadrati” nomi bilan mashur tasnifida “xo‘jalik fani” bo‘lmish iqti-
sodiyotni psixologiya, huquq, sotsiologiya va savdo tajribasining o‘r-
tasiga joylashtirgan edi. 
Mustaqil fan sifatida tan olingan mumtoz iqtisodiyotning asoschisi 
Adam Smit (1723-1790) Glazgoda, axloqiy falsafa kafedrasida dars o‘tib, 
1750 yilda o‘zining ”Axloqiy tuyg‘ular nazariyasi” deb nomlangan asosiy 
kitobini nashr qildi. Adam Smit ham kishi ruhiyati bilan jiddiy qiziqqan. 
Shu yo‘nalishda ish olib borib, zamonaviy psixologik ta’limotlar bilan 
tanishgan. Shuning uchun 1776 yilda yozib tugatilgan “Xalqlar boyliklari 
tabiati va sabablarini o‘rganish haqida” deb nomlangan kitobida “iqtisodiy 
inson”ning qiyofasini uning bevosita izdoshlariga qaraganda kam ratsional 
deb belgilagan. Fransiyada Smit ta’limoti muvaffaqiyatini belgilab bergan 
JSB. Sey (1766-1832) o‘z oldiga xo‘jalik hayotining boy mazmunini ta’rif-
lash emas, balki umumiy tamoyillarni ishlab chiqish maqsadini qo‘ygan. 
Mashhur ingliz ruhoniysi T. Maltus (1766-1834) asarlarida bu umumiy 
tamoyillar ko‘p mojarolarga olib kelgan xalqlar joylashishi haqidagi qonun 
maqomini oladi. Uning e’lon qilishi ko‘p olimlar dunyoqarashiga katta ta’sir 
ko‘rsatdi. D. Rikardoning (1772-1823) iqtisodiy tahlil texnikasining paydo 
bo‘lishi bilan iqtisodiy qonunlarni xolisona belgilashi tadqiqotlarning asosiy 
tamoyiliga aylanadi.
1
Eng yangi davrda iqtisodiyotda gedonistik tamoyil o‘rnatildi. Eh-
tiyojlarni qondirish iqtisodiyot rivojlanishining asosiy omili va maqsadi 
bo‘lib qoldi. Shu bilan birga, bozor iqtisodiyoti iste’molchilarda yangi-
yangi ehtiyojlarni paydo bo‘lishiga olib keldi. Natijada keng iste’mol-
chilar qatlami yuzaga keldi.
Estetik muammo o‘z yechimini topmagan muammoga aylandi: xo‘-
jalik faoliyatida barcha iqtisodiy maqsadga muvofiq deb qo‘yilgan maq-
sadlar jamiyat ravnaqiga xizmat qiladimi? degan savol tug‘ildi. Keyingi 
bob shu savollarni ko‘rib chiqishga bag‘ishlangan. 
1
История буржуазной социологии XIX – начала XX века. M. 1979. 
1
Радаев В.В. Экономическая социология. – M.,1998. –С. 19. 


12 

Download 1,06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish