O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti s. Nasritdinova, M. Tursunova


VII BOB. NIZOLI MULOQOTLAR, ULARNING VAZIFALARI



Download 1,06 Mb.
Pdf ko'rish
bet45/56
Sana10.03.2022
Hajmi1,06 Mb.
#487977
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   56
Bog'liq
biznes etikasi va manaviyati

VII BOB. NIZOLI MULOQOTLAR, ULARNING VAZIFALARI 
VA TURLARI 
7.1. Nizoning vazifalari va turlari 
Nizo bir-birini inkor qiluvchi tomonlar manfaatlari va nuqtayi 
nazarlarining ochiqchasiga qarama-qarshi turishidir. 
Nizolar doimo vayronalarga sabab bo‘ladi degan tasavvurlar hozir-
gi davrga uncha mos kelmaydi. Bugungi kunda nizolarning ijobiy va 
salbiy vazifalari mavjud. 
Nizoning ijobiy vazifalari quyidagi holatlarda ko‘rinadi: 

ijobiy ijtimoiy o‘zgarishlarning yuzaga kelishida nizolar daro-
madlilikning asosi vazifasini o‘taydi; 

nizo yordamida o‘zaro qarorlar qabul qilib, odamlarning qonuniy 
manfaatlarini himoya qilish; 

nizo tufayli ishtirokchilar o‘rtasidagi keskin vaziyat yumshaydi, 
tajovuzkorona kuchlar susayadi, his-tuyg‘ular o‘zgaradi; 

nizo muxolif haqida yangi ma’lumotlar imkoniyatini baholashga 
yordam beradi va kelajakda sodir bo‘lishi kutilayotgan nizolarning 
oldini olishga zamin yaratadi; 

nizo shaxsning guruhda o‘z o‘rnini egallashiga va maqomini 
belgilab olishga yordam beradi; 

ilmiy faoliyat sohasidagi nizo ijodiy faoliyatni kuchaytiruvchi 
g‘ayrat baxsh etadi; guruhlararo nizo tashqi raqiblarga qarshi kurashda 
jamoani jipslashtiradi.
Nizolarning salbiy vazifalari quyidagilarda namoyon bo‘ladi: 

nizoning salbiy oqibatlari ko‘p holatlarda uning ijobiy oqibat-
larini bosib ketadi; 

nizoda qattiqqo‘llik taktikasini tanlash uni keskinlashib ketishiga 
olib keladi;
 

nizoda ishtirok etish katta hissiy, moddiy zararlarni keltirib chi-
qarishi mumkin; 

nizo tufayli xodimlarni ishdan bo‘shatish, jamoada tartib-intizom-
ning pasayib ketishi, ijtimoiy-psixologik vaziyatning yomonlashuvi 
yuzaga keladi;

mag‘lub bo‘lgan guruhni dushman deb bilish; 

nizolarga ortiqcha e’tibor berish tufayli ishga zarar yetkazish; 

nizo bartaraf etilgach, xodimlarning bir qismi o‘rtasida o‘zaro 
munosabat susayadi; 


74 

biznesga doir munosabatlarni tiklash qiyin kechadi.
Nizo manfaatlarning ehtimoliy farqlanishi sifatida ikki tomonning 
talabini qoniqtiruvchi muqobil yo‘l yo‘qligi tufayli yuzaga keladi. Ko‘p 
holatlarda bu bir yoki har ikki tomon talablari me’yordan ortiqcha bo‘l-
ganda, yuzaga keladi. Agar bir tomon o‘z talabini qonuniy deb hisob-
lasa, unda nizo yanada keskin tus oladi. 
Nizoning yuzaga kelishiga yana bir qator sabablar turtki bo‘ladi. 
1.
Huquq, majburiyat va mas’uliyat nisbatlarining noaniqliqligi,
lavozim ko‘rsatmalarining yo‘qligi yoki uning sifati pastligi ishlab chi-
qarish topshiriqlarini taqsimlashda noaniqlikka olib keladi.
2.
Tashkillashtirishda qadriyatlar tizimining moslashmaganligi 
(tashkiliy madaniyatning qarama-qarshi turi). Bu esa tashkillashtirishda 
ijtimoiy me’yorlarning susayishiga olib keladi va ba’zi bir xodimlarning 
boshqa xodimlar tomonidan kutayotgan harakatlarida nomuvofiqlik 
kuzatiladi. 
3.
Kuchlar nisbatini baholashdagi noaniqlik. Bu har bir tomon o‘z 
kuchini ortiqcha baholashiga olib keladi. 
4.
“Hamma narsaga ega bo‘lish yoki hamma narsadan voz kechish” 
tarzida fikrlash. Bunday holatda har bir tomon o‘z yutug‘ini raqib 
tomonning mag‘lubiyati, raqib tomonning yutug‘ini o‘z mag‘lubiyati, 
deb hisoblaydi. 
Nizoning kelib chiqishiga bir qator nizo keltirib chiqaruvchilar 
(so‘zlar yoki harakatlar yoki harakatsizlik) sabab bo‘ladi. Ularning 
aksariyati ataylab yoki bexosdan etik normalarni buzilishiga olib keladi. 
Ularni quyidagi turlardan biriga qo‘shsa bo‘ladi: 
1.
Ustuvorlikka intilish. 
2.
Tajovuzkorlikning yuzaga kelishi. 
3.
Egoizmning paydo bo‘lishi. 
Ustuvorlikka erishish turli yo‘llar bilan amalga oshiriladi. 

Buyruq, qo‘rqitish, tanbeh yoki boshqa salbiy baholar berish, 
tanqid, ayblash, ustidan kulish, masxaralash, haqoratlash ko‘rinishida 
ustuvorlikka erishish namoyon bo‘ladi. 

“Xafa bo‘lmang”, “Tinchlaning”, “Nahotki siz buni tushun-
maysiz?”, “Sizga tushunarli til bilan aytilgan-ku”, “Siz aqlli bo‘la turib, 
shunday ishni qilyapsizmi?” kabi yaxshi ma’nodagi so‘zlar bilan us-
tuvorlik amalga oshiriladi. 

maqtanish, ya’ni o‘zining bo‘lgan va bo‘lmagan yutuqlari haqida 
maqtanish maqtanchoq uchun o‘z o‘rnini bildirib qo‘yish istagini yuzaga
keltiradi. 


75 

“Shunday deb hisoblayman”, ”Men ishonaman”, “Sen nohaq-
san”, kabi gaplar ko‘rinishida o‘zidagi ortiqcha ishonchning namoyon 
bo‘lishi. Undan ko‘ra “Men o‘ylaymanki...”, “Mening fikrimcha”, “Men 
sening fikringga qo‘shila olmayman” kabi iboralarni ishlatish maqsadga 
muvofiq bo‘ladi. 

o‘zining maslahatini, fikrini o‘tkazish. Maslahat beruvchi aslida
ustuvor holatni egallaydi. Shunday qoida bor: sendan maslahat so‘rasa, 
maslahat ber. Sherikni xafa qilmaydigan muloqot taktikasini tanla. 
Sherikning gapini bo‘lish. Bunday holatda bir kishi doimo ikkinchi ki-
shining gapini to‘g‘rilab boradi va bu bilan o‘zining bilimdonligini
ko‘rsatmoqchi bo‘ladi, o‘ziga quloq solish kerakligini bildiradi, shuning-
dek, u baland ovozda gapiradi.

ma’lumotni yashirish. Ma’lumotning yo‘qligi hammani tashvish-
lantiradi, mish-mishlar, turli xil gaplar ma’lumot bo‘shlig‘ini to‘ldiradi, 
ma’lumotlarga nisbatan ishonchsizlik yuzaga keladi. 

hazil qilish. Hazilning obyekti zarba berolmaydigan kishi bo‘la-
di. Kulgiga qolgan shaxs xafa qilgan shaxs bilan hisob- kitob qilishga 
tushadi, ya’ni nizo boshlanadi. 

nopok yo‘l bilan maqsadga erishish uchun ishlatiladigan aldash 
yoki aldashga harakat qilish eng kuchli nizo chiqaruvchi hisoblanadi. 
Agar nizo uzoq vaqt davomida avj olmasa, u yashirin shaklga 
o‘tadi. Yashirin nizolarning quyidagi turlari mavjud: 

tashkilotning tashqi muhitga moslashishi pasayib ketadi; 

nazorat qilish imkoniyati yo‘qligi va tashkilot uchun doimiy 
xavfli holat yuzaga kelishi; 

sust kechayotgan shakldagi yashirin nizoning oshkor bo‘lishi. 
Ular ko‘rinishdan bir-biri bilan bog‘lanmagandek tuyuladi; 

noaniq sharoitlar portlash ehtimolini yuzaga keltirishi xavfi. 

Download 1,06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish