O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti s. Nasritdinova, M. Tursunova


III BOB. BIZNES ETIKASI VA MA’NAVIYATINING O‘ZARO



Download 1,06 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/56
Sana10.03.2022
Hajmi1,06 Mb.
#487977
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   56
Bog'liq
biznes etikasi va manaviyati

III BOB. BIZNES ETIKASI VA MA’NAVIYATINING O‘ZARO 
MUNOSABATLARI, TURLARI, VAZIFASI VA DARAJALARI 
 
3.1. Biznes etikasi va ma’naviyatining o‘zaro munosabatlari, turlari, 
vazifa va darajalarining faoliyatda tutgan o‘rni 
 
Biznesmen munosabati – 
shaxslar o‘rtasidagi kasbiy faoliyat va 
biznes sohasida ma’lumotlar almashish borasidagi murakkab, ko‘p 
qirrali jarayondir. Murakkab, ko‘p tarmoqli biznes munosabatlarida 
shaxslar bir-biri bilan aloqa o‘rnatadi, o‘zaro faoliyatni amalga oshirish 
uchun ma’lum ma’lumotlarni almashadi.
 
Bunday munosabatlar ishti-
rokchilari rasmiy maqomga ega bo‘lib, aniq maqsadlarga erishish uchun 
harakat qilishadi. 
Biznes etikasi va ma’naviyatining o‘ziga xos xususiyati, uning turli 
darajadagi rasmiyligidadir, ya’ni ular shartli cheklanishlarga tobedir. Bu 
tobelik ko‘p omillarga, ya’ni milliy va madaniy an’analarga, faoliyat-
ning kasbiy xususiyatlariga, tashkilotning talablariga, axloqiy tamoyil-
larga bog‘liq bo‘ladi. 
Ish yuzasidan aloqada bo‘lgan sheriklarning maqsadlari, odatda, 
ular o‘rtasidagi psixologik masofani belgilab beradi. Muloqotdagi 
masofa psixologik yaqinlik darajasini bildiradi. Ishtirokchilar o‘rtasidagi 
masofaga qarab, muloqotning uchta bosqichi farqlanadi. 
1. Konvensional. Muloqotning maqsadi umum qabul qilingan 
me’yorlar, muloqot ishtirokchilariga ma’lum bo‘lgan rollarni bajarish. 
Bularga uchrashganda salom berish kabi holatlar kiradi. 
2. Ishbilarmonlik darajasi. Muloqotda ishtirok etayotgan sheriklar-
ning shaxsiy xususiyatlarini hisobga olgan holda hamkorlik faoliyatini 
tashkil qilish uning asosiy maqsadidir. 
3.Shaxsiy daraja. Maqsad – bir-birini tushunish, qo‘llash, ko‘mak-
lashish va bir-biriga g‘amxo‘rlik qilish. 
Bundan tashqari, biznes etikasi va ma’naviyati bo‘yicha muloqot-
ning boshqa turlari ham bor: 
1. Manipulyativ daraja shundan iboratki, suhbatdoshlarning biri 
ma’lum ijtimoiy rol orqali sherigida hamdardlik va mehr tuyg‘ularini 
uyg‘otadi. 
2. Sodda daraja. Bunda sheriklardan biri ikkinchisiga yo‘l bermaydi 
(biri –doimiy kommunikator, ikkinchisi - doimiy retsipient).
3. Oliy daraja. Bunda eng yuqori ijtimoiy munosabatlar yuzaga 
keladi, ijtimoiy maqom, tutgan o‘rniga qaramasdan sheriklar teng muno-
sabatda bo‘ladi. 


21 
Maqsad mezoni bo‘yicha biznes etikasi va ma’naviyatining zamo-
naviy tasnifi mavjud.
1)
Kontakt funksiyasi – bunda muloqot o‘rnatilib, ma’lumotlarni 
qabul qilish va yetkazib berishga, o‘zaro aloqani ikki tomonning man-
faatini ko‘zlab, davom ettirishga tayyorlik tushuniladi. 
2)
Axborot funksiyasi – ma’lumotlar, fikrlar, rejalar, qarorlarni al-
mashish. 
3)
Undash funksiyasi – ma’lum harakatlarni bajarish uchun she-
rikchilik faoliyatini rag‘batlantirish. 
4)
Muvofiqlashtiruvchi funksiya – o‘zaro faoliyatni tashkillashti-
rishda kelishilgan va maqsadga yo‘naltirilgan harakatlar. 
5)
Tushunish funksiyasi – ma’lumot ma’nosini muqobil tarzda qa-
bul qilish, maqsadlar, intilishlar, tashvish va holatlarni o‘zaro to‘g‘ri 
tushunish. 
6)
Emotiv funksiya – sherikda ma’lum his-hayajon uyg‘otish va 
uning yordamida o‘zining psixologik holatini o‘zgartirish. 
7)
Munosabatlar o‘rnatish funksiyasi – individ faoliyat ko‘r-
satayotgan hamjamiyatda rol, maqom, ishbilarmon, shaxslararo va bosh-
qa aloqalar tizimida o‘zining o‘rnini belgilash va anglab olish. 
8)
Ta’sir etish funksiyasi – sherikning holati, xatti-harakati, shaxs 
haqidagi tushunchalarini o‘zgartirish.

Kontakt o‘rnatish(tanishib olish). Boshqa kishini tushunish, unga 
o‘zini tanishtirishni nazarda tutadi. 

Muloqot vaqtida zarur usulni tanlash, sodir bo‘layotgan voqea-
larni anglash. 

Qiziqtirayotgan muammoni muhokama qilish. 

Muammoni echish. 

Kontaktni tugatish( undan chiqish). 
Biznes munosabatlari o‘zaro sherikchilik asosida qurilishi lozim. 
Bu munosabatlar har ikki tomonning talab, ehtiyojlari va ishdagi man-
faatidan kelib chiqishi kerak. Bunday hamkorlik mehnat va ijodiy fao-
liyat samarasini oshiradi va ishlab chiqarish texnologik jarayonning mu-
him omillaridan biri hisoblanadi. 
Biznes muloqoti kishilar qanday usullar bilan ma’lumotlar almashi-
shiga qarab, turlarga bo‘linadi. Bunday bo‘linishga nisbatan bir necha 
yondashuvlar mavjud: 
1.
Yozma va og‘zaki biznes etikasi va ma’naviyati. 
2.
Og‘zaki biznes etikasi va ma’naviyati, o‘z navbatida monologik 
va dialogik turlarga bo‘linadi. 


22 
Monologik muloqot turlariga quyidagilar kiradi: 

tabrik nutqi; 

savdo-sotiq nutqi(reklama); 

axborot nutqi; 

ma’ruza( majlis va yig‘ilishlarda). 
Dialogik muloqot turlariga quyidagilar kiradi: 

biznesga oid gap - qisqa muddatli muloqat, asosan bir mavzuni 
kamrab oladi; 

biznesga oid suhbat – ko‘p holatlarda qaror qabul qilinishi bilan 
tugaydigan ma’lumot, nuqtayi nazarlarni muhokama qilish;

muzokoralar – ma’lum bir masala bo‘yicha bitim tuzish maqsa-
didagi muhokama; 

intervyu – radio, televidenie, gazetaga mo‘ljallangan, jurnalist bi-
lan bo‘lib o‘tgan suhbat; 

bahs; 

majlis; 

matbuot anjumani; 

kontaktli biznesga oid suhbat – bevosita, “jonli” dialog; 

telefon orqali gaplashish(distant). 
Bevosita kontakt va suhbatda og‘zaki muloqot katta ahamiyatga 
ega. Telefon orqali suhbat yoki ma’lumotni etkazish muloqotning eng 
keng tarqalgan shakllaridan biri hisoblanadi. Ularni bevosita sodir 
bo‘lgan kontakt va muloqotning juda ko‘p usullari mavjudligi ajratib 
turadi. Bu esa, o‘z navbatida har qanday ma’lumotning biznesga doir 
(shakliy) va shaxsiy ( norasmiy) qismlarini qo‘llashga imkon beradi.

Download 1,06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish