2.3. Kichik maktab yoshidagi bolalarning tengdoshlari bilan muloqoti. Bola endi maktab yoshiga yetganda ularning bir-birlariga nisbatan munosabatlari
yangicha mazmun kasb etadi. Bola ilgari ota-onasi, guruhdagi tengdoshlari, tarbiyachi
bilan muloqotda bо‘lgan bо‘lsa, endi maktab о‘qituvchisi, sinf rahbari bilan ham
muloqotda bо‘ladi. Bolalarda bu davrda mas’uliyat hissi shakllanadi.
Bolalar nutqining о‘sishida ularning maktabda о‘qishi katta rol о‘ynaydi. Bola
maktabgacha yoshda о‘ylamasdan gapiradi, maktabda esa bola gaplashayotgan til
о‘qitiladigan va о‘rganiladigan ilm bо‘lib qoladi. Grammatikani о‘qib о‘rganish
jarayonida bola nutqining fonetik jihati tо‘g‘ri bо‘lib boradi, nutqning sintaksis
tuzilishi takomillashadi. Maktabda о‘qitilayotgan hamma fanlarni о‘rganish jarayonida
о‘quvchi nutqining lug‘ati boyiydi, sо‘zlarning mazmuni chuqurlashadi va kengayadi.
Bolalarning yozma nutqni egallashlari ular nutqining о‘sishida muhim bosqich
bо‘ladi. Bola о‘z fikrlarini yozma nutqda bayon qilishga harakat qiladi. О‘quvchi
о‘qituvchining topshirig‘iga binoan yozma ishlar bajarayotganda о‘zining shu ishiga
baho berilishini, о‘z fikrining qanday til bilan bayon qilinganiga qarab baho berilishini
oldindan bilib turadi. О‘quvchi maktabda berilgan topshiriqni tayyorlash vaqtida shu topshiriqni о‘ziga - о‘zi gapirib berishni mashq qilib turishi о‘quvchi nutqining
о‘sishiga katta ta’sir qiladi. Bolalar nutqining о‘sishida о‘qituvchining nutqi katta rol о‘ynaydi, chunki uning nutqi о‘quvchilar uchun namunali nutq hisoblanadi. Shuning uchun о‘qituvchi о‘z nutqini takomillashtirish ustida ishlashi kerak. Maktabda bolalarda eng avvalo faol ishlatiladigan sо‘zlarning miqdori oshadi. Yozma nutqni, о‘qish va yozishni о‘zlashtirish о‘quvchi hayotida hosil qilingan malaka hisoblanadi.
Kichik maktab yoshidagi bolalar tovushlarni bir-biriga qushish orqali sо‘z tuzish
malakasini egallab olgach, ba’zida matn mazmunini notо‘g‘ri tushunadilar. Unga
о‘quvchilarning sо‘z boyligining kamligi yoki asosiy fikrni ajrata bilmasligi sabab
bо‘ladi. Shu munosabat bilan о‘qituvchi oldida bolalarda lug‘at boyligini oshirish va ularni о‘qigan narsalari yuzasidan mustaqil reja tuzishga barvaqtroq о‘rgatish vazifasi turadi. Yozuv darslarida bola harf va sо‘zlarni yozishda katta qiyinchiliqka duch keladi. Dastlab bola bо‘tun e’tiborini yozish texnikasiga va о‘tirish qoidasiga rioya
qilishga qaratadi. Avval bolaning yozma nutqi uning og‘zaki nutqi orqali belgilanadi,
ya’ni u sо‘zni qanday talaffuz etsa shunday yozadi. Bu davrda bola bilan ovoz chiqarib
aytish bо‘yicha muntazam mashqlar о‘tkazish uning imlo qoidalarini muvaffaqiyatli
о‘zlashtirishida katta ahamiyatga ega. Yozma nutqda imo-ishora, ohangdan
foydanilmaydi, bolalarning yozma nutqlari ularning og‘zaki nutqiga qaraganda ancha
bо‘sh bо‘ladi. Bolalar nutqi kattalar nutqi ta’sirida о‘sadi. Shuning uchun pedagoglar
bolalarga kichik maktab yoshidan boshlab og‘zaki va yozma nutqni о‘stirish bilan
birga nutq madaniyatini ham о‘rgatib borishlari zarur.