O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat sharqshunoslik instituti


FANNING NAZARIY MAShG‘ULOTLARI MAZMUNI



Download 0,56 Mb.
bet8/55
Sana18.02.2022
Hajmi0,56 Mb.
#454196
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   55
Bog'liq
УМКараб арузи 17.11.16

FANNING NAZARIY MAShG‘ULOTLARI MAZMUNI

MAVZU № 1 Aruz ilmi va uning tarixiy ildizlari.


Darsning maqsadi: talabalarni “aruz” so’zining ma’nolari bilan tanishtirish hamda uning ixtirochisi Halil ibn Ahmad haqida ma’lumot berish.
Tayanch so‘zlar va iboralar: aruz, vazn sistemasi, “Mezonu-l-avzon”, rukn, Makka bilan Toif, «Al-Aruz», “al - Ayn”, “an-Nag‘am”, “al-Iyqo”, aruz bahrlari, she’riy nazariya.

Aruz – (العروض ) arab poeziyasining she’riy vazni. Aruzdagi she’rning birinchi namunalari melodiy V asrga taalluqli. VIIIasr ikkinchi yarmiga kelib aruz ilmiy asoslangan fanga, keyinroq tugal tizimga aylandi.


Aruz nazariyasi sharq mumtoz sheriyatida eng ko‘p qo‘llanilgan yagona she’r vazni hisoblanadi.Aruz vazni ilk bora arab she’riyatida vujudga keladi, keyinchalik u fors-tojik va turkiy xalqlar mumtoz poeziyasining ham asosiy vazn turi sifatida shakllandi va takomillashdi.
A.Rustamovning fikricha, “Aruz deb, bir qancha Sharq xalqlari adabiyotida jumladan,o‘zbek mumtoz adabiyotida qo‘llanib kelinayotgan o‘ziga xos vazn sistemasiga hamda shu haqidagi ilmga aytiladi. Aruz vazni bo‘g‘inlarning talaffuzdagi uzun-qisqaligiga asoslangan bo‘lib, muzika bilan chambarchas bog‘liqdir”1.
Nima uchun “aruz” deb nomlangani haqida ko‘pdan ko‘p har hil fikrlar mavjud. Bu yerda biz hazrati Alisher Navoiyning “Mezonu-l-avzon” asaridagi fikrni keltiramiz: “... Aruz fani sharif fandur ... Xalil ibn Ahmad rahmatullohki bu fanning vozi’idur, chun arab ermish va aning yaqinida bir vodiy ermishki, ani “Aruz” derlar ermish va ul vodiyda a’rob (arablar) uylar (o‘tov)ni tikib, jilva berib, bahoga kiyururlar ermish. Va uyni arab “bayt” der. Chun baytlarni bu fan bila mezon qilib, mavzunini nomavzundan ayururlar ...”
A. Rustamov: Ba’zilar aruz so‘zining lug‘aviy ma’nosi “ qiyin yo‘l” , bu ilm qiyin bo‘lgani uchun uni “aruz” deb ataganlar deydilar. Ayrim aruzchilar bu so‘z “arz qilinadigan” degan ma’noga ega, she’rning vaznini aniqlash uchun bu ilmga murojaat qilinadi. Shu sababdan unga aruz deb nom berganlar degan fikrni aytganlar2.
Xotib Tabriziy : “... chodir mustahkam turishi uchun uning o‘rtasiga qo‘yiladigan tirgak ustunni “aruz” deb ataydilar; aruz bilimdonlari esa, birinchi misraning oxiridagi ruknni aruz atashadi. Xuddi chodir o‘sha ustunga tayangani kabi, bayt shu ruknga tayanadi; chunki bu rukn talaffuz etilganda shu she’r qaysi bahrga tegishli ekanligi ma’lum bo‘ladi”3.
As-Sayyid Hoshimiy: Bilimni aruz deb atashga sabab shuki, Xalil uni Makka bilan Toif o‘rtasidagi shu nomli joyda kashf etdi.4
Shunday qilib, “Aruz” termini Sharq adabiyotshunosligida qadimdan bizning zamonimizgacha asosan ichki ikki ma’noda ishlatiladi:
Ma’lum she’riy sistema
Shu sistema haqidagi ta’minot.

Download 0,56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish