Biografiya(tarjimai hoi) metodi. Inson psixikasini tadqiq qilish uchun uning hayo'li, faoliyati, ijodiyo'li to‘g‘risidagi og‘zakiva yozma ma’lumotlar muhim, ahamiyatga ega. Bu borada kishilarning tarjimai holi, kundaligi, xatlari, esdaliklari, o‘zgalar ijodiga bergan baholari, tanbehlari, taqrizlari alohida o‘rin egallaydi. SHu bilan birga o‘zgalar tomonidan to‘plangan tarjimai hoi haqidagi materiallar: esdaliklar, xatlar, rasmlar, tavsiflar, baholar, magnitofon ovozlari, fotolavhalar, hujjatli filmlar, taqrizlar o‘rganilayo'lgan shaxsni to‘laroq tasavvur etishga xizmat qiladi.Tarjimai hoi ma’lumotlari inson psixikasidagi o‘zgarishlarni kuzatishda, uning suhbat va tajriba metodlari bilan o‘rganib bo‘lmaydigan jihatlarini ochishda yordam beradi. Masalan, mazkur ma’lumotlar orqali ijodiy xayol bilan bog‘liq jarayonlar; she’riyat, musiqa, nafosat, tasviriy san’at, texnik ijodiyo'lning nozik turlari va kashfiyo'ldagi tafakkurning o‘ziga xosligini, shaxsning ma’naviyat, qadriyat, qobiliyat, iqtidor, iste’dod singari fazilatlarini o‘rganish mumkin. Inson ongining xossasi, namoyon bo‘lishi, rivojlanishi, o‘ziga xos va ijtimoiy xususiyatlari atoqli odamlar bildirgan mulohazalarda o‘z ifodasini topadi. Allomalar to‘g‘risidagi ma’lumotlar zamondoshlari, izdoshlari, safdoshlarining ta’rifu tavsiflari orqali avloddan avlodga o‘tadi.
Biografik ma’lumotlar odamlarning o‘zini o‘zi tarbiyalashi, nazorat qilishi, idora etishi, o‘zining uslubini yaratishi, kamolot cho‘qqisiga erishishi jarayonida namuna vazifasini o‘taydi.
Pedagogik-psixologik ishlarda bolalarning tarjimai holi asosida ilmiy Bitiruv (loyiha) ishning lar, masalan N. A. Menchinskaya, V. S. Muxinaning kuzatishlari «Ona kundaligi» nomi bilan mashhurdir. SHunday Bitiruv (loyiha) ishning lar chet el psixologiyasida ham keng tarqalgan.Badiiy adabiyo'lda yaratilgan ko‘plab asarlar, masalan, A..N. Tolstoy, S. Ayniy, Oybek, Abdulla Qahhor va boshqa qator adiblarning esdaliklari tarjimai hoi shaklida bo‘lib, ular bilan tanishish natijasida mualliflarning his-tuyg‘usi, temperamenti, xarakteri, qobiliyati, iste’dodi, qiziqishi, intilishi, mayli, layoqati, dunyoqarashi, e’tiqodi, nafosati, axloq va odobi to‘g‘risida ma’lumotlar olish mumkin.
Anketa metodi. Uning yordamida turli yoshdagi odamlarning psixologik xususiyatlari, narsa va hodisalarga munosabatlari о’rganiladi.Anketa odatda uch xil tuziladi. Ularning birinchi xili anglashilgan motivlarni aniqlashga mo‘ljallangan savollardan tuziladi. Ikkinchi xilida har bir savolning bir nechtadan tayyor javoblari beriladi. Uchinchi xil anketada sinaluvchiga yozilgan to‘g‘ri javoblarni ballar bilan baholash tavsiya etiladi. Anketadan turli yoshdagi odamlarning layoqatlarini, muayyan sohaga qiziqishlari va qobiliyatlarini, o‘ziga, tengdoshlariga, katta va kichiklarga munosabatlarini aniqlash maqsadida foydalaniladi.
Tarqatilgan anketalar yig‘ishtiriladi va elektron xisoblash mashinalarida xisoblanadi, atroflicha miqdoriy tahlil qilinadi, so‘ngra bitiruv (loyiha) ishiga yakun yasalib, ilmiy va amaliy yo‘sinda xulosalar chiqariladi. Anketa metodi inson psixikasini o‘rganish uchun boy material to‘plash imkonini beradi. Lekin unda olinadigan ma’lumotlar doimo xolisona xususiyatga ega bo‘lavermaydi. Bu kamchilikka yo‘l qo‘ymaslik uchun anketa ichidagi nazorat vazifasini bajaruvchi savollarni puxta ishlab chiqish maqsadga muvofiqdir. Odatda anketa savollariga to‘liq javob beriladi yoki qisqacha «ha», «yo‘q.» deb yozib qo‘yiladi, shartli belgilar bilan belgilanadi: bunda (Q) tasdiqlashni, (-) inkor qilishni bildiradi, ketma-ket berilgan bir nechta javobdan faqat bittasi tanlanadi va tagiga chiziladi yoki tartib raqami aylana ichiga olinadi. [2.17. 72-80-bet]
Ushbu metodlarni qo'llagandan so'ng muammolarni hal qilish uchun muammoli ta'lim texnologiyasidan foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |