iqtisodchi P.Duglas va matematik X.Kobb iqtisodiy o‗sish modelini
ishlab chiqdilar. Mazkur model ikki omilli – mehnat va kapital bo‗lib, u
ushbu omillarining ishlab chiqarish hajmini yoki milliy daromadni
ko‗paytirishdagi ulushni hisoblashga imkon beradi. Kobb–Duglas
modeli quyidagi ko‗rinishga ega:
Y = AK a L b , bu yerda: Y – ishlab chiqarilgan mahsulot miqdori (milliy
daromad), K – kapital qo‗yilmasi, L – sarflangan yalpi mehnat, A –
mutanosiblik koeffitsiyenti, a – mahsulot (daromad)dagi kapital hissasini
ko‗rsatuvchi koeffitsiyent, b - mahsulot (daromad)dagi mehnat hissasini
ko‗rsatuvchi koeffitsiyent. Mazkur model mualliflari 1899-1922-yillar
davrida AQSh ishlab chiqarish sanoatida ish bilan bandlikning, asosiy
kapitalning va ishlab chiqarishning dinamikasi to‗g‗risidagi statistik
331
ma‘lumotlar asosida (empirik usulda) ishlab chiqarish funksiyasining
quyidagi parametrlarini aniqlab berdi: