O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent moliya instituti



Download 4,56 Mb.
Pdf ko'rish
bet90/264
Sana13.02.2022
Hajmi4,56 Mb.
#447083
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   264
Bog'liq
IQTISODIY TALIMOTLAR TARIXI566[1]

Ishlab chiqarish
Taqsimot 
 
Ishlab chiqarish Taqsimot 
6.1-rasm.
 A.Smitning Qiymat (va baho)ning tashkil
topishi to„g„risidagi ikki konsepsiyasi 
Kapital 
Mehnat 
Yer 
Qiymat 
Foyda 
Ish haqi 
Renta 
Mehnat 
Foyda 
Qiymat 
Ish haqi 
Renta 


118 
Ushbu rasmda A.Smitning birinchi konsepsiyasi «mehnat» so‗zi 
yaxlit strelka ko‗rinishida aks ettirilgan. Bu qiymatni yaratishda mehnat 
yagona manba ekanligini ko‗rsatdi. Mehnat bilan yaratilgan daromad 
taqsimlanish jarayonida ish haqi, foyda va rentaga bo‗linadi. A.Smitning 
ikkinchi konsepsiyasining asl ma‘nosi «Kapital» va «Yer» so‗zlari 
yozilgan nuqtali chiziq (punktirli) strelka yordamida ifodalangan. Bu 
konsepsiya mahsulot va daromadlarni yaratishda mehnat bilan birga 
kapital va yerning ham ishtirok etishini bildiradi. 
Ular endi qiymatning shakllanishida ishtirok etuvchi omil sifatida 
bo‗ladi. Mehnat ish haqi ko‗rinishida daromad yaratadi, kapital foyda 
ko‗rinishida daromad yaratadi, yer renta ko‗rinishida daromad yaratadi. 
A.Smitning ikkinchi konsepsiyasi oddiy tovar ishlab chiqarishni 
(«qoloq jamiyatni») tahlil qilishdan kapitalistik tovar ishlab chiqarishni 
tadqiq qilishga o‗tish bilan bog‗liq. Aynan kapitalistik tovar ishlab 
chiqarishda jonli mehnat qiymatning yagona manbayi bo‗la olmaydi. 
―Oldin mehnat vositalari ishlab chiqaruvchiga qarashli bo‗lgan. Kapital 
jamg‗arilishi va yerning xususiy mulkka aylanishidan oldingi jamiyatda, 
deb yozadi A.Smit, – mehnat miqdorlari o‗rtasidagi nisbat mahsulot-
larni ayirboshlashning yagona asosi bo‗lib kelgan. Barcha mehnat 
mahsuli ishlab chiqaruvchiga qarashli bo‗ladi va sarflangan mehnatning 
miqdori bahoning yagona o‗lchovi hisoblanadi‖. 
Keyinchalik, kapital jamg‗arilib borgan sari vaziyat o‗zgarib boradi. 
Tovarning qiymati ikki qismga bo‗linadi: bir qismi ish haqiga, ikkinchi 
qismi kapital foydasiga. Kapital egasi yollanma mehnatni ishlatadi. 
Bunda yaratilgan barcha mahsulot ishlab chiqaruvchiga qarashli 
bo‗lmaydi. Uning bir qismi kapital egasiga tegishli bo‗ladi. Bunday 
sharoitda muayyan tovarni ishlab chiqarish uchun sarflangan mehnat 
miqdori tovarning qiymatini aniqlashda birdan-bir manba bo‗la olmaydi. 
A.Smitning fikricha, «tabiiy baho» (qiymat) - bu shunday bahoki
uning tarkibiy qismlari mehnat, kapital va yer uchun to‗lanadigan tabiiy 
Me‘yorlarga taxminan mos keladi. Bu tabiiy Me‘yorlar mintaqalar 
bo‗yicha farq qiladi va ular hayot darajasiga, geografik va tabiiy 
sharoitlarga, o‗rtacha xarajatlar darajasiga va boshqalarga qarab 
o‗rnatiladi. Mazkur qoida F.Akvinskiyning «Odil narx» konsepsiyasiga 
o‗xshab ketadi. Ikki yondashuvning farqi shundaki, F.Akvinskiyda «odil 
narx» odamlar tomonidan ongli ravishda o‗rnatiladi, A.Smit bo‗yicha 
esa, «tabiiy baho»ning shakllanishi – obyektiv bozor qonunlarining 
amal qilish natijasidir. 


119 
Bozor bahosi «tabiiy baho» atrofida tebranib turadi, u bozor 
holatiga qarab undan yuqori yoki past bo‗lishi mumkin. Ushbu 
tebranish tufayli taklif talabga moslashadi. Agar talab taklifdan kam 
bo‗lsa, bozor bahosi xarajatlardan past bo‗lgan bo‗ladi va tadbirkorlar 
ishlab chiqarishni qisqartiradi. Aksincha, talabning ortishi bahoning 
oshishi va taklifning ko‗payishini rag‗batlantiradi. Natijada bozor 
bahosi «tabiiy baho» darajasiga intiladi. Albatta, axborotning 
yetishmasligi, tabiiy va sun‘iy monopoliyalarning mavjudligi bilan 
bog‗liq holatlar bundan istisno. 

Download 4,56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   264




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish