O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent moliya instituti


 F.Xayek va uning ijtimoiy-iqtisodiy g„oyalari



Download 4,56 Mb.
Pdf ko'rish
bet209/264
Sana13.02.2022
Hajmi4,56 Mb.
#447083
1   ...   205   206   207   208   209   210   211   212   ...   264
Bog'liq
IQTISODIY TALIMOTLAR TARIXI566[1]

13.2. F.Xayek va uning ijtimoiy-iqtisodiy g„oyalari 
 
Fridrix fon Xayek (1899–1992-y.)
neoliberalizmning otasi 
hisoblanadi. U juda ko‗p iqtisodiy va ijtimoiy-falsafiy mazmundagi 
asarlar muallifi, ularning ichida asosiylari: 
“Baholar va ishlab 
chiqarish” (1929), “Pul nazariyasi va iqtisodiy sikl” (1933), “Foyda, 
foiz va investitsiyalar” (1939), “Kapitalning sof nazariyasi” (1941), 
“Qullikka yo„l” (1944), “Erkinlik konstitutsiyasi” (1960), “Sof 
pullar” (1976), “Erkin kishilarning siyosiy tizimi” (1973-1979). 
Inson erkinligining ustunligini F.Xayek bosh tamoyil sifatida 
ko‗rsatadi. Erkinlik – bu davlat tomonidan har qanday majbur 
qilishning bo‗lmasligi. F.Xayek fikriga ko‗ra davlat maorifni tashkil 
qilish bilan ham, ijtimoiy sug‗urtani tashkil qilish bilan ham, kvartira 
haqi stavkasini tartiblash bilan ham shug‗ullanmasligi kerak, bunday 
xatti-harakatlar ―ma‘muriy despotizm‖dan boshqa hech narsa emas; 
davlatning pul emissiyasini amalga oshirishdagi monopol huquqidan 
ham mahrum etish kerak; davlatga ishonib topshirish mumkin bo‗lgan 
maksimum narsa – bu qarilik pensiyalarini, ishsizlik bo‗yicha 
nafaqalarni to‗lash. 
 
F.Xayek ―o‗z-o‗zidan bo‗ladigan tartib‖ konsepsiyasini qattiq turib 
himoya qildi. Unga ko‗ra zamonaviy jamiyatni tavsiflovchi uning barcha 
elementlari yig‗indisi hech vaqt inson tomonidan ongli ravishda tashkil 
etilishi mumkin emas (chunki uning bilimi, ongi cheklangan), aksincha 
ular o‗z-o‗zidan yuz beradigan tartib doirasida rivojlanib boradi. ―Biz 
hodisalar o‗rtasidagi aloqani muayyan darajada tushunishimiz mumkin, 
lekin ularni boshqara olmaymiz‖, - deb yozadi F.Xayek. ijtimoiy tartib 
ongli xatti-harakat natijasi bo‗lishi mumkin emas. Jamiyatda o‗rnatilgan 
tartib o‗z-o‗zidan bo‗ladigan xatti-harakat natijasidir. 
F.Xayek makroiqtisodiy tahlilga salbiy munosabatda bo‗lgan. 
Uningcha, mikroiqtisodiy jarayonlarni tadqiq qilish bir butun 
iqtisodiyotning amal qilishini tushuntirib berish uchun zarur va yetarli 
hisoblanadi. 
Alohida 
xo‗jalik 
subyektlarining 
xatti-harakatining 
muvofiqlashuvi muammosi axborot yordamida hal etilib turiladi. 
Axborot bozor bahosi mexanizmi orqali kelib tushadi, u xo‗jalik 
ishtirokchilariga ustunlik beradi. 
Bozorning samaradorligi shunda ko‗rinadiki, unda aniq axborotlar 
yetarli va ular tez tarqaladi. Natijada ideal emas, lekin shunga yaqin 
muvozanat o‗rnatiladi. F.Xayek sotsializmni tanqid qiluvchilardan biri 


278 
sifatida to‗liq va operativ axborotga ega bo‗lmagan markaziy rejalashtirish 
bozor iqtisodiyotiga o‗xshab samarali amal qila olmasligini ko‗rsatib berdi. 
Baholarning bir markazdan o‗rnatilishi, ularning ustidan nazorat qilib 
turilishi, F.Xayekning fikri bo‗yicha, axborotning buzilishiga, noto‗g‗ri 
tarqalishiga olib keladi. Baho talab va taklifni to‗g‗ri aks ettirmaydi, 
mahsulotlarga bo‗lgan talab to‗g‗risida ishlab chiqaruvchi aniq tasavvurga 
ega bo‗lmaydi. 
F.Xayek bo‗yicha pul emissiyasiga bo‗lgan davlat monopoliyasi 
erkin jamiyat uchun zararli, negaki, hukumat bunday monopoliya 
yordamida o‗z fuqarolari hisobiga davlat muammolarini yechishga 
urinadi (masalan, davlat qarzi muammosi, davlat xarajatlarining 
ko‗payib ketishi va b.). U davlat emissiyasini xususiy emission 
banklarning erkin raqobati bilan almashtirishni taklif qiladi. Xususiy 
valyutalarni chiqarayotgan banklar o‗rtasidagi erkin raqobat natijasida 
odamlar kundalik hayotda foydalanish qo‗l keladigan ancha barqaror 
valyutani tanlash imkoniyatiga ega bo‗ladilar.

Download 4,56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   205   206   207   208   209   210   211   212   ...   264




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish