O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent moliya instituti



Download 4,56 Mb.
Pdf ko'rish
bet196/264
Sana13.02.2022
Hajmi4,56 Mb.
#447083
1   ...   192   193   194   195   196   197   198   199   ...   264
Bog'liq
IQTISODIY TALIMOTLAR TARIXI566[1]

Jon Kommons 
(1862-1945)


261 
davlat xizmatlari qonunlarini yozishga yordam berdi, keyingi yillarda 
esa xalq daromadini nazorat qilish, sanoat xavfsizligi qoidalari, 
ishchilarni mukofotlash, bolalar mehnat huquqlari, ayollar uchun eng 
kam oylik ish haqi va ishsizlik nafaqalari haqidagi qonunlar yaratilishiga 
ta‘sir ko‗rsatdi. Ishsizlik nafaqasining qonunlashtirilishi Kommonsning 
ijtimoiy qonunchilikdagi eng katta yutug‗idir, balki. Uning 1920-yilgi 
depressiyaga reaksiyasi va Yevropadagi ishsizlik nafaqalari dasturlarini 
o‗rganishi uni Viskonsin qonunchiligi uchun qonunlar loyihasini 
tuzishiga sabab bo‗ldi. Bu loyihaning ko‗rinishlari qayta va qayta taqdim 
etilib, 1932-yilda Kommonsning sobiq talabasi Garold Groves, – senator 
va jamoat mablag‗ida iqtisodiyotni ixtisoslashtirish universiteti 
professori nihoyat uning so‗nggi va tan olingan ko‗rinishini taqdim etdi. 
1934-yilda Ruzvelt Kongressni ishsizlik nafaqasi to‗g‗risidagi qonunni 
qabul qilishga chorlaganida u qonunlar tuzishi kutilgan iqtisodiy 
xavfsizlik komitetini tuzdi. Bu komitetda keyinchalik Viskonsin 
professori, Kommonsning talabasi E.E.Witte rahbar bo‗ldi.
Kommonsning keyingi xizmatlari ijtimoiy islohotlardagi harakatlari 
bilan bog‗liq. Viskonsin universiteti iqtisodiyot bo‗limi dunyo bo‗yicha 
iqtisodchilar tayyorlashning muhim markazlaridan biri sifatida tanilgan. 
Bir vaqtlar Viskonsin boshqa istalgan universitetlarga nisbatan eng ko‗p 
doktorlik darajasi berar edi. Bundan ham muhimi, Kommonsning 
iqtisodiyotga o‗ziga xos
 
yondoshuvi ―matoga ishlangan guldek‖ edi; 
1980-yillargacha ―Viskonsin maktabi‖ yo‗nalishi saqlanib qoldi. Bu oliy 
ta‘lim dasturlarida endi ta‘siri qolmagan Veblen va Mitchellga 
qiyoslaganda chuqur farq qilardi.
Austindagi S.E.Ayres boshchiligidagi Texas universiteti va Allan 
Gruchi boshchiligidagi Mariland universiteti iqtisodiyot bo‗limlari ham 
oz muddat ichida o‗ziga xos noortodoksal yondashuvlarni yo‗lga qo‗ydi, 
lekin taqdim etilgan doktorlik darajalari va ularning ta‘siri Viskonsin 
bilan solishtirilganda kam edi. Viskonsin maktabi merosini tushunish 
uchun yuksak tarixiy bilim yoki ma‘lum sohalarda tugallangan 
noortodoksal ta‘limga ega bo‗lish talab etiladi.
Kommons qarashlari boshqa universitetlarda targ‗ib qilinmadi, 
chunki 
Viskonsinda 
iqtisodiyotdan 
ta‘lim olganlar iqtisodiyot 
nazariyasidan ko‗ra iqtisodiyotning amaliy sohalariga yo‗naldilar. Ular 
hukumat ishlariga, tadqiqot agentliklariga va universitetlarga xizmat 
qilishdi. Ular mehnat, jamoat moliyasi, jamoat maishiy xizmatlariga 
qiziqib, ortodoksal nazariyaga, keyinchalik o‗ziga xos mikroiq-
tisodiyotga kam e‘tibor berishdi. Kommons ortodoksal nazariyani tanqid 


262 
qildi, lekin u vaqtining ko‗p qismini ijtimoiy amaliy sohalar va 
islohotlarga bag‗ishladi.
Viskonsin maktabi yo‗nalishi Madisondagi doktorlik dasturining 
Qo‗shma Shtatlardagi boshqa universitet dasturlari bilan bir xil 
bo‗lganidan so‗ng tugatildi. Kommons davrida va hattoki, II jahon 
urushidan keyingi davrlarda ham Viskonsin universitetida bugungi 
kungi oddiy dasturlarda beriladigan o‗rtacha ortodoksal ta‘limotlar bilan 
ham doktorlik darajasiga erishish mumkin edi. Bu endi haqiqat emas. 
Shunday bo‗lsada, Kommonsning ta‘siri natijasida ellik yillik davr 
davomida Viskonsin juda ko‗plab iqtisodchilarni yetkazib berdi. Ular 
keyinchalik tadqiqot agentliklarida, hukumat va boshqa universitetlarda 
amaliy iqtisodiyot va ijtimoiy islohotlarga o‗z hissalarini qo‗shishdi. 
Kommonsning uchinchi xizmati amaliy iqtisodiyot sohasida bo‗ldi. 
Uning ustozi Richard T. Eli Jon Hopkinsdan Viskonsinga ko‗chganida 
o‗z shogirdi Kommonsni ham olib ketdi. Eli mehnat harakatlari tarixi 
bilan qiziqardi va bu sohada hujjatlar to‗plashni boshlagan edi. U 
Kommonsning bu ma‘lumotlardan foydalanib Qo‗shma Shtatlar aniq 
mehnat tarixini yaratishini xohladi, bu esa Kommonsning Viskonsindagi 
eng yaxshi o‗quv davrlarini o‗z ichiga oldi. Kommons universitetni 
bitirgan talabalari ko‗magida 1910-yilda Amerika sanoat jamiyatining 
hujjatli tarixi to‗g‗risida muhim ma‘lumotlar beruvchi o‗n jildli asarini 
nashr etdi. 1918-yilda Qo‗shma Shtatlar mehnat tarixining ikki jildi, 
1935-yilda esa yana to‗rt juldi chop etildi. Kommons Qo‗shma 
Shtatlarda tan olingan mehnat mutaxassisi, Viskonsin esa mehnat 
iqtisodisodchilarini tayyorlovchi yetakchi muassasaga aylandi. Uning 
eng yaxshi bitiruvchisi Selig Perlam bo‗lib, olimning Mehnat harakati 
nazariyasi (1928) hali, hamon klassik asarlar qatorida turadi.

Download 4,56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   192   193   194   195   196   197   198   199   ...   264




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish