11.5. Bir necha resursli ishlab chiqarish funktsiyalari.
Faktorlararo bog‘lanishni faqatgina bitta ishlab chiqarish funksiyasi orqali qarab chiqmasdan, ularni ekonometrik tenglamalar tizimi yordamida tahlil etish mumkin.
Ekonometrik tenglamalar tizimi uch xilga bo‘linadi:
a) tizimga bir-biri bilan bog‘lanmagan tenglamalar kiradi. Har biri alohida yechilib, umumiy iqtisodiy-matematik modelni bir qismi bo‘lib koladi;
b) tizimga bir-biri bilan bog‘langan statistik xususiyatga ega bo‘lgan tenglamalar kiradi. Masalan, ishlab chiqarilgan mahsulotga bir nechta omillar, ya’ni ishchilar soni va asosiy fondlar o‘z ta’sir kuchini ko‘rsatadilar. O‘z navbatida, ishchilar soni aholi soni bilan va asosiy fondlar miqdori kapital qo‘yilmalar bilan bog‘langan. Buning natijasida ekonometrik tenglamalar tizimi quyidagi ko‘rinishda yozilishi mumkin:
Y = f (OPF,PPP)
PPP = f (L)
OPF = f (KK),
bu yerda Y - asosiy ko‘rsatkich, RRR - ishchilar soni, OPF - asosiy fondlar hajmi, L - aholi soni, KK - kapital qo‘yilmalar.
v) tizimga dinamik xususiyatga ega bo‘lgan tenglamalar kiradi. Bu tizimga kiradigan tenglamalar faqatgina har biri vaqt davrida bog‘lanishi borligini aniqlamasdan, ilgari bo‘lgan omillararo bog‘lanishini borligini ham tahlil qilish mumkin (t-1).
Masalan, bir jarayon tahlil etish uchun va uni asosiy ko‘rsatkichlarni prognoz davriga hisoblash uchun berilgan ma’lumotlar asosida, ya’ni yalpi mahsulot (VAL), ishchilar soni (RRR), asosiy fondlar (OPF), ish xaqi fondi (ZAR), kapital qo‘yilmalar (KV), har yili ishga kirgizadigan asosiy fondlar (OWF) kabi ko‘rsatkichlarni tenglamalar tizimi orqali yezib chikamiz:
VAL = f(OPF,PPP) (1)
PPP = f(VAL,ZAR) (2)
ZAR = f(VAL,KV) (3)
OWF = f(KV,OPF) (4)
OPF = f(OPF(-1),KV) (5)
KV = f(FN) (6)
FN = f(ND) (7)
Yuqorida keltirilgan tenglamalar tizimi bir biri bilan bog‘lanib, ketma-ket hisoblanadi, ya’ni (7) tenglama yyechilib, uni natijalari omil sifatida (6) tenglamaga kapital qo‘yilmalar hisoblash uchun ishlatiladi. O‘z vaqtida (6) tenglamani natijalari (5) tenglamani yyechish uchun ishlatiladi.
Bu ekonometrik tenglamalar tizimida prognoz vaqtiga bir ko‘rsatkich aniqlanib, uni natijasi orqali qolgan asosiy ko‘rsatkichlarni aniqlash mumkin. Model iqtisodiyotga mos bo‘lgan yo‘nalishlarni, bog‘lanishlarni aks etirishi kerak.
Iqtisodiy o‘sishni natijaviy ko‘rsatkichi - bu milliy daromadni dinamikasi. Ishlab chiqarish jarayoniga va iqtisodiy o‘sishga o‘z ta’sirini ko‘rsatadigan asosiy omillarga ishchilar soni, ishlab chiqarish fondlari, tabiat resurslari kiradi. Yaratilgan milliy daromad yoki pirovard mahsulot iste’mol fondi va jamg‘arish fondidan iborat. Ular o‘z navbatida ishlab chiqarish jarayonida foydalanadigan resurslardan uchun ishlatiladilar. Iqtisodiy o‘sishni logik modeli makroiqtisodiy jarayonda
Y=f(X1, X2, X3),
bu yerda Y -milliy daromad yoki pirovard mahsulot;
X1, X2, X3 - ishchilar resurslari, ishlab chiqarish fondlar, tabiiy xomashyolar.
Makroiqtisodiy funksiyalar yordamida ishlab chiqarish samaradorligini, xomashyo samaradorligini va ularni almashishini, ilmiy - taraqqiyotni iqtisodiy o‘sishiga ta’sirini va ularga o‘xshash ko‘rsatkichlarni tahlil etish mumkin. Analitik misollardan tashqari iqtisodiy o‘sishni prognoz ko‘rsatkichlarni makrotenglamalar yordamida hisoblash mumkin.
Zamonaviy makrodaraja tahlilda Kobb-Duglas tenglamasini ahamiyati katta, chunki uni asosida ishlab chiqarish jarayonida o‘z ta’sirini ko‘rsatadigan omillarni tahlil etish mumkin.
Bu tenglamani kamchiligi shundaki, omillar orasida ilmiy - texnik taraqqiyot ko‘rsatkichlari, texnika, texnologiya ko‘rsatkichlari ko‘rsatilmagan.
.
Do'stlaringiz bilan baham: |