Plastilin–narsalar yasashda qo’llaniladigan materialdir. U sun’iy plastik massa bo’lib, loydan hech qachon qurimasligi va doimo ishlatishga tayyorligi bilan farqlanadi. Plastilinning har xil – oddiy va murakkab turlari bo’lib uni tayyorlashni bir nechta usullari bor.
Birinchi variant – toza quyuq loyga glitserin qo’shib bir turli massa hosil bo’lguncha aralashtiriladi. Glitserin tayyorlanadigan massa qo’lga yopishmaydigan holatga kelguncha qo’shiladi.
Ikkinchi variant–quritilgan toza loy mayda qilib tuyuladi va unga vazelin qo’shib, qo’lga yopishmadigan quyuq massa hosil bo’lgancha aralashtiriladi. Plastilinga kerakli rangdagi quruq bo’yoq massasini qo’shib va puxta aralashtirib bo’yash mumkin.
Uchinchi variant -1 qism to’prog’iga 1/5 qism ilitilgan mum hamda plastilin qo’lga yopishmaydigan darajaga yetguncha glitserin qo’shib aralashtiriladi.
Barglar. Barglar o’yinchoqlarni yasashda qiziqarli va kerakli qo’shimcha material hisoblanadi. Ular turli shakl va ranglarda bo’lishi mumkin. Eman daraxtlarning yirik barglarini bolalar kemalarga yelkan sifatida ishlatishadi. Barglardan kapalak qanoatlari, baliq so’zgichlarini (bu o’yinchoqlar g’udda va bargdan yasaladi) yasashda qo’llash mumkin. Barglarni kuzda, ular chiroyli bo’lganida terish yaxshi.
Darsda foydalaniladigan tabiiy materiallar o’qituvchi rahbarligida ekskursiya jarayonida to’planadi. Ekskursiyani uyushtirishdan oldin bolalarga bo’lajak ish namunasi ko’rsatiladi. Bolalar uni diqqat bilan ko’rib, mashg’ulot jarayonida foydalaniladigan tabiiy materiallar ya’ni, bargning shaklini, daraxt navlarini aniqlaydilar. SHundan so’ng uyushtiriladigan ekskursiya rejasi tuziladi. Ekskursiya yo’nalishi, tabiiy materiallarni to’plash uchun mo’ljallangan joylar aniqlanadi.
O’quvchilar e’tiborini va aqliy faoliyatlarini kuzatilayotgan ob’ektdan mehnat darslarida ishlarni bajarish uchun zarur bo’lgan asosiy muhim belgilari, elementlari va xususiyatlarini ajratishga, to’planayotgan materialni to’g’ri baholashga yo’llaydigan savollar ro’yxati tuziladi.
Daraxtzorga kelganda bolalar kayfiyati ko’tarilib, ular har narsaga qiziqish bilan qaraydilar, barglar, ularning ranglari, shakllari bolalarni ajablantiradi. Ular tabiatning butun go’zalligini, uning ranglarini, to’kilgan barglar hidi va ular o’zining elastiklik xususiyatini yo’qotganligini, qattiqlashib, sinuvchan bo’lib qolganligini ko’radilar.
Bolalarning atrof-tabiat bilan zavqlanishlari kamayib borishiga qarab, ularning e’tibori barglarning shakli, daraxtlar navlariga qaratiladi. Ana shu vaqtda o’simliklarda sodir bo’layotgan ichki jarayonlar qisqa va tushunarli bayon etib beriladi: o’simlik yangi sharoitlarga moslashib, qish fasliga tayyorgarlik ko’rayotganligi bilan tanishadilar.
Bolalarning e’tibori atrofda uchib yurgan qushlar, kapalak, ninachilarga, ularning asosiy belgilariga jalb qilinadi, Uchib yurgan qushlar ularning tuzilish formalarini mehnat darslarida qushlar applikatsiyasini tayyorlash uchun to’plangan barglar material xizmatini o’tashi to’g’risida suhbat o’tkaziladi.
O’quvchilar barglarni to’plar ekanlar ularning ranglarini, shakllarini qiyoslashni o’rganadilar, bu ularning ko’zatuvchanligi va diqqat qilish qobiliyatlarini o’stirishga yordam beradi. To’plangan barglar oldindan tayyorlab qo’yilgan daftar varaqlari orasiga qo’yiladi. SHundan keyin bolalarga barglarning mehnat mashg’ulotlarigacha rangini yo’qotmasligi, buralib ketmasligi uchun qanday ishlov berish kerakligi tushuntiriladi. Har bir ekskursiyada bolalarning e’tiborini insonning yaratuvchilik mehnatiga albatta jalb etish kerak. Ekskursiya oxirida suhbatga yakun yasaladi, ekskursiyada egallangan bilimlar umumlashtiriladi. Bundan tashqari, bolalarga uylarida qushlar tasviri tushirilgan rasmlarni, su’ratlarni ko’rishni, ularning tanasi va qanotlarining shakliga, rangiga alohida e’tibor berish topshiriladi.
Bunday uyushtirilgan ekskursiyadan keyingi mashg’ulotda bolalar quritilgan barglardan qush applikatsiyasini zo’r ishtiyoq bilan bajaradilar, agarda applikatsiyani o’z istaklariga ko’ra, o’zlari to’plagan materiallardan mustaqil yasash topshirilsa, qiziqishlari yanada ortadi. Bunday dars, mashg’ulot quyidagi sxemaga ega bo’ladi:
Do'stlaringiz bilan baham: |