Rivojlantiruvchi maqsad- Mehnat ta’limi mashg’ulotlari jarayonida bo`lajak boshlang`ich sinf mehnat o`qituvchilari o’quvchilarga aqliy, jismoniy, axloqiy badiiy estetik tarbiya va ta’lim berish orqali ularning barkamol shaxslar bo’lib yetishishlariga yordam berishdan iborat.
Nazorat maqsad- Bo`lajak boshlang`ich sinf mehnat o`qituvchilari o’quvchilarning dasturda belgilangan bilim, ko’nikmalarni DTS ga binoan o’zlashtirish holatini nazorat qilishdan iborat.
Ijodiy vazifa – mehnat ta’limi jarayonida bilim, ko’nikma va malakalarini zamonaviy talablar darajasida bo’lishini ta’minlash uchun bo`lajak boshlang`ich sinf mehnat o`qituvchilari o’quvchilarning mustaqil ravishda ijodiy faoliyat yurita olishga o’rgatish.
Amaliy vazifa – buyum, narsa, namunalar asosida zaruriy vazifalarni amalda bajara olish.
Maktabda mehnat ta’limidan o’tkaziladigan mashg’ulotlar quyidagi vazifalarni amalga oshirishni nazarda tutadi:
- Bo`lajak boshlang`ich sinf mehnat o`qituvchilari o’quvchilarda dastlabki nazariy va amaliy mehnat tajribalarini hosil qilish, zamonaviy texnika borasidagi bilimlari doirasini yanada kengaytirish, ularda kishilar mehnati va mehnat jarayoniga nisbatan ijobiy munosabatda bo’lishga tayyorlash;
- Bo`lajak boshlang`ich sinf mehnat o`qituvchilari o’ziga topshirilgan har qanday ishni uddalay bilish, mehnatning o’ziga xos madaniyati va uning nazariy asoslarini egallash, o’z ishini va o’rtoqlarining ishlarini rejalashtirish hamda tashkil eta olishga o’rgatish;
- Bo`lajak boshlang`ich sinf mehnat o`qituvchilari o’quvchilarni mehnat ta’limi mashg’ulotlari jarayonida aqlli, odobli, yaxshi ahloqiy sifatlar shakllangan, did-farosatli hamda jismonan sog’lom qilib tarbiyalashni amalga oshirish.
Mehnat ta’limi fani boshqa o’quv fanlaridan o’zining bir qator xususiyatlari bilan farq qiladi.
Ushbu fanni o’qitishda amaliy mazmun ustivorligi
Ishlab chiqarish bilan uzviy va chambarchas bog’liqligi
Mujassam fan ekanligi (fanlar bilan aloqadorligi)
O’qitishda o’g’il va qiz bolalar mehnatini o’ziga xosligi
1-4 sinflardan mehnat ta’limi mashg’ulotlari mazmuni va usullari o’qituvchilar tomonidan insonlarning umumiy mehnat va kasb faoliyatlariga doir dastlabki mehnat ko’nikmalarini o’zlashtirishga qaratilgan.
O’quvchilar har bir mehnat harakatini ongli ravishda va shu harakatdan ko’zlangan maqsadga muvofiq shaklda bajarishga o’rgatib boriladi.
1-4 sinflarda mehnat ta’limi darsi haftasiga 1 soatdan o’qitiladi. 1 sinfda 33 soat, 2-4 sinflarda 34 soatdan jami 1-4 sinflarda 135 soat o’qitiladi.
Bo`lajak boshlang`ich sinf mehnat o`qituvchilari o’quvchilari mehnat ta’limini amalga oshirish uchun quyidagi tashkiliy va uslubiy vazifalarni hal qilishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |