Uslubiy vazifalar:- Mashg’ulotlarning yarim va bir yillik ish rejalarini tuzish, bunda mahalliy sharoit va ehtiyojlar va imkoniyatlarni hisobga olib, bo`lajak boshlang`ich sinf mehnat o`qituvchilari o’quvchilarni yaqindan tanishtirish mumkin bo’lgan kasb turlarini tanlash, o’g’il va qiz bolalarning o’zlariga xos mehnat mashg’ulotlarini amalga oshira borish, mashg’ulotlarda zamonaviy ilg’or pedagogik texnologiyalar, didaktik vositalardan keng foydalanish mehnat ta’lim va tarbiyasining birligini ta’minlash. O’quvchilarga mehnat malaka va ko’nikmalarini, mehnatga qiziqish va mehnatsevarlikni shakllantirishdan iboratligini tushuntirishi lozim.
Mehnat ta’limi jarayonida bo`lajak boshlang`ich sinf mehnat o`qituvchilari o’quvchilarni aqliy va axloqiy jihatdan rivojlantirib borishda ularning yosh xususiyatlari shaxsiy ruhiy va fiziologik sifatlarini hisobga olish o’quvchilarni kasbga yo’naltirish ishlarini olib borish.
Bo`lajak boshlang`ich sinf mehnat o`qituvchilari o’quvchilarning bilim, malaka va ko’nikmalarini turli ish turlari bilan shakllantirib borish quyidagi vazifalar bo’yicha o’zlashtiriladi:
mehnat qurollaridan xavfsizlik qoidalariga rioya qilgan holda foydalan olish
- qog’ozning inson faoliyatidagi ahamiyatini bilish va u bilan ishlay olish
mehnatga ijodiy va ongli yondosha olish
texnik modellashtirishga oid ishlarni bajara olish
turli materiallariga ishlov berish jarayonini bilish
karton bilan ishlay olish
o’zining va o’zgalarning mehnat faoliyatini baholay olish
uy-ro’zg’or ishlarini bajara olish
sodda konstruktorlik ishlarini bajarish
mahalliy va tabiiy materiallardan foydalana olish
gazlama, ip va tikuv asboblarini bilish
oddiy tikish ishlarini bajara olish
inson mehnatini va faoliyatini turlarini anglash
qishloq va shahar aholisi hayoti va mehnatini bilish
texnik modellashga oid sodda va yengil ishlarni bajara olish (o’g’il bolalar)
oddiy bichish-tikish ishlarini bajara olish ( qiz bolalar)
Bo`lajak boshlang`ich sinf mehnat o`qituvchilari kichik sinf o’quvchilarini qo’l mehnatiga o’rgatishning asosiy maqsadi, boshlang’ich mehnat elementlari bosqichlarini ya’ni bajariladigan ishlarning oddiy elementlari (qog’ozlarni buklash, qirqish, yelimlash, geometrik figuralarni yasash, applikatsiya ishlari)ni yasash bilan boshlaydilar.
Yaratilgan mehnat natijalari o’ziga va yon atrofdagilariga foydasi tegishini ko’rgan o’quvchi mehnatni asrab-avaylashga va mehnat kishilarining mehnat natijalarini ham hurmat-izzat qilishga o’rganadi.
Topshirilgan ishga ma’suliyat hissini va mehnatdagi intizomni tarbiyalash, o’qitishni ishlab chiqarish bilan birga olib borilishi salomatlik va yosh uchun foydali, jamiyat uchun kerakli mehnat izchilligini amalga oshiradi.
Boshlang’ich maktablarda mehnat ta’limi va tarbiyasining asosiy vazifalari o’quvchilarni mehnatga tayyorlash, o’qitish va umumta’lim maktablarining boshlang’ich sinflarida qo’l mehnatiga o’rgatish, kasblar to’g’risida ma’lumotlar berish, davlat ta’lim standartlari talabi bo’yicha tarbiyalash hamda o’quvchilarni kasb-hunar egasi bo’lib yetkazishda nazariy va amaliy bilim berishdan, mehnat madaniyatini shakllantirishdan tashkil topgan.
Mehnat madaniyatini tarkib topishi uchun darslarda doimo bo`lajak boshlang`ich sinf mehnat o`qituvchilari bolalarning e’tiborini asbob va materiallarni saqlash qoidasi hamda joylashtirish tartibiga, ish joyini to’g’ri jihozlashga, materiallardan tejamkorlik bilan foydalanish usullariga, ish harakatlarining me’yori va sifatiga, ish ko’rsatkichini ta’minlovchi tadbirlarga, ishlov berishda olinggan aniqlik va tozalikka rioya qilishga va nihoyat narsani chiroyli qilib bezashga talab qilib borish kerak.
Kerakli material va asboblari bilan yetarli ta’minlanmaganlik ham mehnat madaniyatini shakllanishiga salbiy ta’sir etadi. Ba’zan bo`lajak boshlang`ich sinf mehnat o`qituvchilari o’quvchilarning tayyorlanmaganliklari va uyushmaganliklari tufayli o’qituvchining ko’p vaqti bekorga sarf bo’ladi: biri qaychisini, ikkinchisi qog’ozini olib kelmasdan mashgulotlarga katnashish ish qilayotgan o’rtog’ini narsa so’rab chalg’itadi. Shuning uchun o’qituvchi dars boshlashdan oldin guruh sardorlari yordamida o’quvchilar o’rtasidagi o’zaro do’stona yordamga tayanib o’z vaqtida choralar ko’rish lozim. Biroq har qanday holatda ham bo`lajak boshlang`ich sinf mehnat o`qituvchilari o’quvchini uyga junatmaslik yoki jazo berish tartibida o’quvchini ishsiz qoldirmaslik kerak.
Mehnatni sharaflash mehnat ahlining qadr-qiymatini uning mashaqqati uchun astoydil kurashish, o’sib kamol topayotgan yosh avlodga ta’lim-tarbiya berish jarayonida mehnatga munosabatlarini shakllantirish zarur bo’lib, yosh avlod jamiyatimiz taraqqiyotida o’z bilimi: mehnat, kasb-hunarlari bilan hissa qo’shishlari pedagog tarbiyachilarning oldida turgan eng muhim vazifalardan biri hisoblana
Do'stlaringiz bilan baham: |