279
Mol-mulkni garovga olish ro‗yxat bo‗yicha, O‗zbekiston
Respublikasining ―Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish‖
haqidagi qonuniga muvofiq cheklovlarni hisobga olgan holda tanlab
olinadi.
Quyidagilarni garovga olish tavsiya etilmaydi:
korxona hududi ichida joylashgan va qurilishning bevosita qizil
chizig‗iga chiqish imkoni bo‗lmagan bino va inshootlar;
foydalanishga yaroqsiz bino va inshootlar, mustaqil baholovchi
tashkilot tomonidan eskirish darajasi 60 foizdan ko‗prog‗ini
tashkil
etilganligi belgilangan omonat imoratlar va obyektlar;
umumiy yer maydonida joylashgan va turli mulkdorlarga tegishli
bo‗lgan imoratlar;
kadastr hujjatlari to‗plami mavjud bo‗lmaganida qurilishi
tugatilmagan bino va inshootlar;
mustaqil baholovchi tashkilot tomonidan eskirish darajasi 60
foizdan ko‗prog‗ini tashkil etilganligi belgilangan mashina va uskunalar;
majmuaning umumiy texnologik zanjiridan mustaqil ravishda
foydalanish imkoniyatiga ega bo‗lmagan alohida uskuna;
garovga kirmagan boshqa binolar bilan umumiy konstruksiyaviy
unsurlarga ega inshootlar (masalan: asosiy bino bilan umumiy devorga
ega imorat);
o‗zining tarixiy, madaniy yoki boshqa qiymati tufayli, yoxud
boshqa sabablarga ko‗ra garovga qo‗yilishi,
davlat tasarrufidan
chiqarilishi, xususiylashtirilishi va qaytarib olinishi mumkin bo‗lmagan
mulk;
qonunchilikka
binoan
undirilishi
ta‘qiqlangan fuqarolar
mulkining alohida turi.
Muomaladagi tovarlar ko‗rinishida garov, shuningdek, yuridik
shaxslarning kafilligi va sug‗urta kompaniyalarining loyihalarni
ta‘minlash tizimidagi sug‗urta polislari ko‗rinishidagi ta‘minot kreditlar
va ularga tenglashtirilgan bitimlar ta‘minotining 30 foizidan oshmasligi
lozim.
280
Korxonalar
guruhi
1
bo‗yicha 700,0 milliard so‗mdan ortiq yillik
umumiy muomalaga ega korxonalarni qo‗llab-quvvatlash maqsadida,
muomaladagi tovarlar ko‗rinishida garovni, shuningdek, yuridik
shaxslarning kafilligi va sug‗urta kompaniyalarining kredit bitimlarini
ta‘minlash tizimidagi sug‗urta polislari ko‗rinishidagi ta‘minotni
kredit
summasidan eng ko‗pi bilan 60 foizini qabul qilishga yo‗l qo‗yiladi.
Bu jarayonda moliya muassasalaridan kredit olish maqsadida
garovga qo‗yiladigan ko‗chmas mulkni adolatli va sifatli baholash
muhim ahamiyat kasb etadi. Buning uchun O‗zbekiston Respublikasi
―Baholash faoliyati to‗g‗risida‖gi
q
onuniga, O‗zbekiston Respublikasi
Prezidentining 2006-yil 26-apreldagi PQ-335-sonli ―O‗zbekiston
Respublikasi Davlat mulki qo‗mitasi faoliyatini takomillashtirishga doir
chora-tadbirlar
to‗g‗risida‖gi
qaroriga
muvofiq
O‗zbekiston
Respublikasi Davlat mulkini boshqarish davlat qo‗mitasi o‗zining 2006-
yil 14-iyun 01/19-23-sonli qarori bilan O‗zbekiston Respublikasi Mulkni
baholash milliy standarti (5-son MBMS) ―Ssuda,
garov va qarz
majburiyatlarini ta‘minlash uchun baholash‖ni qabul qildi.
Ushbu Mulkni baholash milliy standarti ―Ssuda, garov va qarz
majburiyatlarini ta‘minlash uchun baholash‖ (MBMS №5) O‗zbekiston
Respublikasi ―Baholash faoliyati to‗g‗risida‖gi qonuni asosida ishlab
chiqilgan va O‗zbekiston Respublikasida baholash faoliyatini me‘yoriy
tartibga solishning elementi hisoblanadi.
MBMS №5 ning maqsadi – ssuda, garov va qarz majburiyatlarini
ta‘minlash uchun baholashlarning MBMS №4ga muvofiq o‗tkaziladigan
moliyaviy hisobot uchun baholashdan farqlashni belgilashdir. MBMS №
5 ishonchga asoslangan jismoniy shaxslarni va korxonalarni
kreditlashdan farqli ravishda, muayyan qayd etilgan aktivlar ta‘minoti
bilan moliyalashtirishni taqdim etadigan kredit muassasalari va boshqa
tashkilotlarning topshirig‗iga binoan Baholovchi mulkni baholashni
o‗tkazishi mumkin bo‗lgan chegaralarni belgilaydi.
Baholovchining
maslahatlari boshqa sohalarga ham taalluqli bo‗lishi mumkin, lekin
1
korxonalar guruhi – bitta xo‘jalik yurituvchi sub'еktni bеvosita yoki bilvosita mulkiynazorat qilishga asoslangan
munosabatlarga ega xo‘jalik yurituvchi sub'еktlar majmuidan iborat.
281
MBMS №5 faqat ssuda, garov va qarz majburiyatlarini ta‘minlash uchun
baholashga tegishlidir.
Ko‗pgiina moliyalashtirish to‗g‗risidagi bitimlar muayyan aktivlar
bilan ta‘minlanadi. Ssuda, garov yoki boshqa qarz majburiyati bo‗yicha
qabul qilinadigan ta‘minlashning tushunchasi kengroq ta‘riflanishi
mumkin. Ba‘zi holatlarda korxonaning o‗z kapitalining garovi, muayyan
aktivlar ko‗rib chiqilmagan holda ta‘minot sifatida yuzaga chiqishi
mumkin. Odatda, moliyalashtirish ta‘minoti sifatida muayyan aktivlarni
baholashda Baholovchi bozor qiymati bilan ish ko‗radi. Ba‘zan,
vaziyatga qarab, qonunchilikning qoidalariga va mulkni ta‘minot sifatida
qabul qilinadigan tomonning talablariga bog‗liq holda, Baholovchi
faoliyat yuritayotgan
korxonaning qiymatini, tugatish qiymatini yoki
qiymatning
boshqa
turlarini
ko‗rib chiqishi mumkin, lekin
moliyalashtirishni taqdim etadigan shaxslarni odatda bozor qiymati
qiziqtiradi.
Mulk obyektlari o‗zining joylashuviga, foydaliligiga, yoshiga,
yaroqlilik darajasiga va boshqa omillarga ko‗ra
farqlansa ham,
baholashning asosiy tamoyillari o‗zgarmas bo‗lib qoladi. Baholovchilar
obyektiv, tushunarli va foydalanuvchilarning ehtiyojlariga javob
beradigan baholashni amalga oshirib, MBMS №5 ning qo‗llash
sohasining doirasida baholashning tamoyillarini izchil qo‗llashi muhim
bo‗ladi.
Odatda, MBMS № 5 Baholovchilardan maslahatlarni berish yoki
kredit
muassasasiga
yoki
boshqa
qarz
kapitalining
yetkazib
beruvchilarga hisobot taqdim etish talab etilgan,
baholashning maqsadi
ssuda, garov yoki qarz majburiyatlari bilan bog‗liq bo‗lgan barcha
vaziyatlarda
qo‗llana oladi. MBMS №5ni MBMS №2ning
kengaytirilishi sifatida ko‗rib chiqish lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: