284
yuridik shaxs egaligidagi baholash
obyektining uni qiymatini
aniqlash sanasidagiga aynan identifikatsiya qilish imkonini beradigan
tavsifi, shuningdek, yuridik shaxsning rekvizitlari;
baholash standartlari;
baholash obyektini baholashdan o‗tkazish izchilligi va yakuniy
qiymati, shuningdek, olingan natijaning qo‗llanish chegaralari;
baholash obyektining qiymati aniqlangan sana (baholash sanasi);
baholovchi
tashkilot
foydalanadigan
hamda
baholash
obyektining miqdor va sifat xususiyatlarini
belgilaydigan hujjatlar
ro‗yxati;
garovga
qo‗yilayotgan
ko‗chmas
mulkning
obyektlar
qirqimidagi qiymati;
uskunaning unumdorlik ko‗rsatkichlari va sifati.
Baholash to‗g‗risidagi hisobotda baholash obyekti qiymatini
hisoblab chiqish usulini asoslash uchun zarur bo‗lgan boshqa
ma‘lumotlar ham ko‗rsatilishi mumkin.
Agar
baholash
obyektini
baholashdan
o‗tkazishda bozor
qiymatidan
farqlanuvchi
qiymat
aniqlangan
bo‗lsa, baholash
to‗g‗risidagi hisobotda bahoni aniqlash mezonlari va baholash
obyektining bozor qiymatini aniqlash
imkoniyatidan voz kechish
sabablari ko‗rsatilgan bo‗lishi kerak.
Baholash to‗g‗risidagi hisobotning har bir beti baholashni
o‗tkazgan baholovchi (baholovchilar) tomonidan imzolanadi, baholovchi
tashkilot rahbari tomonidan va ushbu tashkilot muhri bilan tasdiqlanadi.
Baholash to‗g‗risidagi hisobotning mazmuni mazkur hisobotdan
foydalanuvchilarni chalg‗itmasligi hamda ikki xil talqinga yo‗l
qo‗ymasligi kerak.
Baholash tashkilotida ro‗yxatdan o‗tkazilgan kundan boshlab 6
oydan ortiq muddatga ega mulklarning bozor qiymati to‗g‗risidagi
hisobotlarni qabul qilishga yo‗l qo‗yilmaydi.
Zarur
bo‗lgan holda, baholash to‗g‗risidagi
hisobotning
ishonchliligini tekshirish uchun mazkur hisobot qonun hujjatlarida
belgilangan tartibda boshqa baholovchi tashkilot tomonidan shartnoma
asosida ekspertizadan o‗tkazilishi mumkin.
285
Filial boshqaruvchisi va garov mulki bo‗yicha
mutaxassis garov
obyektining tanlanishi, likvidligi va garov bo‗yicha hujjatlarning to‗g‗ri
rasmiylashtirilishi uchun shaxsan javobgardir.
Ssuda, garov yoki qarz majburiyatlarini ta‘minlash uchun
o‗tkaziladigan baholashlar albatta moliyaviy hisobotni oshkoralashtirish
maqsadlari uchun o‗tkaziladigan baholashlar kabi,
xuddi shunday
shartlarga javob beravermaydi. Masalan, mavjud foydalanish uchun
Bozor qiymatining konsepsiyasi, odatda, aktivlarni ta‘minlash
maqsadlari uchun baholashga mos kelmaydi.
Shunga qaramay,
Baholovchi MBMS ning talablari qo‗llanishi mumkin hamda mumkin
emasligini aniqlashi kerak, agar shunday bo‗lsa, u ularning to‗g‗ri
qo‗llanishini kafolatlashi va tegishlicha izohlarni berishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: