31
regulyativ tashkilotlar (HP). Bunda regulyatorlar birgalikda mulk
bozorini muvozanatli tartiblashtirish asosida uning barqarorligi va
xavfsizligini ta‘minlaydi. Nodavlat regulyator
sifatida odatda mulk
bozori ishtirokchilarining o‗zini o‗zi muvofiqlashtiruvchi nodavlat
notijorat tashkilotlari tushuniladi.
Mazkur bozorlarning bir-biridan tuzilmaviy va mazmunan farqi
1.4.1-rasm va 1.4.2-rasm ko‗rinishida ifodalangan tuzilmaviy-
funksional chizmalarning shaklan va ularning
har biriga mos faoliyat
mexanizmidagi farqlar bilan izohlanadi. Bunday farq quyidagilar asosida
namoyon bo‗ladi. Odatda, avvalambor mulkning qiymati kapital qiymati
sifatida mulk qiymatini baholash xizmatlari bozorida o‗ziga xos
yondashuv va usullar asosida maxsus baholovchi firmalar tomonidan
xolisona va adolatli baholanib, keyin tovar sifatida MBda savdo-sotiq
obyekti
(tovar)
bo‗ladi
(ya‘ni
transformatsiyalanib
MBga
transferlanadi). Aynan MBda tovarning konyunkturasi (talab va taklif)ga
bog‗liq holda mulk obyektiv bozor narxiga ega bo‗ladi. Ya‘ni,
uning
qiymati xolis baholovchi firma tomonidan asosli hisoblab topilib
xolisona adolatli baholanadi va mulk qiymatini baholash xizmatlari
bozorida (MQBXB) uning joriy (muayyan bir vaqtdagi) start
(boshlang‗ich) bozor narxi bahosi sifatida baholovchilar va mulk egalari
tomonidan qabul qilinadi. Mazkur qiymat (boshlang‗ich narx)
bahosi
mulk bozoriga (MB) dastlabki (start) narx sifatida taklif etilib, uning
keyingi ma‘lum (muayyan) vaqtdagi obyektiv bozor narxi ushbu
MBning konyunkturasi asosida belgilanadi. Ya‘ni,
aynan MBda, u
obyektiv bozor narxiga ega boʽladi. Bunda mulk bozor qiymati omil
sifatida uning bozor narxiga ta‘sir ko‗rsatadi. Bir vaqtning o‗zida
mulkning bozor narxi omil sifatida uning bozor qiymatiga ta‘sir
koʽrsatadi. Ideal holda MBdagi talab va taklif (konyunktura) asosida
shakllangan mulkning bozor narxi va mazkur mulk qiymatining
baholovchi tomonidan bajarilgan hisob-kitoblar
asosida belgilangan
adolatli qiymati bahosi (ya‘ni MQBXBda qabul qilingan bozor qiymati)
bir-biriga tasodifan teng boʽlishi mumkin. Ammo, bunday tasodifan
ideal holat amaliyotda kamdan-kam vujudga keladi, agarda bu holat
vujudga
kelsa ham, turli omillar ta‘siri ostida bozor konyunkturasi
32
tezda ushbu muvozanat holatini buzadi. Aynan shunday tasodifan ideal
holat MQBXBda baholangan qiymat va MB narxi oʽrtasidagi ideal
ekvivalentlilik demakdir. Bunday ideal
holatdan boshqa holatlarda
ushbu bozorlardagi qiymat va narx tendensiyalari sinxron boʽlganligi
ularning bog‗liqligini mos ravishda mazmunan va miqdoran
farqlanuvchi lekin o‗xshash (ya‘ni analog, ekvivalent) substansiyalar
ekanligini bildiradi.
MQBXBda baholangan mulk qiymati MB narxiga va aksincha bu
narxni MQBXB qiymatiga transformatsiyalanib transferlanishi (1.4.3-
rasm), bunda har bir bozorning mazmun-mohiyatidan kelib chiqib,
ulardagi tendensiyalar omillar ta‘sirini o‗zida turlicha (o‗zgacha)
namoyon qilishi, ular orasidagi ekvivalentlilikni – ideal holatni
kamdan-
kam vujudga kelishiga sabab bo‗ladi.
1.4.3-rasm.
Do'stlaringiz bilan baham: