38
qoldiq qiymat;
garov qiymati.
Iste‟molchi qiymati
(mavjud foydalanishdagi qiymat) – mulkni
bozorga olib chiqish maqsadi bo‗lmagan, aniq mulkdor uchun shu
obyektning qiymatini aks ettiradi.
Tiklash qiymati
– baholanayotgan
obyektning aniq nusxasini
qurish uchun sarflanadigan joriy narxlardagi xarajatlar bilan aniqlanadi.
Bunda xuddi shunday arxitekturaviy yechimlardan foydalaniladi, xuddi
shunday qurilish konstruksiyalari va materiallari qo‗llaniladi, hattoki
qurilish-montaj ishlarining sifati ham bir xilda bo‗ladi; o‗xshash holda
baholanayotgan obyektning maʼnaviy
eskirishi va arxitekturaviy
yechimlarining kamchiliklari aks ettiriladi.
O„rindoshlik qiymati
– baholanayotgan obyektning foydaliligiga
ekvivalent ravishda foydalikka ega bo‗ladigan ko‗chmas mulk obyektini
qurish uchun sarflanadigan joriy narxlardagi xarajatlar bilan aniqlanadi,
ammo bunda u zamonaviy loyiha me‘yorlaridan, progressiv material va
konstruksiyalardan, hamda zamonaviy uskunalardan foydalangan holda
yangicha arxitekturaviy uslubda quriladi.
Shunday qilib, tiklash qiymati obyektning aniq nusxasini qurish
uchun sarflanadigan xarajatlarda, o‗rindoshlik qiymati esa –
funksional
analogni yaratish uchun sarflanadigan xarajatlarda ifodalanadi.
Investitsion qiymat –
keltirilgan investitsion maqsadlarda aniq
shaxs uchun daromad keltirish nuqtayi nazaridan aniqlanadigan
obyektning narxi. Investitsion qiymat investor tomonidan kutiladigan
daromadlar va kapitallashtirishning aniq stavkasidan kelib chiqib
hisoblanadi va u bozor qiymatidan yo yuqoriroq yoki pastroq bo‗lishi
mumkin. Bunday qiymat turi subyektiv xarakterga ega.
Mulkning sugʻurta qiymati
– tugatish (yoki buzilish) xavfi mavjud
bo‗lgan obyektning tiklash qiymati yoki o‗rindoshlik
qiymati asosida
hisoblanadi. Obyektning sug‗urta qiymati asosida sug‗urta summalari,
to‗lov va foizlari aniqlanadi.
Mulkning soliq solish qiymati –
bu, O‗zbekiston Respublikasi
qonunchiligiga muvofiq, eskirish darajasini hisobga oluvchi tiklash
qiymatiga asoslangan inventarizatsiya qiymatiga o‗xshash qiymat.
39
Rivojlanagan bozor iqtisodiyotiga asoslangan mamlakatlarda soliq solish
bozor qiymati bo‗yicha amalga oshiriladi.
Tugatish qiymati
– mulk obyekti analog obyektlarning odatiy
xizmat muddatiga nisbatan kamroq muddatda
begonalashtirish kerak
bo‗lgan va ko‗chmas mulk obyekti egasi uni tugatishi yoki majburiy
sotishi orqali olishi mumkin bo‗lgan, sof mablag‗ ahamiyatiga ega bo‗lib
qolgan holatda aniqlanadi.
Utilizatsiya qiymati
– mulkning egasi shu obyektni to‗liq tugatishi
orqali olishi mumkin bo‗lgan sof mablag‗ (summa)ni ifodalaydi.
Mulkning birlamchi qiymati –
obyektdan foydalanishni boshlagan
paytdagi uni sotib olish yoki qurish uchun sarflangan haqiqiy xarajatlar.
Mulkning qoldiq qiymati –
obyektning eskirishni hisobga olgan
holdagi qiymati.
Garov qiymati –
kreditni ta‘minlash maqsadidagi qiymat.
Baholash sanasi baholash maqsadlaridan kelib chiqib belgilanadi
va
qoida tariqasida, baholovchi tomonidan baholash obyektini ko‗zdan
kechirish sanasiga muvofiq bo‗ladi. Baholovchi baholash sanasidagina
mavjud bo‗lgan holatlarni va baholash sanasiga qadar yuz bergan
voqealarni e‘tiborga olishi lozim.
Mulkiy kompleks sifatida korxona, yer uchastkasiga:
shu yer uchastkasida joylashgan va tegishli bo‗lgan, binolar
(qurilma) yoki binolar gruppasi;
ko‗p yillik ko‗chatlar, suv havzalari;
yer uchastkasini infrastruktura obyektlariga ulash uchun
mo‗ljallangan muhandislik qurilmalari;
yer uchastkasi hududini obodonlashtiruvchi statsionar
qurilmalar;
shu obyektga tegishli bo‗lgan, lekin yer uchastkasi hududida
joylashmagan ta‘minlash elementlari kiradi.
Demak, baholash obyekti deganda, birinchidan,
mulk majmuasi
sifatidagi korxona, ikkinchidan, ularning tarkibiy qismi bo‗lgan yer
uchastkalari tushuniladi va ularga:
mazkur uchastkada joylashgan bino (inshoot) yoki bir guruh
binolar, mazkur uchastkaga oid bo‗lgan yerosti inshootlari;
40
cheklangan suv obyektlari, ko‗p yillik o‗simliklar;
yer maydoni va uning ustida joylashgan bino (inshootlarni)
kvartal yoki shahar infratuzilmasiga bog‗lanishini amalga oshiruvchi
injener qurilmalar va tarmoqlar kiradi. Kvartal yoki shahar
mulkdorlarning birgalikda ishlatayotgan injener infratuzilmasi obyektida
joylashgan
ulushi ham kiradi;
uchastka hududini obodonlashtirish statsionar inshootlari;
mazkur mulk obyektiga taalluqli, ammo unga tegishli yer
uchastkalarining tashqarisida joylashgan xo‗jalik, transport va injener
ta‘minoti elementlari;
yuqorida sanab o‗tilgan ko‗chmas mulkning komponentlari bilan
ajralmas konstruktiv yoki funksional yaxlitlikni tashkil etgan boshqa
obyektlar kiradi.
Agar
havo va dengiz kemalari, ichki daryolarda suzayotgan
kemalar,
kosmik
obyektlar
baholanadigan
korxonaning
mulk
majmuasiga kirmasa va davlat registratsiyasidan o‗tishi lozim bo‗lsa
bunday ko‗chmas mulk baholash obyekti bo‗lolmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: