O‗zbekiston respublikasi oliy va o‗rta maxsus ta‘lim vazirligi toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika instituti



Download 0,74 Mb.
bet62/138
Sana29.01.2022
Hajmi0,74 Mb.
#416229
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   138
Bog'liq
maruza-конвертирован

MINERAL TUZLAR VA VITAMINLAR


Dars rejasi

  1. Suv vamineral moddalar almashinuvi.

  2. Vitaminlar tug‗risida umumiy tushuncha

  3. Vitaminlar klassifikatsiyasi.

  4. Yog‗da eruvchi vitaminlar.

  5. Alimentar va ikkilamchi avitaminozlar, gipovitaminozlar.

  6. Antivitaminlar.

Tayanch iboralar: Vitaminlar, suvda eruvchi; Bb B2, B?, B4, B5, B6, B,2, B15, H, inozit, folat kislotasi, pantoten kislotasi. pp, S, R va b) yog‘da eruvchi; A, D, E, K.
Suv va mineral m oddalar almashinuvi. Katta yoshdagi odamlar organizmdagi suv tana vaznining 75 % ini tashkil qiladi. Organizmdagi suv muvozanati iste‘mol qilingan va organizmdan chiqarib yuboriigan suvlar miqdori tengligi bilan ta‘minlanadi. Bir sutkada suvga bo‗lgan ehtiyoj 1 kg tana vazniga nisbatan olinganda 21-43 ml/kg (o‗rtacha 2400 ml) ga teng bo‗lib, ichilgan (o ‗rtacha 1200 ml), ovqat tarkibida tushgan (o‗rtacha 900 ml) va modda almashinuvi natijasida hosil bo‗lgan (endogen suv 300 ml) suvlar hisobiga qoplanadi. Xuddi shuncha miqdordagi shuncha suv - siydik (1400 ml), kal (100 ml) tarkibida va tana yuzasidan hamda nafas yo'llaridan (900 ml) bug‗lanish hisobiga organizmdan chiqarib yuboriladi. Suvga bo'Igan ehtiyoj ovqatlanish tarziga bog'liq. Asosan karbonsuv va yog‗ moddalari bilan ozuqalanib, NaCI ni kam iste‘mol qilinsa suvga bo‗lgan ehtiyoj katta bo‗lmaydi. Oqsilga boy moddalar bilan ovqatlanganda va tuzni ko‗p iste‘mol qilganda suvga bo‗lgan ehtiyoj ortadi, chunki suv osmotik faol moddalami (mochevina va mineral ionlar) ekskresiya qilish uchun zarurdir. Organizmga suvning kam tushishi yoki uni ko‗p miqdorda chiqarib yuborilishi degidratatsiyaga olib keladi va bu holat qonning quyuqlanishi natijasida gemodinamikaning buzilishiga sabab bo‗ladi.
Organizmda suv va mineral ionlari almashinuvi bir-biriga bog‗liq bo‗lib, hujayra ichi va tashida osmotik bosimning nisbiy doimiyligini saqlash uchun zarur. Hujayra ichida va ta s h q a r is id a N a+, K+, CaJ+ v a b o sh qa ionlarn in gionlarning konsentratsiyasi m a‘lum darajada bo‗lgandagina fiziologik jarayonlar qolzg‗alish, qo'zg'alishning sinaptik uzatilishi, muskullar qisqarishi) amalga oshirilishi mumkin. Bu ionlar barchalari ovqat tarkibida organizmga tushishi zarur.
Suv odam organizmining barcha hujayra va tо‗qimalarining tarkibiy qismiga kiradi. Har bir tо‗qimaning fiziologik hossasiga kura, uning tarkibidagi suv miqdori turlicha bо‗ladi. Jumladan qonning 92% ,miya tо‗qimasining 84% ,tana muskullarining 70%, suyaklarning 22% suvdan iborat. Katta yoshdagi odamlar tanasining 50-60%ni suv tashkil qiladi yoshlarning tanasida esa miqdor bundan kuproq bо‗ladi. Masalan, chaqalokqni tana massasining 80% ni suv tashkil etadi. Suv erituvchanlik hossasiga ega. Organizmdagi barcha kimyoviy moddalarning aksariyat qismi qon plazmasidagi, hujayralarning porotoplazmasidagi suvda erigan holda bо‗ladi. Shuning uchun suv moddalar almashinuvida muhim rol о‗ynaydi. Agar odam mutlaqo ovqatlanmasa, lekin suvni meyorida istemol kilsa 40-45 kungacha ya‘ni uning tana massasi 40% kamayguncha yashashi mumkin, Aksincha, ovqat meyorida bо‗lib suv iste‘mol kilinmasa tana massasi 20-22% kamaysa bir xaftagacha yetar yetmas xalok bо‗lishi mumkin.
Mineral tuzlar odam tanasining barcha hujayra va tо‗qimalar tarkibida bо‗ladi. Ular makro va mikro elementlarga bulinadi. Makro elementlarga Na, S1, Sa, K R, Re kabilar kiradi. Bular qon hujayrasi ayniksa suyaklar tarkibida kup miqdorda bо‗ladi. Mikro elementlarga Mi, So, Si, Aye, kabilar kiradi. Bular qon hujayra va suyaklar tarkibida oz miqdorda bо‗ladi. Mineral tuzlar moddalar almashinuvida ayniksa hujayralarning kо‗zatish. jarayonida muhim rol о‗ynaydi. Sa va K ionlari hujayralarda biologik tok hosil bо‗lishda muhim ahamiyatga ega va S1 qon tarkibida 0,9% li fiziologik eritma xolida bо‗lib, qonning osmotik bosimi doimiyligini ta‘minlaydi. Sa va R tuzlari suyak tarkibida kup bо‗ladi. Ular suyaklarning qattiqligini va mustahkamligini ta‘minlaydi. Bundan tashqari, Sa nerv va muskullar qо‗zgaluvchanligini muvozanlashtirib turadi. Organizmda Sa kamaysa nerv va muskullarning qо‗zg‗aluvchanligi kuchayadi. Bu tana muskullarining tirishishiga sabab bо‗ladi. Fe moddalari qizil qon tanachalarining tarkibiga kiradi. U kislorodni biriktirib olib, hujayralarda gazlar almashinuvida va moddalarning oksidlanishi jarayonida ishtirok etadi. U kalqonsimon bez ishlab chiqaradigan tiroksin garmoninint tarkibiga kiradi. Agar organizmda
Vitaminlar yoki odamlar va hayvonlar oziqlanishi uchun zarur bo‘lgan organik birikmalar guruhidir. Hozirda 50-dan ortiq vitaminlar mavjudligi aniqlangan.
Malumki. moddalar almashinuvining boshqarilishi uchun, juda kam miqdordagi vitaminlar talab etiladi, lekin ular hech qanday energetik ahamiyatga ega emas. Ularning ham organizmdagi roli xuddi fermentlar va garmonlardagidek, bunday deyilishga asosiy sabab juda ko‘plab vitaminlar fermentlar tarkibiga kiradi.
Vitaminlarsiz hayotning boiishi mumkin emas, shu sababli ularning tinimsiz ravishda organizmga tushib turishi zarur va ular u yerda juda tez parchalanadi.
Vitaminlarning asosiy manbai - eng awalo o‘simliklar dunyosi ozuqalari hisoblanadi, lekin ular baliqlar va gopshtli mahsulotlarda, sut, tuxumlarda ham mavjuddir.
Iste‘mol qilinayotgan ovqatlar tarkibida vitaminlar bo‘lmaganida organizmda funksiyalarning buzilishi va kasalliklar yuzaga keladi va ular azitaminozlar deb ataladi. Singa, raxit, juda ko‘plab asablarning yalligp-lanishi, qon quyilishi. o‘sishning to‘xtashi va hakazolar avitaminozlar tufayli yuzaga keladi.
Oziqlar tarkibidagi vitaminlar yetarlicha bo‘lmaganida yoki ularning miqdori mutadil holda bo‘lganida ham organizmning vitaminga bo‘lgan talabi ortganida gipovitaminoz yuzaga keladi, bunday hollarda organizmning ish qobiliyati pasayib ketadi va kasalliklarga chalinishga moyil bo‘lib qoladi.
Ayrim vitaminlar noqulay omillar ta‘sirida juda tez parchalanib ketadi, shu sababli, organizm ularga taqchillik sezishi mumkin va bunday holatlarni vitaminlarga boy ovqatlar saqlanish va tayyorlanish paytlarda vitaminlari parchalanib ketgan hollarda ham kuzatish mumkin.
Vitaminlar ikki guruhga bo‘linadi; a) suvda eruvchi; Bb B2, B?, B4, B5, B6, B,2, B15, H, inozit, folat kislotasi, pantoten kislotasi. pp, S, R va b) yog‘da eruvchi; A, D, E, K.
Vitaminlar inson va hayvonlar uchun zarur bo‗lgan organik birikmalar bo‗lib, organizmda yetarlicha sintez qilinmaydi yoki umuman hosil qilinmaydi. Demak, ular organizmga ovqat ichida yoki qo‗shimcha shaklidamuntazam kelib tushishi shart. Bizningovqatlanish meyorimizda ular turli-tuman miqdorda, vitaminlar yoki provitaminlar degan nomi bilan ma‘lum bo‗lgan vitamindan avvalgi moddalar shaklida mavjud bo‗ladi, ular organizmda vitaminlarga aylanishi mumkin. Provitaminning eng mashhur misoli _-karotin hisoblanadi, u provitamin A sifatida ma‘lum. Boshqa tomondan, vitamin D3 metabolizmning oraliq mahsuloti bo‗lgan provitamin 7-degidroxolesteroldan, quyosh nurining teriga ta‘sir etishi oqibatida sintez qilinishi mumkin.
Vitaminlar energiyani ishlab chiqarishda yoki tananing tuzilishida muhim o‗rin tutmaydi, lekin ular asosan rag‗batlantiruvchi yoki rostlovchi funksiyani bajaradi.Ularning eruvchanligi darajasiga ko‗ra, vitaminlar quyidagilarga bo‗linadi:

  • yog‗da eruvchan vitaminlar: vitamin A (retinol va boshqalar), vitamin D (ergokalsiferol, vitamin D2 yoki xolekalsiferol, yoki vitamin D3), vitamin Ye (α- tokoferol va boshqalar) va vitamin K (Fitonadion yoki vitamin K1, va menaxinon yoki vitamin K2).

  • suvda eruvchan vitaminlar: vitamin S (askorbin kislotasi), vitamin V1 (tiamin), vitamin V2 (riboflavin), niatsin (nikotin kislotasi), pantoten kislotasi, vitamin V6 (piridoksin va boshqalar), foliy kislotasi, vitamin B12 (sianokobalamin va boshqalar), inozit, va biotin. Inozitol (lesitin komponenti) ba‘zan V guruhi vitaminlariga kiritiladi, hatto agar u organizmda ovqatlanish meyoridagi miqdordan ancha ko‗proq miqdorda sintezlanadigan bo‗lsa ham.

Download 0,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   138




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish