O‗zbekiston respublikasi oliy va o‗rta maxsus ta‘lim vazirligi toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika instituti



Download 0,74 Mb.
bet58/138
Sana29.01.2022
Hajmi0,74 Mb.
#416229
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   138
Bog'liq
maruza-конвертирован

Modda almashinuvi mohiyati.


Moddalar almashinuvi - tiriklik uchun zarur bо‗lgan oziq moddalarning organizmga kirishi va ular sarflangandan keyin hosil bо‗lgan mahsulotlarning yana tashqi muhitga chiqarilishidan iborat. Moddalar almashinuvining organizm hayotidagi rolini daslab I.M. Sechenov organizmdagi barcha tiriklik protseslarni bog‗lab turadigan elementlar- ovqat, suv va havodagi kisloroddan iborat ekanligini kо‗rsatgan. Ovqat tarkibidagi kimyoviy mexanik termik о‗zgarishi natijasida ulardagi potensial energiya issikliq mexanik va elektr energiyasiga aylanadi. Hosil bо‗lgan energiya hisobiga tо‗qimalar va organlar ish bajaradi, hujayralar kо‗payadi.ularning eskirgan tarkibiy qismlari yangilandi, yosh organizmlar о‗sadi va rivojlanadi. Ana shu energiya hisobi odam-tana haroratining doimiyligini ta‘minlaydi. Demak moddalar va energiya almashinuvi bir- biriga chambarchas bog‗liq. Tirik organizmda moddalar va energiya almashinuvi uzluksiz davom etib turadi, ya‘ni moddalar va energiya almashinuvi tirik organizmning yashash belgisi hisoblanadi. Moddalar almashinuvi bir- biriga chambarchas bog‗liq bо‗lgan holda ikki ya‘ni assimilyatsiya va dissimilyatsiya jarayonida о‗tadi. Bularni anabolizm va katabolizm deb ham aytiladi. Ovqat moddalari tarkibiy qismlarining hujayralarga о‗tishi assimilyatsiya yoki anabolizm deyiladi.Bu jarayon natijasida hujayralarning tarkibiy qismlari yangilanadi ular kо‗payadi.


Tirik organizmdagi har qanday jarayonlar energiya ajralishi bilan kechadi. Energiya ajralishi organizmning ish bajara olishidan dalolat beradi. Energiyalarning xossalarini va tizimda ulamingo'zgarishini fizikaning maxsus bo‗limi termodinamika o ‗rganadi. Atrof muhitdan shartli ravishda ajratib olingan mavjudotlar majmuyi termodinamik tizim deyiladi. Termodinamik tizimni alohida, yopiq va ochiq turlarga bo‗ladilar. Alohida yoki ajratib olingan tizimga kiruvchilaming energiya va massasi o‗zgarmaydi, ular atrof-muhit bilan modda va energiya almashmaydilar. Yopiq tizimda atrof-muhit bilan energiya
almashadilar, lekin modda almashmaydilar, shuning uchun ulaming massasi doimiy o ‗zgarmas holda bo‗ladi. Ochiq tizimda esa atrof-muhit bilan ham modda, ham energiyasi almashinuvi sodir etiladi. Termodinamika nuqtayi nazaridan tirik organizmlar ochiq termodinamik tizimga kiradilar, chunki ular hayoti davomida tashqi muhit bilan tinimsiz modda va energiya almashinuvida bo‗ladilar.Termodinamikaning birinchi qonuniga asosan energiya bir turdan ikkinchi turga aylanishi mumkin, lekin yo‗qolmaydi. Termodinamikaning ikkinchi qonuniga muvofiq energiyaning barcha turi oxirida issiqlik energiyasiga aylanadi va materiya tarkibtda tartibsizlik vujudga keladi. Tizimning tartibsizlik darajasi entropiya deb ataladi. Bu qonunga asosan, yopiq tizim ichida entropiya ortib beradi va foydali energiya (ya‘ni ish bajarishda foydalaniladigan energiya) kamayib boradi. Entropiyaning ortishi kimyoviy energiyani issiqlik energiyasiga aylanishiga olib keladi, natijada tirik organizm tarkibiy va funksional holatini tutib turish uchun yangi energiya manbayi ovqat iste'mol qilishi zarur boladi. Modda va energiya almashinuvi tirik organizmda modda va energiya o‗zgarishini organizm va tashqi muhit o ‗rtasida modda va energiya almashinuvini ta‘minlovchi fizik-kimyoviy va fiziologik jarayonlar majmuyidir. Tirik organizmdagi modda almashinuvi tashqi muhitdan har xil moddalaming tashishi, o ‗zgarishi, ularning hayot faoliyati uchun ishlatish va hosil bo'lgan chiqindi moddalami tashqariga chiqarib yuborishdan iborat.
Organizm qancha yosh bо‗lsa unda assimlyatsiya jarayoii shuncha aktiv о‗tadi. Bu esa yosh organizmiing va rivojlanishini ta‘minlaydi. Ovqat moddalrining ma‘lum qismi assimlyatsiya jaryoni natijasida hujayralarning eskirgan qismlari yaangilanishi yangi hujayralar hosil bо‗lishi, hamda zapas holda tо‗qimalarda saqlanadigan energiya beruvchi moddalar - glikogen, ATF, KF sintez qilinishi uchun sarflanadi. Hujayralar eskirgan tarkibiy qismlarining parchalanishi dissimlyatsiya yoki katabolizm. Buning natijasida energiya hosil bо‗ladi va bu energiya assimlyatsiya jarayoni uchun sarflanadi. Dissimlyatsiya jarayeni natijasida hosil bо‗lgan qoldiklar moddalar ayrish organlari orqali tashqariga chiqarladi.
Ovqat moddalari tarkibiga oqsillar, yog‗lar, uglevoddar, tuzlar, sut va vitaminlar kiradi.

    1. Download 0,74 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   138




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish