O‗zbekiston respublikasi oliy va o‗rta maxsus ta‘lim vazirligi toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika instituti



Download 0,74 Mb.
bet102/138
Sana29.01.2022
Hajmi0,74 Mb.
#416229
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   138
Bog'liq
maruza-конвертирован

Katta yarim sharlarni olib tashlash va uning oqibatlari. XIX asrning birinchi choragidayoq Flurans qushlar bosh miyasining katta yarim sharlarini birinchi marta olib tashlagan (ekstirpatsiya qilgan). Keyinchalik ko‗pgina tadqiqotchilar sutemizuvchi hayvonlarning katta yarim sharlarini yoki ulaning po‗stlog‗ini olib tashlashdi.
Katta yarim sharlarni yoki ularning po‗stlog'ini olib tashlash tajribalari operatsiyadan keyin hayvonning qaysi funktsiyalardan mahrum bo`lishini va qaysi funktsiyalari saqlanib qolishini bilish maqsadida qilinadi.
Katta yarim sharlar po‗stlog‗idan mahrum qilingan itlarda jinsiy instinkt juda susayadi. Uyqu va tiyraklik normal ravishda almashinadi; it uzoqroq uxlaydi.
Sensor funktsiyalar keskin darajada buziladi. It operatsiyadan keyin ko‗r va qisman karga o'xshab qoladi. To‗siqlarga kelib uriladi, egasini tanimaydi, laqabini aytib chaqirilganda indamaydi, oldiga ovqat qo‗yilsa yaqin kelmaydi, hidning farqiga bormaydi; terning kuchsiz ta‘sirlanishiga javoban ro‗y beradigan reaktsiyalar susayadi. Shu bilan birga, katta yarim sharlar po‗stlog‗i olib tashlangach, itning ba‘zi ko‗ruv va eshituv sezgilari saqlanib qoladi. Masalan,, boshiga juda ravshan yorug‗lik tushirilsa, boshini bura oladi; qorachiq refleksi qayd qilinadi. Katta yarim sharlar po'stlog'i olib tashlangach ta‘m bilish sezgilari saqlanib turadi: ovqatga birorta achchiq narsa qo‘shilsa, hayvon ovqatni tuflab tashlab, tumshug‗ini burishtiradi.
Katta yarim sharlar po‗stlog‗idan mahrum qilingan it umrini cho‗zish uchun tajribator itning og‗ziga ovqat solib va suv quyib, uni sun‘iy yo‗l bilan boqib turadi. G.P.Zeleniyning tajribalariga qaraganda, operatsiya qilingan it ovqat yutganda me‘da shirasining normal relektor sekretsiyasi yuzaga chiqadi.
Bosh miya katta yarim sharlari po‗stlog‗idan mahrum bo'lib tug'ilgan bolalar (anensefallar)da hulq-atvor chuqur o‗zgaradi. Anensefallar odatda atigi bir necha kun yashaydi. Lekin 1913-yilda bir anensefal bolaning 3 yil-u 9 oy yashagani aniqlanadi. Shu bola jasadi yorib ko'rilganda katta yarim sharlar po‗stlog‗ida ikkita yupqa devorli pufak topilgan; markaziy nerv tizimining pastki bo‗limlarida o‗tkazuvchi peramidal yo‗llar bo‗lmagan; ko‗ruv do‗mboqlari chala taraqqiy etgan; miyacha, to‗rt tepalik va oraliq miya o‗zgarmagan. Anensefal bola hayotining birinchi yilida tinmay uxlagan. Onasi emizganda yoki og‗ziga so‗rg‗ich solganda to‗g‗ri so‗rish harakatlarini bajargan. Tovush yoki yorug‗likka javoban hech qanday
ongli reaktsiya ko'rsatmagan, ammo ba‘zi reflektor harakatlar qayd qilingan: masalan,, ko‘zga ravshan yorug`lik tushirilganda qovoqlari yumilgan.
Hayvonlaning har xil turlarida bosh miya katta yarim sharlari yoki ularning po‗stlog‗ini olib tashlash natijalari shundan guvohlik beradiki, markaziy nerv sistemasining oliy bo'limlari filogenetik taraqqiyot jarayonida tobora ko‗proq ahamiyat kasb etib boradi. Katta yarim sharlar po‗stlog‗i boshqa nerv tuzilmalaridan ancha ustun bo‗lib, tobora katta ahamiyatga ega bo‗ladi. Bosh miya katta yarim sharlarini yoki ulaning po‗stlog‗ini olib tashlashdan keyin tuban darajadagi hayvonlarga nisbatan yuksak darajadagi hayvonlarda keskin va chuqur o'zgarishlar ro‗y berishi shuni ko‗rsatadi. Buning sababi shuki, murakkab nerv funktsiyalari markaziy nerv sistemasining kechroq rivojlanadigan oliy bo‘limi - katta yarim sharlar po‗stlog‗iga ko'chib o'tgan ya‘ni funksivalar kortikalizatsiyasi ro‗y bergan.
Odamning katta yarim sharlar po‗stlog‗i shikastlanganda, ayniqsa katta o'zgarishlar ro‗y beradi. Odamning gavdasini tikka tutishi va mehnat faoliyati bilan bog'langan murakkab harakatlarni yuzaga chiqarishi uchun nerv jarayonlarining bosh miya katta yarim sharlar po‗stlog‗iga bog'liq bo'lgan g'oyat mukammal koordinatsiyasi talab qilinadi. Taraqqiyot jarayonida katta yarim sharlar po„stlog„i harakat sferasini ko'ndalang- targ'il muskullari, shuningdek, vegetativ jarayonlarni nazorat qiladigan bo‗lib qoladi.

Download 0,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   138




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish