O‗zbekiston respublikasi oliy va o‗rta maxsus ta‘lim vazirligi toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika instituti



Download 0,74 Mb.
bet105/138
Sana29.01.2022
Hajmi0,74 Mb.
#416229
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   138
Bog'liq
maruza-конвертирован

Katta yarim sharlar po „stlog „idagi elektr hodisalar. Katta yarim sharlar po‗stlog‗ining yuzasiga yoki bosh terisiga ikkita elektrod qo'yib, kuchaytirgichga ulansa, elektr potensiallaning shaklli amplitudasi va chastotasi turlicha bo'lgan uzluksiz tebranishlarini qayd qilsa bo'ladi. Bu tebranishlar yozuvi elektroensefalogramma deb tekshirish usulining o‗zi esa elektroensefalografiya (encephalon-miya so'zidan) deb ataladi. Elektroensefalogrammani V.V.Pravdich Neminskiy 1913- yilda turli galvanometr yordamida birinchi marta hayvonlarda qayd qilgan. Keyinchalik G. Berger elektron kuchaytirgich texnikasini tadbiq etib, odamning shikastlanmagan bosh terisi orqali elektroensefalogramma olish mumkinligini ko‗rsatib berdi. Bu usul o‗sha vaqtdan buyon tajribalarda va klinik tadqiqotlarda keng rasm bo‗ldi.
Miyachaning chuvalchang qismi olib tashlansa, Deyters yadrosi tormozlanmay qoladi. Bu esa muskullar tonusining oshishiga va rigidlikka olib keladi. Chuvalchangni elektr toki bilan ta‘sirlash yozuvchi muskullar tonusini pasaytiradi. Miyacha po‘stlog‘ining oraliq zonasi katta yarim sharlarning harakatlantiruvchi sohalaridan maqsadga erishishga qaratilgan harakatlar to‘g‘risida ma‘lumot oladi. Bu ma‘lumotni orqa miyadan miyachaga kelgan tayanch-harakat apparatining holati to‘grisidagi axborot bilan taqqoslab, maqsadga erishishga qaratilgan harakatni boshqarishda ishtirok etadi. Miyachaning chuvalchang qismi olib tashlansa, Deyters yadrosi tormozlanmay qoladi. Bu esa muskullar tonusining oshishiga va rigidlikka olib keladi. Chuvalchangni elektr toki bilan ta‘sirlash yozuvchi muskullar tonusini pasaytiradi. Miyacha po‘stlog‘ining oraliq zonasi katta yarim sharlarning
harakatlantiruvchi sohalaridan maqsadga erishishga qaratilgan harakatlar to‘g‘risida ma‘lumot oladi. Bu ma‘lumotni orqa miyadan miyachaga kelgan tayanch-harakat apparatining holati to‘grisidagi axborot bilan taqqoslab, maqsadga erishishga qaratilgan harakatni boshqarishda ishtirok etadi. Yarim sharlar po‗stlog‗i va po‗stloq ostidagi tuzilmalarning turli qismlarida elektr potensiallarining tebranishlari o‗rtasidagi o‗zaro munosabatlar elektroensefalografiya usuli bilan o‗rganiladi. Buning uchun ko‗p kanalli elektroensefaloraflar ishlatiladi, bu asboblar miyaning 4 dan 32 tagacha nuqtasidagi elektr faolligini bir yo‗la qayd qilishga imkon beradi. M.N.Livanov va V.M.Ananev taklif etgan elektroensefaloskopiya usuli bu jihatdan yanada katta imkoniyatlar ochib beradi. Ular yasagan asbob-elektroensefaloskop yarim sharlar po‗stlog‗ining 50ta va hatto l00ta bo‗lagidagi elektr faolligini yorib va ravshanligini uzluksiz o'zgartirib turadigan nuqtalar shaklida qayd qiladi. Shu nuqtalarning hammasidagi potensiallar tebranishi o‗rtasida mavjud munosabatlrni analiz qilish uchun elektron hisoblash mashinalaridan foydalaniladi.
Chap yarim sharning funktsional qismlari
Narkoz. Narkozda elektroensefalogramma harakterli ravishda o‗zgaradi. Bu o‗zgarishlar beriladigan narkotik moddaning turiga qarab farq qiladi. Efir bug'lari nafasga olinganda yarim sharlar po'stlog'idagi ritmlar ancha tezlashadi, beta-ritm paydo bo'ladi. Harakat va nutqning qo'zg'alishi narkozning fazasiga to'g'ri keladi. Narkoz chuqurlashgan sayin beta-ritm teta-ritm bilan almashinadi, so'ngra «sukut» davrlari kelib chiqadi, ya‘ni elektr tebranishlari qisqa vaqt yo'qolib turadi. Natijada efir bug'lari ta‘sir etaverganda, elektr faolligi batamom susayadi. Narkozdan chiqish davrida elektroensefalogramma teskari tartibda o'zgaradi.
Gipoksiya. Nafas olishning to'xtashi yoki sof azotni nafasga olish sababli kelib chiqadigan gipoksiyada ham elektroensefalogramma harakterli ravishda o'zgaradi. Gipoksiyaning dastlabki davrida alfa-ritm o'rniga sekundiga 15-40 tebranishlar chastotasiga ega bo'lgan beta-ritm paydo bo'ladi. Beta-ritm so'ngra delta-to'lqinlar bilan almashadi. Odamda delta- to'lqinlarining paydo bo'lishi es-hushning yo'qolishi bilan bir vaqtga to'g'ri keladi. Gipoksiya davom etaversa, yarim sharlar po'stlog' idagi elektr faolligining qayd qilinishi to'xtab qoladi. Bordi-yu shu paytyana kislarod berilsa, elektroensefalogramma teskari tartibda o'zgaradi.
Katta yarim sharlar po'stlog'ining assotsiativ sohalari. Yuzaga chiqarilgan potensiallarni qayd qilish shuni koisatdiki, afferent impulslar talamus yadrolaridan sesor sohalargagina emas, balki shu bilan bir vaqtda yondosh sohalarga ham kiradi. Katta yarim sharlar po‗stlog‗ining shu sohalari assotsiativsohalar deb ataladi (ularyuqorida ko‘zdan kechirilgan birlamchi sensor sohalardan farq qilinib, ikkilamchi sensor sohalar deb ham ataladi).
Assotsiativ sohalar sensor sohalarning chekkasi bo‗ylab joylashadi va ulardan hamma tomonga 1-5 sm chamasida yoyiladi.
Assotsiativ sohalardagi hujayralarning muhim xususiyati shuki, ular turli reseptorlaning periferik ta‘sirlariga reaksiya ko‗rsata oladi. Masalan, mushukning ikkilamchi eshituv sohasida shunday qismlar topilganki, ularda tovush ta‘sir etgandagina emas, yorugiik ta'sir etganda yoki teriga elektr toki ta‘sir etganda ham yuzaga chiqarilgan potensiallar paydo bo‘ladi. Har xil reseptor sistemalaridan
impuls olib keluvchi afferent yoylar ikkilamchi sensor sohalarning po‘stloqdagi hujayralarida konvergensiyalanishi shundan guvohlik beradi.
Assotsiativ sohalarni olib tashlash natijasida sezuvchanlikning shu turi yo‘qolmaydi, lekin ayni vaqtda ko‗pincha ta‘sirning ahamiyatini to‗g‗ri baholash qobiliyati buziladi. Masalan, odamda ikkilamchi ko‗ruv sohasi hisoblanadigan 18 va 19-maydonlar (Brodman boyicha) yemirilganda bemor hech qachon ko'r bo‘lib qolmaydi, ammo ko'rgan narsasini baholash qobiliyatidan mahrum bo'lib qoladi. Shu jumladan, bemor o‗qiyotganda so‗zlaning ma‘nosiga tushunmaydi.
Yarim sharlar po‗stlog‗ining chakka sohasidagi ikkilamchi eshituv sohasi yemirilsa, bemor ko'pincha eshitgan so‗zlarining ma‘nosini tushunmaydigan bo ‗lib qoladi.
Bu faktlarning hammasi shuni ko‗rsatadiki, katta yarim sharlar po‗stlog‗ida ta‘sirlarni analiz va sintez qilish jarayonlarida assotsiativ sohalar muhim ahamiyat kasb etadi. Evolyutsion taraqqiyot jarayonida katta yarim sharlar po'stlog'idagi assotsiativ sohalarning egallagan maydoni tobora ortib borganligi va odamda eng katta miqdorga yetganligi ham shundan guvohlik beradi.
Odamda assotsiativ sohalarning sensor sohalardan farq qiladigan muhim xususiyati shuki, ular yemirilganda muayyan funksiyalar faqat qisqa vaqt buziladi. Yarim sharlar po‗stlog‗ining qolgan qismlari keyinchalik yemirilgan assotsiativ sohalar funksiyasini o‗z zimmasiga oladi va shikastlanish kompensatsiyalanadi.
Likvor. Miyaning ichida va pardalari ostida likvor yoki bosh miya bilan orqa miya o'rtasidagi suyuqlik bilan to'lgan katta kamgaklar bor. Likvor miya qorinchalarini, orqa miyaning markaziy kanalini, bosh miya bilan orqa miyaning o'rgimchak uyasimon parda ostidagi kamgagini to'ldiradi.
Qorincha likvori va o'rgimchakuyasimon parda ostidagi likvor uzunchoq miya sohasidagi juft Magendie va toq foramen Luschka orqali o'zaro to‘tashadi.
Odamdagi likvor 120-150 ml, shu bilan birga ko'proq likvor o'rgimchakuyasimon parda ostidagi kamgaklarda va faqat 20-40 ml likvor qorinchalarda bo'ladi. Likvor tiniq va rangsiz. Solishtirma og‗irligi 1,005-1,007, reaksiyasi sal-pal ishqoriy: PH qonnikiga yaqin. Likvorda juda ozgina limfotsit hujayralar bor (1 mm3 da 1 dan 5 tagacha). Likvor oqsillaning kamligi bilan qon va limfadan farq qiladi (oqsillar qonda 7-8% ga yaqin, limfada 0,3-0,5%, likvorda esa faqat 0,02%). Anorganik tuzlar qonda qancha bo`lsa, likvorda ham taxminan o‗shancha. Likvorda fermentlar va immun jismlar (antitelolar) yo‗q.
Qorinchalarining tomirlar chigalini qoplovchi hujayralar faol sekretsiyasi natijasida likvor hosil bo'lishini bir qancha ma‘lumotlar ko'rsatib turibdi.
Likvor miyaning o‗ziga xos ichki muhiti bo‗lib, uning tuzlar tarkibini va osmotik bosimini bir xilda saqlab turadi. Bundan tashqari,, likvor miyaning gidravlik yostiqchasi bo'lib, nerv hujayralarini mexaniq shikastlardan yaxshi saqlaydi.
Likvor sirkulyatsiyasi buzilganda markaziy nerv sistemasining faoliyati buziladi. Likvorning ahamiyati shundan iboratki, u miyaning ma‘lum darajada oziqlantiruvchi muhiti hisoblanadi. Likvorning yana bir ahamiyati shuki, miya to‗qimalarida modda almashinuvidan hosil bo‗ladigan tashlandiq moddalar likvor yordamida miyadan ketib, qonga qo'shiladi.
Ba‘zi moddalar qonga yoki likvorga kiritilganda butunlay boshqacha ta‘sir etishi mumkin. Gemato-ensefalik barer orqali o‗tmaydigan modda qonga kiritilsa, a‘zoning shu moddaga ko‗rsatadigan reaksiyasiga bog'liq bo‗ladi. Bordi-yu, o‗sha modda bevosita likvorga kiritilsa, bunga javoban ro‗y beradigan reaksiya avvalo, moddaning nerv markazlariga ta‘sir etishiga bog‗liq. Masalan, quyidagi fakt shu bilan izohlanadi: adenozintrifosfat kislota qonga kiritilsa, arteriyalar va arteriolalar kengayishi sababli arterial bosim pasayib ketadi; ensa suyagining ostidan igna sanchib, shu moddaning o‗zi likvorga bevosita kiritilsa, arterial bosim ko'tariladi, chunki adenozintrifosfat kislota uzunchoq miyadagi tomir harakatlantiruvchi markazni qo‗zg‗atadi.
Nazorat savollari

  1. Bosh miya katta yarimsharlar.

  2. Bosh miya katta yarimsharning tekshirish usullari.

  3. Bosh miya katta yarimsharning oq moddasi.

  4. Bosh miya bo‘limlari : uzunchoq miya

  5. Vorolev ko‘prigi, miyacha

  6. O‘rta miya, oraliq miya, ularning morfologiyasini ta`rifi




  1. Download 0,74 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   138




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish