Qonning shaklli elementlari. Odam qonida uch tip hujayralar uchraydi: eritroditlar (qizil qon tanachalari), leykositlar (oq qon tanachalari) va trombositlar (qon plastinkalari). Qonning bu shaklli elementlari soni, tuzilishi, yetilishi, bajaradigan vazifasi bilan bir-biridan farq qiladi. Eritrositlar qondagi son jihatidan eng kо‗p bо‗lgan shaklli element. Eritrositlarning eng asosiy xususiyati yadrosizligidir. Erkaklar qonining 1 mkl da о‗rta hisobda 5,1 mln, ayollarnikida esa
4,6 mln eritrosit bо‗ladi.
Eritrositlarning soni fiziologik va patologik holatlarda uzgarib turadi. Ular sonining oshishi eritremiya, kamayishi – eritropeniya yoki anemiya, deyiladi. Eritremiya baland tog‗ga kо‗tarilganda, odam organizmini kislorod bilan ta‘minlashni qiyinlashtiradigan kasallik rivojlanganda (о‗pka, yurakning surunkali kasalliklarida), kislorod yetishmovchiligi tufayli yuzaga chiqadi. Eritropeniyaga eritrositlar yaralishining sekinlashishi, tez yemirilib ketishi yoki qon yuqotilishi sabab bо‗ladi.
Katta odamning qonida jami 4,5x 1012/l – 5,5x 1012/l eritrosit bо‗ladi. Qondagi eritrositlar yig‘‗indisi eritron deyiladi.
Eritrositning tayanch tuzilmasi – stromasi va yuza qavati – qobig‗i tafovut qilinadi. Qobiqning tuzilishida boshqa hujayra membranalarining tuzilishidan farqi yо‗q. Uning kationlar uchun о‗tkaqvchanligi juda past, ammo anionlarni bemalol о‗tkazadi.
Eritrositlar massasining 34% quruq modda, quruq moddaning 90% gemoglobin. Odam eritrositlari о‗ziga xos shaklga ega: о‗rtasi yupqa ko‘lchaga о‗xshaydi. Diametri 7,2– 7,5 mkm, qalinligi 2,2 mkm. Eritrositning о‗rtacha hajmi 90 mkm3. Katta odam qonidagi barcha eritrositlarning umumiy yuzasi 3000 m, ya‘ni butun gavda yuzasidan 1,5 ming marta ortiq.
Bunday katta yuzaning hosil bо‗lishi bir tarafdan eritrositlar soniga bog‗liq bо‗lsa, ikkinchidan shakliga bog‗liq. Agar eritrosit hajmi 90 mkm3 shar shaklida bо‗lganda, yuzasi 20% kam bо‗lur edi. Bunday sharning radiusi 2,5 mkm ni tashkil qilardi yoki yuzasidan eng uzoq nuqtasigacha bо‗lgan masofa 2,5 mkm ga teng bo‘lardi. Ko‘lchasimon eritrositlar qobig‗idan eng uzoq nuqtasigacha bо‗lgan masofa 1 mkm dan oz. Demak eritrositlar ichida eng chuqur joylashgan gemog- lobinning molekulalarigacha kislorod tez etib boradi.
Ikki tomonga botiq disk shaklidagi meyor eritrosit eritrositlarning о‗ziga xos shakli va yadrosizligi kislorodni о‗pka kapillyaridan о‗tayotganda tezroq biriktirib olish va tо‗qimalarga tо‗la yetkazishga qaratilgan. Gemoglobin. Eritrositlar vazifasining amalga oshishi murakkab kimyoviy birikma – gemoglobinga bog‗liq. Tarkibida temir bо‗lgan 4 gem molekulasi va bir oqsil globin molekulasidan tashkil topgan bu xromoproteid kislorodni biriktirish va ajratish qobiliyatiga ega. Gemoglobinning molekulyar massasi 64458. Kislorodni biriktirish va ajratish vazifasini gem molekulasidagi ikki valentli temir bajaradi. Globin esa gemni olib yuruvchi albuminlar turkumiga kiradigan oqsil.
Har bir eritrositda 400 mln gemoglobin molekulasi bor. Katta odamning qonidagi konsentrasiyasi 14 g %, umumiy miqdori esa 600 g chamasida.
О‗pka kapillyarlaridan о‗tastgan eritrositlardagi gemoglobin oksigenasiyaga uchrab, oksigemoglobinga (HbO2) aylanadi, tо‗qima kapillyarlarida dezoksigenasiya jarasni rо‗y bsrishi tufayli, kislorod erkinlashadi va tо‗qimalarga о‗tadi. Kislorodni yuqotgan oksigemoglobin dezoksigemoglobin, deyiladi. Arterial qonning qip-qizil bо‗lishi oksigemoglobinga bog‗liq.
Gemoglobinning 1 g 1,34 sm3 kislorod biriktirib olishi mumkin. Demak qondagi mavjud 600 g gemoglobin kislorodga tuyinsa, 800 sm3 kislorodni bog‗laydi. 1 sm3 qon biriktirib olishi mumkin bо‗lgan kislorod miqdori qonning kislorod sig‗imini belgilaydi. Sog‘lom odam qonining kislorod sig‗imi taxminan 0,19 sm .
Gemoglobinni kо‗mikdagi eritroblastlar va normoblastlar sintezlaydi. Eritrositlar qarib, yemirilgandan sо‗ng, ulardagi gemoglobin parchalanadi va gsmdan ut pigmenti – bilirubin hosil bо‗ladi. Bir kecha-yu kunduzda organizmdagi gemoglobinning 1 % ga yaqini parchalanadi.
Oksigemoglobin, dezoksigemoglobindan tashqari, qonda gemoglobin karbonat angidrid bilan birikib, karbogemoglobin‗ (HbCO2) hosil qiladi. Bu birikma modsa almashinuvi natijasi bо‗lgan CO2 tashilish shakllaridan biri.
Иккала жараѐнлар, HCO3_нинг шаклланиши ва СО 2 нинг бўшатилиши гемоглобиннинг деоксигенация ва оксигенациясига боғлайди. Деоксигенацияланган гемоглобин кучли асос саналади, яъни оксигенацияланган Нb га қараганда ва кўпроқ Н + ионларини олиши мумкин ва тўқима капиллярларидан HCO3_ нинг шаклланишини таъминлайди. Ўпка
капиллярларида, HCO3_ яна плазмадан эритроцитлар ичига ўтади, Н + ионларини олиб, СО 2 га ўтказилади. Кичик улушдаги СО 2 (тахмина 5-10 %) гемоглобинга боғланади ва карбаминогемоглобин сифатида ўтказилади.
Oksigemoglobin, dezoksigemoglobin va karbogemoglobin gemoglobinning fiziologik birikmalaridir. Ba‘zi sharoitlarda uning g‗ayri-tabiiy birikmalari ham paydo bо‗lishi mumkin. Gemoglobin is gazi (SO) bilan juda oson birikadi va karboksigemoglobin (HbSO) hosil qiladi. Bu birikmaning parchalanishi juda qiyin. Shuning uchun nafasga olinadigan havoda SO oz miqdorda bо‗lsa ham tez vaqt davomida qondagi gemoglobinning kо‗p miqdorini egallab oladi, qon kislorod tashish qobiliyatini yо‗qotadi. Organizmda kislorod yetishmovchiligining og‗ir asoratlari (qayt qilish, bosh og‗rishi, hushdan ketish) rivojlanadi.
Zaharlanish unchalik kuchli bо‗lmasa, toza havoda nafas olish karboksigemoglobinning asta-sekin parchalanishi va organizmning is gazidan xalos bо‗lishiga olib keladi. Zaharlangan odamni sof kislorod bilan nafas oldirilsa, karboksigemoglobinning parchalanishi 200 marta tezlashadi. Tabiiy sharoitda gemoglobinning faqat 1% is gazi bilan birikkan.
Organizmga oksidlash qobiliyatiga ega bо‗lgan dorivor yoki boshqa moddalar (kaliy permanganat, bertolet tuzi, anilin, fenasitin) kiritilsa metgemoglobin (MetHb) hosil bо‗ladi. Bu moddalar ta‘sirida gemoglobin chindan ham oksidlanadi, uning molekulasidagi 2 valentli temir uch valentli shaklga о‗tadi.
Endi gemoglobinga birikkan O2 ajralmaydi. Metgemoglobinning miqdori qonda kо‗payib ketsa hayot uchun xavf tug‗iladi.
Mioglobin. Kо‗ndalang-targ‗il muskullarda va ba‘zi silliq muskullarda mioglobin – muskul gemoglobini uchraydi. U ham gem va oqsil qismdan iborat, kо‗p xossalari bо‗yicha gemoglobinga yaqin. Mioglobinni kislorod biriktirish qobiliyati juda yuqori bо‗lgani uchun u muskullarda kislorod zahirasi hosil qiladi. Bunday zahiraning mavjudligi uzoq vaqt ritmik ravishda qisqarib, faollik kо‗rsatadigan muskullar (yurak muskuli, jag‗ muskullari) uchun muhim.
O2transport.Hb-O2= oxygenated hemoglobin; Hb-H+= deoxygenated hemoglobin
Bunday muskullar qisqarganda kapmllyarlar siqilib, ulardan qon oqishi tо‗xtaydi. Bu vaqtda zahiradagi kislorod sarflanadi. Muskul bо‗shashganda qon oqish tiklanadi, mioglobin yana kislorodni biriktiradi. Yurak muskulidagi mioglobin miqdori taxminan 0,5%. Kislorod bilan ta‘minlanish kamayib ketsa, yurak muskuli tо‗qimasining har bir grammi mioglobin bilan birikkan kisloroddan 2sm O2 ajraladi. Bu miqdor yurakning sistola vaqtidagi kislorodga bо‗lgan ehtiyojini qondira oladi.
Gemoliz. Gemoglobinning eritrositlar ichida bо‗lishi katta ahamiyatga ega. Agar u plazmada erigan holda bо‗lganda, qonning yopishqoqligi keskin oshib, qon aylanishi qiyinlashar, qonning onkotik bosimi kо‗tarilib, tо‗qimalar suvsizlanardi, binobarin kislorodning gemoglobin bilan birikishi buzilardi.
Ba‘zi sharoitlarda va ma‘lum moddalar ta‘sirida eritrositlarning qobig‗i yorilib, ichidagi gemoglobin kon plazmasiga chiqadi. Bu hodisa gemoliz deyiladi.
Gemolizning bir necha turi ajratiladi. Gipotonik eritmada eritrositlar ichiga suv kirishi natijasida ular shishadi. Agar eritmadagi tuzlar miqdori ancha oz bо‗lib, gipotoniklik darajasi yuqori bо‗lsa, eritrositlar shishib, yorilib ketadi. Bu osmotik
gemoliz. Eritrositlarning osmotik gemolizga chidami bir xil emas. Chidami eng kam bо‗lgan eritrositlar NaCl ning 0,4% eritmasida yorila boshlaydi, 0,34% li eritmada eritrositlarning deyarli hammasi gemolizga uchraydi.
Ba‘zi kimyoviy moddalar, xususan yog‗ erituvchilar (efir, xloroform, benzol, spirt) eritrosit qobig‗ini eritib, kimyoviy gemolizga sabab bо‗ladi. Idishdagi qonninng qattiq chayqalishi, muzlab, erishi mexaniq gemoliz sodir qiladi.
Ba‘zi ilonlar va hasharotlar zahari, guruhi mos kelmaydigan qonni quyish biologik gemoliz paydo qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |