Kislorod yetishmovchiligi. Qonda O2 ning kamayishi periferik tomirlarni (arteriolalarni) kengaytiradi. Tabiiy sharoitda modda almashinuvining va O2 sarfining jadallashishi a‘zolarning faolligi kuchayganda kuzatiladi. O2 qondagi tarangligi pasayadi, tomirlar kengayib, qon oqish hajmi ortadi.
Metabolizm moddalari. Faolligi oshgan to‘qimalarda miqdori ko‘payadigan qator moddalarning aksariyati (SOg, N+, piruat, ADF, AMF, adenozin) tomirlarni sezilarli darajada kengaytirish qobiliyatiga ega. Ularning tasiri mikrosirkulyator tomirlarda yaqqol ko‘rinadi.
Biologik faol moddalar. Madalliy qon oqishini boshqarishda bazi biologik faol moddalarning ahamiyati katta. Bulardan kininlar, gistamin, adrenalin va noradre-nalinni ko‘rsatish mumkin.
Hazm tizimi bezxari qo‘zg‘alib, shira ishlab chiqara boshlaganda qon tomirlar kengayadi. Bu asosan bez hujayralari ishlab chiqaradigan kininlar samarasi hisoblanadi. Masalan, bez hujayralar kallikrein, degan ferment ishlab chiqaradi. Bu ferment plazmaning a = globulinini parchalab, polipeptid kallidin paydo bo‘lishiga olib keladi. Kallidin bradikininga aylanadi. Kallidin va bradikinin tomirni sezilarli darajada kengaytirish qobiliyatiga ega.
Gistamin asosan teri, shilliq pardalar jaroxatlanganda ajraladi. U ba‘zofillar va boshqa hujayralardan to‘qimalar jaroxatlanganda erkin holatga o‘tadi. Gistamin arteriola va venulalarni kengaytiradi, kapillyarlar devori o‘tkazuvchanligini oshiradi. Adrenalin va noradrenalin buyrak usti bezlarining mag‘iz qismida oz miqdorda uzluksiz ishlab chiqariladi. Bu gormonlar hamma tomirlarning silliq muskullariga tasir ko‘rsatadi. Noradrenalin asosan tomirlarni toraytiradigan
nervlarning mediatori sifatida xizmat qilsa, gormon rolini adrenalin bajaradi.
Buyrak usti bezidan ajraladigan katexolaminlarning 80 foizi adrenalinga, faqat 20 foizi noradrenalinga to‘g‘ri keladi. Vaziyatning turli o‘zgarishlari (qurdish, gazablanish va xokazo ) katexolaminlarni qo‘ng a o‘tishini tezlashtiradi. Adrenalin ba‘zi tomirlarni toraytiradi, bazilarini esa kengaytiradi.
Katexolaminlarning qon tomirlar silliq muskullariga tasiridagi farqni qon tomirlarda adrenoretseptorlarning ikki turi (a=va (3= adrenoretseptorlar) borligi bilanizodlash mumkin.
a = retseptorlar qo‘zg‘alishi tomir muskullarining qisqarishiga, tomirning torayishiga olib keladi. § - retseptorlarning qo‘zg‘alishi tomirlarni kengaytiradi. Noradrenalin ko‘proq a = adrenoretseptorlarga, adrenalin esa a = va v = adrenoretseptorlarga tasir etadi.
Ko‘pchilik qon tomirlarda retseptorlarning ikkala turi ham bor. Ammo ularning nisbati bir xil emas. Agar qon tomirda a = retseptorlar ko‘proq bo‘lsa , adrenalin uni toraytiradi, retseptorlar ko‘p bo‘lsa — kengaytiradi.
Shuni ham aytib o‘tish kerakki, v = retseptorlarning qo‘zg‘alish busagasi a
= retseptorlarnikiga qaraganda past. Demak, qon da adrenalin miqdori kam (fiziologik) bo‘lsa , u faqat r = retseptorlarni qo‘zg‘atib, tomirlarni kengaytiradi. Qonda adrenalin ko‘payib ketsa, a = retseptorlar ham qo‘zg‘aladi, tomirlar torayadi. a = va /3 = retseptorlar birdan qo‘zg‘alsa, a = retseptorlarning qo‘zg‘alish
samarasi ustun chiqadi — tomir torayadi.
Qon aylanishini boshqarishda mahalliy mexanizmlarning ro‘li katta. Ammo bu mexanizmlarning o‘zi qon aylanishini muxitning tez o‘zgarishlariga tuda moslashtira olmaydi. Bunga mahalliy mexanizmlar bilan bir qatorqa markaziy Boshqaruv mexanizmlari faolligi tufayligina erishish mumkin.
Yurak bo‗lmachalari va qorinchalarining ketma-ket qisqarishi hamda bo‗shashishini yurakning o‗tkazuvchi sistemasi uyg‗unlashtirib turadi. Impulslar yurakning muskul tolalaridan atipik muskul tolalari orqali boshqa muskullarga o‗tadi. Bu tolalar Purkine tolalari deb ataladi.
Yurakning o‗ng qulog‗i bilan yuqorigi kovak vena o‗rtasida tolalar tuguni bo‗lib, ular Keyt-Flak tuguni deb ataladi. Bu tugun xuddi shunday tolalar yordamida yurakning o‗ng qulog‗i bilan qorinchasi o‗rtasida joylashgan ikkinchi tugun – Ashof-Tavar tuguniga tutashadi. Bu tugundan kattagina tolalar tutami – Gis tutami boshlanib, u qorinchalar to‗sig‗i bo‗ylab pastga tushadi va ikki oyoqchaga bo‗linadi, so‗ngra o‗ng va chap qorincha epikardi ostida tarmoqlanib, so‗rg‗ichsimon muskullarda tugaydi.
5.6 a-d yurak klapanlarining sxematik tasviri a- mitral klapanlarning yuqori ko‘rinishi
b-mitral (qalpoqchali) klapanlarning ochiq tishlari c-aorta klapanlarining yuqoridan ko‘rinishi
d-aorta klapanlari arteriya kesilishi va klapan yechilishi
3-ta qoziq tishlar klapin o‘ng yurak bo‘lmasi va o‘ng yurak qorinchasi orasida joylashgan. Ikkita qoziq tishlar klapin (bicuspid valve, mitral valve) chap yurak bo‘lmasi va chap yuurak qorinchasini ajratib turadi. (5.6-chizma)
Yarim oysimon klapinlar o‘pka arteriyasi va aortaga kirishda joylashadi ular to‘liq o‘ng yurak qisilishidan keyin orqadan oqadigan qonni saqlab qoladi.
Yurak va qon tomirlar
|
chap qorincha
|
|
|
chap qorincha devori endokard
miokard
perikard perikard
|
|
perikard qopchasi
|
Oldingi ichki qorincha tarmog‘i
|
Do'stlaringiz bilan baham: |