O‗zbekiston respublikasi oliy va o‗rta maxsus ta‘lim vazirligi toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika instituti


Mayda tomirlarda qonning oqishi (mikrosirkulyatsiya)



Download 0,74 Mb.
bet40/138
Sana29.01.2022
Hajmi0,74 Mb.
#416229
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   138
Bog'liq
maruza-конвертирован

Mayda tomirlarda qonning oqishi (mikrosirkulyatsiya).


Yurak va tomirlar tizimining asosiy vazifasi qonni kapillyarlardan oqib o‘tishi uchun meyoriy bosimni taminlashdan iborat.


Kapillyarlar — qon tomirlar tizimining faoliy ahamiyati bo‘yichi eng muxim qismi. Ularda qon va to‘qimalar aro suyuqlik o‘rtasida modda almashinuvi sodir bo‘ladi. Bunday almashinuv venulalarda ham kuzatiladi. Venulalar, arteriolalar, metarteriolalar (met — o‘rta) kapillyarlar orqali qon oqishini boshqarishda ishtirok etadi. Shuning uchun bu tomirlar umumiy faoliy birlik hisoblanadi. Arteriola, metarteriola, kapillyarlar va kichik venulalar mikrosirkulyasiya tomirlar havzasini tashkil qiladi (40-rasm).
Kapillyarlar radiusi 4,5—3,0 mkm atrofida, o‘rtacha uzunligi —750 mkm. Odam organizmida 40 milliardga yaqin kapillyar bo‘lib, ular orqali modda almashadigan samarali yuza 1000 m2. 1 mm3 to‘qimada 600 ga yaqin kapillyar bor 100 g to‘qimaga to‘g‘ri keladigan kapillyarlar yuzasi 1,5 m ga yaqin.
Massa birligiga to‘g‘ri keladigan kapillyarlar soni to‘qimalarning faolligiga bog‘liq. Yurak muskulida kapillyarlarning soni skelet muskuldagidan 2 baravar ko‘p. Miyaning kulrang moddasi oq moddaga nisbatan kapillyarlarga boyroq.
Ko‘pincha «chin» kapillyarlar arteriolalarni to‘g‘ridan to‘g‘ri venulalar bilan boglamaydi. Ular metarteriolalar-dan, asosiy kanaldan. to‘g‘ri burchak hosil qilib boshlanadi. Metarteriola va asosiy kanalni tashkil qiluvchi tomirlar devoridagi silliq muskul tolalari ularning proksimal qismidan distal qismiga qarab kamaya boradi. Metarteriolalardan kapillyarlarning boshlanadigan qismida bu silliq muskul tolalari prekapillyar sfinkterlarini hosil qiladi. Kapillyarlarning boshqa qismlarida qisqaruvchi unsurlar yo‘q. «Chin» kapillyarlar orqali oqib o‘tadigan qon miqdori prekapillyar sfinkterlarning qisqarib, bo‘shashiga bog‘liq . Mikrosirkulyator tomirlar davzasida arteriovenoz anastomozlar ko‘p uchraydi. Bu anastomozlar arteriolalarni venulalar bilan bevosita boglaydi. Anastomozlarning devori silliq muskul tolalarga boy. Ularning soni qo‘l , oyoq , qo‘l oq terisida ko‘p. Tananing bu soxalaridagi anastomozlarning termoregulyatsiyada ahamiyati katta.
Kapillyarlarda modda almashinuvi jarayonlari. Kapillyarlarning moddalar almashinuvida ishtirok etish darajasi ularning tuzilishiga bog‘liq.
Devorining ultrastrukturasiga ko‘ra, kapillyarlar uch turga bo‘linadi: 1) devori uzluksiz, butun kapillyarlar; 2) fenestratsiyalangan, devori romsimon teshikli kapillyarlar; 3) devorlari uzilgan kapillyarlar. Bu kapillyarlarni somatik, visseral va sinusoid turdagi kapillyarlar ham deyishadi. Birinchi turdagi kapillyarlarning devori jips joylashgan endotelial hujayralardan iborat. Endotelial hujayralar membranasidagi teshiklar juda kichik. Bunday kapillyarlar devori orqali suv, elektrolitlar va kichik molekulali moddalar almashadi. Organizmda juda ko‘p tarqalgan bo‘lib, u silliq va targ‘il muskullarda, yog‘da, o‘pkada ko‘p.
Ikkinchi turdagi visseral kapillyarlar devorida diametri 0,1 mkm li teshikchalar (romchalar, fenestrlar) bor. Bu xil kapillyarlar so‘rilish jarayoni juda jadal a‘zolarda, masalan, buyrakda va ichakning shilliq pardasida ko‘p uchraydi.
Uchinchi turdagi sinusoid kapillyarlar devori ko‘p yerda uzilgan bo‘lib, bu joylardan suyuqlik, molekulalari katta moddalar va qon hujayralar o‘tishi mumkin.. Bu turdagi kapillyarlar kumikda, jigar va taloqda uchraydi.



        1. Download 0,74 Mb.

          Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   138




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish