Xarakter - shaxsning bir tomoni, lekin bu shaxs degani emas. Ekstremal vaziyatda yoki shunchaki tanlash vaziyatida qoldirilgan kishi holatlardan ustun bo`lishga, shu jumladan, o`z xarakteridan ham yuqori ko`tarilishga qodirdir. Kishining istalgan, shu jumladan, ichki, psixologik holatlarga qarshilik qilish qobiliyati uning o`zini o`zgartiradigan qudratli kuchi borligini, uni shaxs sifatida rivojlantirish negizini namoyish qiladi. Shuning uchun kishini xatti-harakatlarini tushuntirishga, uning xulq-atvorini oldindan aytib berishga har qancha urinishlar prinsip jihatidan o`zil-kesil bo`lishi mumkin emas, chunki shaxs bunday tushuntirishlarni qadrsizlantirishi, ularga qarshi harakat qilishi va boshqacha bo`lib qolishi mumkin, ya’ni faqat tashqi va ichki holatlarga muvofiqligi foydasigagina emas, balki o`zi ijtimoiy va umuminsoniy jihatdan qo`llanilishi foydasiga tanlash o`tkaziladi. Shaxs bunga qay darajada qodirligiga qarab, unda konkret-xarakterologik emas, balki ijtimoiy va umuminsoniy qadriyatlari yo`zaga keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |