314
XV bob. KORPORATIV BIRLASHMALAR VA ULARDA
KORPORATIV BOSHQARUV MEXANIZMI
15.1. Korporativ birlashishlarning iqtisodiy mohiyati, bozor
iqtisodiyoti sharoitidagi ahamiyati va amalga oshirilishi
Korporativ birlashish va qo‘shib olishlar shuningdek,
korporativ miqyosda qayta tarkiblash bugungi kun korporativ
moliyaviy munosabatlarning va korporativ boshqaruvning tarkibiy
qismiga aylanib ulgurdi. Bu borada har kuni butun dunyo
miqyosida qator bitimlar tuziladi va tuziladigan bitimlar asosida
ikki kompaniya yanada yirikroq kompaniyani tashkil etish
maqsadida o‘zaro birlashadi. Bundan tashqari, kompaniyalarning
o‘zaro birlashishi bilan bir qatorda, birlashishga teskari bo‘lgan
ajralib chiqish yoki bo‘linish amaliyotlari ham amalga oshiriladi.
Kompaniyalarning bo‘linishi va ajralib chiqishidan ham asosiy
maqsad foydani maksimallashtirishga qaratilishini ta’kidlash lozim.
Quyida kompaniyalarning o‘zaro birlashishi, qo‘shib olish
jarayonlari va ularning o‘ziga xos jihatlari xususida atroflicha
to‘xtalib o‘tamiz.
Korporativ moliyaviy taraqqiyotning bugungi bosqichida har
qanday korporativ tuzilma o‘z rivojlanish strategiyasini belgilashda
o‘z tashkiliy tuzilmasi doirasida rivojlanish yoki boshqa mustaqil
iqtisodiy subyektlar bilan birlashish orqali rivojlanishga e’tibor
qaratadi. Bunda korporativ moliyani boshqarishning subyektlari
hisoblangan moliyaviy menejerlar tomonidan moliyaviy rivojlanish
strategiyalaridan qaysi biri kompaniya uchun foydali ekanligini aniq
hisob-kitoblar asosida belgilab beradi.
Birlashish va qo‘shib olish bitimlari orqali yangi biznesni
tashkil etishdan asosiy maqsad sifatida biznesga qo‘shimcha
elementlarni
birlashtirish
va
integratsiyalash
hisobiga
kompaniyaning strategik ustunligini ta’minlashni keltirish mumkin.
Murakkab moliyaviy-iqtisodiy holatlarda birlashish va qo‘shib
olishlar kompaniyalar uchun yanada ko‘proq dolzarblik kasb etadi.
Moliyaviy jihatdan yuqori salohiyatga ega kompaniyalar bozorda
yanada raqobatbardosh bo‘lgan kompaniyani tashkil etish
maqsadida nisbatan kuchsiz bo‘lgan kompaniyalarni o‘ziga qo‘shib
olishga harakat qiladi. Shuningdek, moliyaviy jihatdan o‘zaro teng
kuchga ega kompaniyalar bozorda o‘z ulushini ko‘paytirish yoki o‘z
samaradorligini oshirish maqsadida o‘zaro birlashadilar. Keltirib
o‘tilayotgan ustunlik jihatlar tufayli qo‘shib olinuvchi kompaniyalar
ko‘p hollarda o‘zlarini boshqa kompaniyalar xarid qilish usuli orqali
qo‘shib olishga rozi bo‘ladi. Chunki, ular keskin raqobat muhitida
315
o‘zlarining mustaqil ravishda jon saqlab qola olishlariga ko‘zlari
yetmaydi. Odatda, ko‘pchilik kompaniyalar o‘rtasidagi birlashish va
qo‘shib olishlarni o‘zaro sinonim atamalar va butunlay bir xil
jarayonlar sifatida qabul qiladi. Aslida esa ushbu ikki atama
o‘rtasida ma’lum farqlar mavjud. “Qo‘shib olish” atamasi ba’zan
birlashishning har qanday shakliga nisbatan ham qo‘llaniladi.
Buning o‘ziga xos xususiyatlari mavjud.
Bir kompaniya boshqa bir kompaniya ustidan nazorat o‘rnatsa
va o‘zini ushbu kompaniyaning yangi xo‘jayini, deb e’lon qilsa, bu
bitim
qo‘shib olish
deb ataladi.
Yuridik nuqtayi nazardan, qo‘shib
olingan kompaniya o‘z faoliyatini tugatadi, qo‘shib olgan kompaniya
esa xarid qilingan (qo‘shib olingan) kompaniyaning butun boshli
biznesini va aksiyalarini o‘z tasarrufiga oladi. Birlashish jarayonida
esa yuqorida ta’kidlanganidek aksariyat hollarda moliyaviy jihatdan
o‘zaro teng kuchga ega bo‘lgan ikki kompaniya o‘z biznesini bitta
kompaniyaga birlashtirgan holda davom ettirishga qaror qiladi.
Mazkur holatda ham bir kompaniyaning boshqasini sotib olishi va
o‘zaro kelishgan holda qo‘shib olingan (xarid qilingan) kompaniya
bilan o‘zaro birlashdi, deb e’lon qilish holatlari uchraydi. Haqiqatda
esa bir kompaniya boshqasini qo‘shib olgan bo‘ladi. Bu
amaliyotning afzallik tomoni shundaki, qo‘shib olingan kompaniya
uchun uning boshqa bir kompaniya tomonidan qo‘shib olinishi
qo‘shilib ketgan kompaniya nufuziga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
Shundan kelib chiqqan holda, qo‘shib olingan kompaniya
menejerlari
ushbu
jarayonni
kompaniya
nufuziga
putur
yetkazmaydigan tarzda amalga oshirishga intiladi.
Agar har ikki kompaniyaning bosh direktorlari o‘z
kompaniyalari uchun kelgusida potentsial ustunlik mavjud
bo‘lishini anglagan holda ularni birlashtirishga qaror qilishsa, bir
kompaniyaning boshqa bir kompaniyani qo‘shib olish jarayonini
o‘zaro birlashish deb ham atash mumkin bo‘ladi. Ammo bir tomon
o‘zining qo‘shib olinishini istamasa, bunday bitim do‘stona
xarakterga ega bo‘lmaydi va bu holat qo‘shib olish, deya
baholanadi.
Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda ta’kidlash mumkinki,
b
Do'stlaringiz bilan baham: