O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan darslik sifatida tavsiya etilgan



Download 15,13 Mb.
Pdf ko'rish
bet263/363
Sana18.01.2022
Hajmi15,13 Mb.
#385558
1   ...   259   260   261   262   263   264   265   266   ...   363
Bog'liq
2 5255887484549596429

Afzalliklari 

Kamchiliklari 

1. 


2. 

...


 

1. 


2. 

... 


 

2. 


Aksiyalarni 

ochiq 


obuna 

tartibida 

joylashtirish 

operatsiyalarini  tashkil  etishda  kompaniya  moliyaviy  holatining 

ishonchliligini  tekshirish  jarayonlari  bo‘yicha  bajariladigan  ishlar 

yuzasidan jadvalni to‘ldiring. 



Moliyaviy tahlil va 

baholash 

Audit va moliyaviy 

tekshiruv 

Huquqiy hamkorlik 

va hamrohlik 

1. Amalga oshiradigan mutaxassislar 

........ 

...... 


....... 

2. Jamoaning ish maqsadi 

........ 

...... 


....... 

3. Amalga oshiriladigan ishlar 

........ 

...... 


....... 

4. Ish natijalari 

........ 

...... 


....... 

 

3.  Yetakchi  xalqaro  fond  birjalarining  listing  talablarini 

o‘rganing  va  milliy  korporativ  emitentlarning  bajara  olish 

imkoniyatlarini  baholang  (obyektlar  darsdan  bir  hafta  oldin 

talabalarga beriladi). 

 

 




 

314 


XV bob. KORPORATIV BIRLASHMALAR VA ULARDA 

KORPORATIV BOSHQARUV MEXANIZMI 

 

15.1. Korporativ birlashishlarning iqtisodiy mohiyati, bozor 

iqtisodiyoti sharoitidagi ahamiyati va amalga oshirilishi 

 

Korporativ  birlashish  va  qo‘shib  olishlar  shuningdek, 

korporativ  miqyosda  qayta  tarkiblash  bugungi  kun  korporativ 

moliyaviy  munosabatlarning  va  korporativ  boshqaruvning  tarkibiy 

qismiga  aylanib  ulgurdi.  Bu  borada  har  kuni  butun  dunyo 

miqyosida  qator  bitimlar  tuziladi  va  tuziladigan  bitimlar  asosida 

ikki  kompaniya  yanada  yirikroq  kompaniyani  tashkil  etish 

maqsadida  o‘zaro  birlashadi.  Bundan  tashqari,  kompaniyalarning 

o‘zaro  birlashishi  bilan  bir  qatorda,  birlashishga  teskari  bo‘lgan 

ajralib  chiqish  yoki  bo‘linish  amaliyotlari  ham  amalga  oshiriladi. 

Kompaniyalarning  bo‘linishi  va  ajralib  chiqishidan  ham  asosiy 

maqsad foydani maksimallashtirishga qaratilishini ta’kidlash lozim. 

Quyida  kompaniyalarning  o‘zaro  birlashishi,  qo‘shib  olish 

jarayonlari  va  ularning  o‘ziga  xos  jihatlari  xususida  atroflicha 

to‘xtalib o‘tamiz.  

Korporativ  moliyaviy  taraqqiyotning  bugungi  bosqichida  har 

qanday  korporativ  tuzilma  o‘z  rivojlanish  strategiyasini  belgilashda 

o‘z  tashkiliy  tuzilmasi  doirasida  rivojlanish  yoki  boshqa  mustaqil 

iqtisodiy  subyektlar  bilan  birlashish  orqali  rivojlanishga  e’tibor 

qaratadi.  Bunda  korporativ  moliyani  boshqarishning  subyektlari 

hisoblangan  moliyaviy  menejerlar  tomonidan  moliyaviy  rivojlanish 

strategiyalaridan qaysi biri kompaniya uchun foydali ekanligini aniq 

hisob-kitoblar asosida belgilab beradi.  

Birlashish  va  qo‘shib  olish  bitimlari  orqali  yangi  biznesni 

tashkil  etishdan  asosiy  maqsad  sifatida  biznesga  qo‘shimcha 

elementlarni 

birlashtirish 

va 


integratsiyalash 

hisobiga 

kompaniyaning strategik ustunligini ta’minlashni keltirish mumkin. 

Murakkab  moliyaviy-iqtisodiy  holatlarda  birlashish  va  qo‘shib 

olishlar kompaniyalar uchun yanada ko‘proq dolzarblik kasb etadi. 

Moliyaviy  jihatdan  yuqori  salohiyatga  ega  kompaniyalar  bozorda 

yanada  raqobatbardosh  bo‘lgan  kompaniyani  tashkil  etish 

maqsadida  nisbatan  kuchsiz  bo‘lgan  kompaniyalarni  o‘ziga  qo‘shib 

olishga  harakat  qiladi.  Shuningdek,  moliyaviy  jihatdan  o‘zaro  teng 

kuchga ega kompaniyalar bozorda o‘z ulushini ko‘paytirish yoki o‘z 

samaradorligini  oshirish  maqsadida  o‘zaro  birlashadilar.  Keltirib 

o‘tilayotgan ustunlik jihatlar tufayli qo‘shib olinuvchi kompaniyalar 

ko‘p hollarda o‘zlarini boshqa kompaniyalar xarid qilish usuli orqali 

qo‘shib  olishga  rozi  bo‘ladi.  Chunki,  ular  keskin  raqobat  muhitida 




 

315 


o‘zlarining  mustaqil  ravishda  jon  saqlab  qola  olishlariga  ko‘zlari 

yetmaydi. Odatda, ko‘pchilik kompaniyalar o‘rtasidagi birlashish va 

qo‘shib  olishlarni  o‘zaro  sinonim  atamalar  va  butunlay  bir  xil 

jarayonlar  sifatida  qabul  qiladi.  Aslida  esa  ushbu  ikki  atama 

o‘rtasida  ma’lum  farqlar  mavjud.  “Qo‘shib  olish”  atamasi  ba’zan 

birlashishning  har  qanday  shakliga  nisbatan  ham  qo‘llaniladi. 

Buning o‘ziga xos xususiyatlari mavjud.  

Bir kompaniya boshqa bir kompaniya ustidan nazorat o‘rnatsa 

va  o‘zini  ushbu  kompaniyaning  yangi  xo‘jayini,  deb  e’lon  qilsa,  bu 

bitim 


qo‘shib  olish

  deb  ataladi.

  Yuridik  nuqtayi  nazardan,  qo‘shib 

olingan kompaniya o‘z faoliyatini tugatadi, qo‘shib olgan kompaniya 

esa  xarid  qilingan  (qo‘shib  olingan)  kompaniyaning  butun  boshli 

biznesini va aksiyalarini o‘z tasarrufiga oladi. Birlashish jarayonida 

esa yuqorida ta’kidlanganidek aksariyat hollarda moliyaviy jihatdan 

o‘zaro  teng  kuchga  ega  bo‘lgan  ikki  kompaniya  o‘z  biznesini  bitta 

kompaniyaga  birlashtirgan  holda  davom  ettirishga  qaror  qiladi. 

Mazkur holatda ham bir kompaniyaning boshqasini sotib olishi va 

o‘zaro  kelishgan  holda  qo‘shib  olingan  (xarid  qilingan)  kompaniya 

bilan o‘zaro birlashdi, deb e’lon qilish holatlari uchraydi. Haqiqatda 

esa  bir  kompaniya  boshqasini  qo‘shib  olgan  bo‘ladi.  Bu 

amaliyotning  afzallik  tomoni  shundaki,  qo‘shib  olingan  kompaniya 

uchun  uning  boshqa  bir  kompaniya  tomonidan  qo‘shib  olinishi 

qo‘shilib  ketgan  kompaniya  nufuziga  salbiy  ta’sir  ko‘rsatadi. 

Shundan  kelib  chiqqan  holda,  qo‘shib  olingan  kompaniya 

menejerlari 

ushbu 


jarayonni 

kompaniya 

nufuziga 

putur 


yetkazmaydigan tarzda amalga oshirishga intiladi. 

Agar  har  ikki  kompaniyaning  bosh  direktorlari  o‘z 

kompaniyalari  uchun  kelgusida  potentsial  ustunlik  mavjud 

bo‘lishini  anglagan  holda  ularni  birlashtirishga  qaror  qilishsa,  bir 

kompaniyaning  boshqa  bir  kompaniyani  qo‘shib  olish  jarayonini 

o‘zaro birlashish deb ham atash mumkin bo‘ladi. Ammo bir tomon 

o‘zining  qo‘shib  olinishini  istamasa,  bunday  bitim  do‘stona 

xarakterga  ega  bo‘lmaydi  va  bu  holat  qo‘shib  olish,  deya 

baholanadi.  

Yuqoridagilardan  kelib  chiqqan  holda  ta’kidlash  mumkinki, 

b


Download 15,13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   259   260   261   262   263   264   265   266   ...   363




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish