O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan darslik sifatida tavsiya etilgan


Aksiyadorlik jamiyatlari tomonidan muomalaga chiqarilgan



Download 15,13 Mb.
Pdf ko'rish
bet221/363
Sana18.01.2022
Hajmi15,13 Mb.
#385558
1   ...   217   218   219   220   221   222   223   224   ...   363
Bog'liq
2 5255887484549596429

 

Aksiyadorlik jamiyatlari tomonidan muomalaga chiqarilgan 

aksiyalar to‘g‘risida ma’lumot

74

 

 

№ 

Aksiyadorlik 

jamiyati nomi 

Joylashgan 

hudud 

Tarmoq  

(yuqori turuvchi 

tashkilot) 

Muomaladagi aksiyalar 

Ming so‘mda  Nomi-nali  Ming donada 

G‘ozg‘on 



marmar 

 

Navoiy 



"O‘zqurilish 

materiallari" AJ 

767 565,9 

1 934,0 


396,880 

Granit 



 

Samarqand 

"O‘zbekiston temir 

yo‘llari" AJ 

1 322 943,2 

2 179,0 


607,253 

Guliston 



ekstrakt-yog‘ 

 

Sirdaryo 



"O‘zpaxtasanoateksp

ort" XK 


1 139 805,8 

1 999,0 


570,188 

Gurlan dehkon 



bozori 

 

Xorazm 



Hokimiyat 

3 533 555,0 

1 000,0 

3 533,555 

Davr-bank 



 

Toshkent sh 

Moliyaviy tashkilotlar  40 000 000,0 

5 000,0 


8 000,0 

Daromad 



plyus IF 

Toshkent sh 

Moliyaviy tashkilotlar 

631 904,0 

500,0 

1 263,808 



GM 


Uzbekistan

 

Andijon 



"O‘zavtosanoat" AK 

344000017,2 

1,0 

344000017,2 



Doyche Kabel 

AG Tashkent 

 

Toshkent sh 



"O‘zeltexsanoat" AK 

744 440,9 

1 330,0 

559,73 


Don xalq rizqi 

 

Qashqadaryo  "O‘zdonmahsulot" AK 



2 005 992,0 

2 160,0 


928,7 

10 


Dori-darmon 

 

Toshkent sh 



"Dori-darmon" AK 

86 309 600,0 

4 300,0 

20 072,0 

11 

Dunyo-M 


 

Qashqadaryo  "O‘zdonmahsulot" AK  11 266 272,0 

2 000,0 

5 633,136 

12 

Jizzax 


akkumulyator 

zavodi 


 

Jizzax 


"O‘zavtosanoat" AK 

75 494 442,2 

1 013,0 

74 549,895 

  

Yuqorida  keltirilgan  jadvaldan  ko‘rinib  turibdiki,  aksiyadorlik 



jamiyatlari  aksiyalari  nominal  qiymati  har  xil.  Hattoki  bir  so‘mlik 

aksiyalar  ham  muomalaga  chiqarilgan.  Respublikamizdagi  barcha 

aksiyadorlik  jamiyatlari  tomonidan  chiqarilgan  aksiyalar  haqida 

ma’lumotlar  bilan  Korporativ  axborotlar  yagona  portali  – 

www.openinfo.uz  orqali batafsil tanishish mumkin. 

Aksiyadorlik 

jamiyati 

ustavida 

aksiyadorlar 

olgan 


aksiyalarning  soni  va  nominal  qiymati  belgilab  qo‘yiladi.  Bunga 

                                                           

74

 Korporativ axborotlar yagona portalidan olindi. 




 

278 


misol sifatida “Kvarts” aksiyadorlik jamiyatining 2015-yil 17-iyulida 

ro‘yxatdan  o‘tkazilgan  ustavi  4.2-bandini  keltiramiz:  “Jamiyatning 

ustav  kapitali  23 963 940 000  (yigirma  uch  million  to‘qqiz  yuz 

oltmish  uch  ming  to‘qqiz  yuz  qirq  ming)  so‘m  bo‘lib,  23 963 940 

(yigirma uch million to‘qqiz yuz oltmish uch ming to‘qqiz yuz qirq) ta 

oddiy  aksiyaga  bo‘lingan.  Aksiyaning  nominal  qiymati  1000  (bir 

ming) so‘mdan iborat. 

Jamiyat  ustav  kapitalida  aksiyadorlar  ulushi  va  ularning 

nisbati foizlarda: 

- davlat ulushi – 23 942 490 000 (yigirma uch milliard to‘qqiz 

yuz  qirq  ikki  million  to‘rt  yuz  to‘qson  ming)  so‘m,  ya’ni  ustav 

kapitalining 99,91 foizini tashkil etadi; 

-  jismoniy  shaxslar  o‘rtasida  joylashtirilgan  ulush  – 

21 450 000  (yigirma  bir  million  to‘rt  yuz  ellik  ming)  so‘m,  ya’ni 

ustav kapitalining 0,09 foizini tashkil etadi”

75



Aksiyadorlik 

jamiyati 

ustavida 

jamiyat 


joylashtirilgan 

aksiyalarga  qo‘shimcha  ravishda  joylashtirishga  haqli  bo‘lgan  e’lon 

qilingan  aksiyalarning  soni  va  nominal  qiymati  belgilanishi 

mumkin.  Bunga  ham  misol  sifatida  “Kvarts”  aksiyadorlik  jamiyati 

ustavidan  4.4-bandni  keltiramiz.  “Jamiyat  umumiy  qiymati 

10 000 000 000 (o‘n milliard) so‘m bo‘lgan qo‘shimcha e’lon qilingan 

10 000 000 (o‘n million) ta oddiy aksiyani chiqarish huquqiga ega. 

Har bir aksiya nominal qiymati 1000 (ming) so‘mni tashkil etadi”. 

Jamiyat  ustaviga  jamiyatning  e’lon  qilingan  aksiyalari  haqida 

nazarda  tutilgan  qoidalar  bilan  bog‘liq  o‘zgartish  va  qo‘shimchalar 

kiritish  to‘g‘risidagi  qaror,  odatda  aksiyadorlarning  umumiy 

yig‘ilishi tomonidan qabul qilinadi. 

Oddiy  aksiyalar  bo‘yicha  dividendlar  aksiyadorlar  umumiy 

yig‘ilishi  tomonidan  qabul  qilinadigan  qarorlar  asosida  belgilanadi. 

Imtiyozli  aksiyalar  bo‘yicha  esa  dividendlari  miqdori  ustavda  qat’i 

belgilab qo‘yiladi. 

Aksiyalarga  ayirboshlanadigan  qimmatli  qog‘ozlar  jamiyat 

tomonidan joylashtirilgan taqdirda e’lon qilingan aksiyalarning soni 

ushbu  qimmatli  qog‘ozlarning  muomalada  bo‘lishi  muddati 

mobaynida  ayirboshlash  uchun  zarur  miqdordan  kam  bo‘lmasligi 

lozim. Jamiyat o‘zi joylashtirgan qimmatli qog‘ozlar ayirboshlanishi 

mumkin  bo‘lgan  aksiyalar  beradigan  huquqlarni  cheklash  haqida 

ushbu qimmatli qog‘ozlar egalarining roziligisiz qaror qabul qilishga 

haqli emas. 

Aksiyalarga bo‘lgan huquqlar aksiyalarni oluvchiga uning depo 

hisobvarag‘iga  tegishli  kirim  yozuvi  kiritilgan  paytdan  e’tiboran 

                                                           

75

 



www.kvarts.uz

 – Kvarts aksiyadorlik jamiyati rasmiy veb-saytidan olindi. 




 

279 


o‘tadi  va  qonun  hujjatlarida  belgilangan  tartibda  beriladigan  depo 

hisobvarag‘idan ko‘chirma bilan tasdiqlanadi. 

Aksiyadorlik  jamiyat  qonun  hujjatlariga  va  o‘z  ustaviga 

muvofiq  korporativ  obligatsiyalarni  va  boshqa  qimmatli  qog‘ozlarni 

chiqarishga  hamda  joylashtirishga  haqli.  Jamiyatning  korporativ 

obligatsiyalari  jamiyat  aksiyalariga  ayirboshlanadigan  qimmatli 

qog‘ozlar bo‘lishi mumkin.  

Jamiyat 


mol-mulk 

bilan 


ta’minlangan 

korporativ 

obligatsiyalarni  ularni  chiqarish  to‘g‘risida  qaror  qabul  qilish 

sanasidagi o‘z kapitali miqdori doirasida chiqarishga haqli.  

Jamiyat  tomonidan  korporativ  obligatsiyalarni  chiqarish,  shu 

jumladan aksiyalarga ayirboshlanadigan korporativ obligatsiyalarni 

chiqarish  aksiyadorlar  umumiy  yig‘ilishining  qaroriga  ko‘ra  yoki, 

agar  jamiyat  ustaviga  yoki  aksiyadorlar  umumiy  yig‘ilishining 

qaroriga  muvofiq  jamiyat  kuzatuv  kengashiga  bunday  qaror  qabul 

qilish huquqi tegishli bo‘lsa, jamiyat kuzatuv kengashining qaroriga 

ko‘ra  amalga  oshiriladi.  Jamiyat  tomonidan  jamiyat  kuzatuv 

kengashining  qaroriga  ko‘ra  aksiyalarga  ayirboshlanadigan 

korporativ obligatsiyalar chiqarilgan taqdirda, mazkur qaror jamiyat 

kuzatuv kengashining barcha a’zolari tomonidan bir ovozdan qabul 

qilinishi kerak.  

Aksiyadorlik  jamiyatlari  aksiyalarini  va  boshqa  qimmatli 

qog‘ozlarini joylashtirish chog‘ida ularga haq to‘lash pul va boshqa 

to‘lov  vositalari,  mol-mulk,  shuningdek  pulda  ifodalanadigan 

bahoga  ega  bo‘lgan  huquqlar  (shu  jumladan  mulkiy  huquqlar) 

orqali amalga oshiriladi. Aksiyadorlik jamiyatini ta’sis etish chog‘ida 

uning  aksiyalariga  haq  to‘lash  tartibi  jamiyatni  tashkil  etish 

to‘g‘risidagi  ta’sis  shartnomasida  (o‘zgartish  to‘g‘risidagi  qarorda) 

yoki  jamiyat  ustavida,  qo‘shimcha  aksiyalar  va  boshqa  qimmatli 

qog‘ozlarga  haq  to‘lash  esa,  ularni  chiqarish  to‘g‘risidagi  qarorda 

belgilab qo‘yiladi. 

Jamiyatning  qo‘shimcha  aksiyalariga  ushbu  aksiyalarni 

chiqarish  to‘g‘risidagi  qarorda  ko‘rsatilgan  joylashtirish  muddati 

ichida haq to‘lanishi lozim.  

Jamiyat  ustavida  aksiyalar  haqini  to‘lash  majburiyatini 

bajarmaganlik  uchun  neustoyka  (jarima,  penya)  undirish  nazarda 

tutilishi mumkin. 

Jamiyatni  ta’sis  etishda  aksiyalarga  to‘lanadigan  haq  sifatida 

kiritilayotgan 

mol-mulkning 

pulda 

ifodalanadigan 



bahosi 

muassislar o‘rtasidagi shartnomaga muvofiq chiqariladi. 

Agar  jamiyatning  puldan  o‘zga  vositalar  bilan  haqi 

to‘lanayotgan aksiyalari va boshqa qimmatli qog‘ozlarining nominal 

qiymati  qonun  hujjatlarida  belgilangan  eng  kam  ish  haqining  ikki 



 

280 


yuz  baravaridan  ko‘pni  tashkil  etsa,  jamiyatning  aksiyalari  va 

boshqa  qimmatli  qog‘ozlarining  haqi  sifatida  kiritilayotgan  mol-

mulkning pulda ifodalangan bahosi baholovchi tashkilot tomonidan 

chiqarilishi zarur.  

Qonun hujjatlarida va jamiyatning ustavida jamiyat aksiyalari 

hamda  boshqa  qimmatli  qog‘ozlari  haqi  sifatida  to‘lanishi  mumkin 

bo‘lgan mol-mulk turlariga cheklovlar belgilanishi mumkin. 

 


Download 15,13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   217   218   219   220   221   222   223   224   ...   363




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish