O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan darslik sifatida tavsiya etilgan



Download 15,13 Mb.
Pdf ko'rish
bet220/363
Sana18.01.2022
Hajmi15,13 Mb.
#385558
1   ...   216   217   218   219   220   221   222   223   ...   363
Bog'liq
2 5255887484549596429

Sug‘urta faoliyati turlari 

2012-yil  

1-iyuldan 

2014-yil  

1-iyuldan 

Umumiy sug‘urta sohasida 

1125 

1500 


Hayotni sug‘urtalash 

sohasida 

1500 

2000 


Majburiy sug‘urtalash 

bo‘yicha 

2250 

3000 


Faqat qayta sug‘urtalash 

bo‘yicha 

5000 

6000 


 

Yangidan tashkil etilayotgan tijorat banklari ustav kapitalining 

eng kam miqdori 100,0 milliard so‘m qilib belgilandi. Ilgari bu talab 

aksiyadorlik  tijorat  banklari  va  xususiy  banklar  uchun  alohida-

alohida  belgilangan  bo‘lib,  10  million  yevro  va  5  million  yevro 

ekvivalentida edi. 

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tijorat banklari bilan 

birgalikda  2019-yilning  19-yanvariga  qadar  tijorat  banklarining 

ustav  kapitali  miqdorlari  100,0  milliard  so‘mga  yetkazilishini 

ta’minlashi lozimligi belgilangan. 

Shu  o‘rinda  aksiyadorlik  jamiyati  ustav  kapitalidagi  ulushi 

kamida  15  foizni  tashkil  etishi  lozim  bo‘lgan  chet  ellik  investorlar 

ishtirokida  tashkil  qilinishi  belgilanganligi,  lekin  bundan 

O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  va  O‘zbekiston  Respublikasi 

Vazirlar  Mahkamasi  qarorlarida  belgilangan  hollar  mustasno 

ekanligini ham ta’kidlash lozim. 

Aksiyadorlik  jamiyati  ustav  kapitali  qo‘shimcha  aksiyalarni 

joylashtirish  yo‘li  bilan  ko‘paytirilishi  mumkin.  Qo‘shimcha 

aksiyalar  faqat  jamiyat  ustavida  belgilangan,  e’lon  qilingan 

aksiyalarning  soni  doirasida  jamiyat  tomonidan  joylashtiriladi. 

Ustav kapitalini ko‘paytirish to‘g‘risidagi va jamiyat ustaviga tegishli 

o‘zgartishlar  kiritish  haqidagi  qarorlar  aksiyadorlarning  umumiy 

yig‘ilishi tomonidan yoki, agar jamiyat ustaviga yoxud aksiyadorlar 

umumiy  yig‘ilishining  qaroriga  muvofiq  kuzatuv  kengashiga 

shunday  qarorlar  qabul  qilish  huquqi  berilgan  bo‘lsa,  kuzatuv 

kengashi  tomonidan  qabul  qilinadi.  Ustav  kapitalini  ko‘paytirish 

to‘g‘risidagi 

qarorda 


joylashtiriladigan 

qo‘shimcha 

oddiy 



 

276 


aksiyalarning  va  imtiyozli  aksiyalarning  soni,  ularni  joylashtirish 

muddatlari hamda shartlari belgilanadi.  

Aksiyadorlik 

jamiyati 

ustav 

kapitalini 



ko‘paytirish 

joylashtirilgan qo‘shimcha aksiyalarning nominal qiymati miqdorida 

ro‘yxatdan  o‘tkaziladi.  Bunda  jamiyat  ustavida  ko‘rsatilgan,  e’lon 

qilingan  muayyan  turdagi  aksiyalarning  soni  ushbu  turdagi 

joylashtirilgan  qo‘shimcha  aksiyalarning  soniga  kamaytirilishi 

kerak.  O‘zbekiston  Respublikasi  “Qimmatli  qog‘ozlar  bozori 

to‘g‘risida”gi  Qonuniga  asosan,  emissiyaviy  qimmatli  qog‘ozlarning 

dastlabki  chiqarilishini  davlat  ro‘yxatidan  o‘tkazishda  emitent 

mazkur  chiqarilishdagi  emissiyaviy  qimmatli  qog‘ozlar  nominal 

qiymatining  0,01  foizi  miqdorida  respublika  byudjetiga  yig‘im 

to‘laydi.  Ilgari  ro‘yxatdan  o‘tkazilgan  chiqarilishdagi  emissiyaviy 

qimmatli qog‘ozlarning nominal qiymati oshirilgan taqdirda, emitent 

mazkur  chiqarilishdagi  emissiyaviy  qimmatli  qog‘ozlar  nominal 

qiymati  oshgan  summasining  0,01  foizi  miqdorida  respublika 

byudjetiga yig‘im to‘laydi. 

Aksiyadorlik jamiyati ustav kapitalini ko‘paytirish jalb qilingan 

investitsiyalar,  jamiyatning  o‘z  kapitali  va  hisoblangan  dividendlar 

hisobidan  qonun  hujjatlarida  belgilangan  tartibda  amalga 

oshirilishi  mumkin.  Ustav  kapitalini  o‘z  kapitali  hisobidan 

ko‘paytirishda  qo‘shimcha  aksiyalar  barcha  aksiyadorlar  o‘rtasida 

taqsimlanadi.  Bunda  har  bir  aksiyadorga  qaysi  turdagi  aksiyalar 

tegishli  bo‘lsa,  ayni  o‘sha  turdagi  aksiyalar  unga  tegishli  aksiyalar 

soniga  mutanosib  ravishda  taqsimlanadi.  Jamiyatning  ustav 

kapitali  ko‘paytirilishi  natijasida  ko‘paytirish  summasining  bitta 

aksiyaning  nominal  qiymatiga  muvofiqligi  ta’minlanmaydigan 

bo‘lsa, ustav kapitalini ko‘paytirishga yo‘l qo‘yilmaydi. 

Aksiyadorlik jamiyatining ustav kapitali aksiyalarning nominal 

qiymatini  kamaytirish  yoki  aksiyalarning  umumiy  sonini 

qisqartirish  yo‘li  bilan,  shu  jumladan  aksiyalarning  bir  qismini 

keyinchalik bekor qilgan holda jamiyat tomonidan aksiyalarni olish 

yo‘li bilan kamaytirilishi mumkin. Lekin bu amaliyotga aksiyadorlik 

jamiyati  ustavida  nazarda  tutilgan  holdagina  yo‘l  qo‘yiladi. 

Shuningdek  ustav  kapitalini  kamaytirish  ustav  kapitalini 

kamaytirish bo‘yicha minimal chegaradan pasayib ketmasligi lozim. 

Ustav kapitalini kamaytirish to‘g‘risidagi va jamiyat ustaviga tegishli 

o‘zgartishlar  kiritish  haqidagi  qarorlar  aksiyadorlarning  umumiy 

yig‘ilishi  tomonidan  qabul  qilinadi.  Qaror  qabul  qilish  jarayonida 

aksiyadorlarning  umumiy  yig‘ilishi  ustav  kapitalini  kamaytirish 

sabablarini ko‘rsatadi va uni kamaytirish tartibini belgilaydi. 

Aksiyadorlik  jamiyati  ustav  kapitalini  kamaytirish  to‘g‘risida 

qaror qabul qilingan sanadan e’tiboran o‘ttiz kundan kechiktirmay 



 

277 


o‘z  kreditorlarini  bu  haqda  yozma  shaklda  xabardor  qiladi. 

Kreditorlar  jamiyatning  ustav  kapitalini  kamaytirish  to‘g‘risida 

o‘zlariga  bildirish  yuborilgan  sanadan  e’tiboran  o‘ttiz  kundan 

kechiktirmay  jamiyatdan  o‘z  majburiyatlarini  muddatidan  oldin 

bajarishini va ustav kapitali kamaytirilishi bilan bog‘liq zararlarning 

o‘rnini qoplashini talab qilishlari mumkin. 

Hozirgi kunda mamlakatimizda aksiyalarning nominal qiymati 

5000  so‘mdan  ortiq  bo‘lishi  mumkin  emas.  2014-yilgacha 

aksiyalarning  nominal  qiymati  100  so‘mdan  past  bo‘lmasligi 

shartligi amalda edi, yuqori talab esa mavjud emas edi.  

Quyidagi  jadvalda  aksiyadorlik  jamiyatlari  misolida  aksiyalar 

soni,  nominal  qiymati  va  ustav  kapitali  haqida  ma’lumotni 

keltiramiz (13.3-jadval). 

13.3-jadval




Download 15,13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   216   217   218   219   220   221   222   223   ...   363




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish