Qo‘shimcha topshiriqlar
1. Taftish komissiyasi va ichki audit xizmati faoliyatidagi farqli
jihatlar bo‘yicha quyidagi jadvalni shakllantiring.
Taftish komissiyasi
Ichki audit xizmati
1.
2.
......
1.
2.
......
2. Taftish komissiyasi va ichki audit xizmati hisobotini
shakllantirish bo‘yicha quyidagi jadvalni shakllantiring.
Taftish komissiyasi
Ichki audit xizmati
1.
2.
......
1.
2.
......
183
IX bob. KORPORATIV BOSHQARUVDA HISOBDORLIK,
AXBOROTLARNI OSHKOR ETISH VA SHAFFOFLIK
9.1. Korporativ boshqaruvda hisobdorlik, axborotlarni oshkor
etish va shaffoflikni ta’minlashning tashkiliy xususiyatlari
Hisobdorlik, axborotlarni oshkor etish va shaffoflik korporativ
boshqaruvning eng asosiy prinsiplari hisoblanadi. Mazkur
prinsiplarga yuqori darajada amal qilinishi, avvalo aksiyadorlar
huquqlari va manfaatlarining ta’minlanishiga xizmat qiladi.
Shundan kelib chiqqan holda bu prinsiplarning mohiyatiga
qisqacha to‘xtalib o‘tamiz.
Hisobdorlik prinsipi korporativ boshqaruvning ijroiya va
nazorat
organlarining
belgilangan
tartibda
hisobot
berib
borishlarini nazarda tutadi.
Amaldagi qonunchilikda aksiyadorlik jamiyati kuzatuv
kengashining a’zolari, jamiyat direktori va boshqaruvi a’zolari,
shuningdek ishonchli boshqaruvchi o‘z huquqlarini amalga
oshirishda va o‘z majburiyatlarini bajarishda jamiyatning
manfaatlarini ko‘zlab ish tutishi hamda belgilangan tartibda
javobgar bo‘lishi belgilab qo‘yilgan. Agarda masala bo‘yicha bir
nechta shaxs javobgar bo‘lsa, ularning jamiyat oldidagi javobgarligi
solidar javobgarlik asosida tashkil etilishi ham nazarda tutilgan.
Jamiyatga zarar yetkazilishiga sabab bo‘lgan qarorga ovoz
berishda ishtirok etmagan yoki ushbu qarorga qarshi ovoz bergan
jamiyat kuzatuv kengashi a’zolari, boshqaruv a’zolari javobgar
bo‘lmaydi. Shu o‘rinda affillangan shaxs bilan tuzilgan bitimni
o‘rganishni amalga oshirgan shaxslar bitim bo‘yicha xulosa va
yakunlarning ishonchliligi uchun javobgar ekanligini alohida qayd
etib o‘tish zarur.
Kamida bir foiziga egalik qiluvchi aksiyador (aksiyadorlar)
jamiyatga yetkazilgan zararlarning o‘rnini qoplash to‘g‘risidagi da’vo
bilan jamiyatning kuzatuv kengashi a’zosi, direktori yoki boshqaruv
a’zosi, shuningdek ishonchli boshqaruvchi ustidan sudga murojaat
qilishga haqli.
Keltirilayotgan jihatlar boshqaruv organlarining javobgarligi va
hisobdorligini
nazarda
tutadi.
Ulardan
tashqari
nazorat
184
organlarining ham hisobdorligi belgilanganligini qayd etib o‘tishimiz
zarur.
Aktivlarining balans qiymati eng kam ish haqi miqdorining yuz
ming barobaridan ko‘p bo‘lgan jamiyatda ichki audit xizmati tashkil
etiladi. Ichki audit xizmati jamiyatning kuzatuv kengashiga
hisobdordir.
Jamiyatning ustavida jamiyat kuzatuv kengashiga hisobdor
bo‘lgan va korporativ qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan
nazorat
qilish
vazifasini
bajaruvchi
jamiyat
korporativ
maslahatchisi lavozimini joriy etish nazarda tutilishi mumkin.
Korporativ maslahatchining faoliyati jamiyat kuzatuv kengashi
tomonidan tasdiqlangan nizom asosida amalga oshiriladi.
Bizga ma’lumki, axborotlarni oshkor qilish maqsadidan qat’i
nazar manfaatdor shaxslarning korporativ tuzilma faoliyati bilan
bog‘liq axborotlarni erkin olish imkoniyati yaratilganligi bilan
izohlanadi. Shu boisdan moliyaviy qarorlar qabul qilish, turli xil
diskriminatsiyalarning oldini olish va axborot olish bo‘yicha
nomutanosiblikni bartaraf etish uchun korporativ boshqaruvda
axborotlarni oshkor qilish talab qilinadi. Natijada investorlar, shu
jumladan potentsial investorlar, xodimlar, davlat organlari va
boshqa manfaatdor shaxslarning oshkor qilingan axborotlar bilan
tanishish imkoniyatlari yuzaga keladi. Ular olingan axborotlar
asosida emitent moliyaviy holatini tahlil qilishlari, faoliyat
istiqbollaridan kelib chiqqan holda emitent faoliyati, jumladan
qimmatli qog‘ozlari bilan bog‘liq qarorlar qabul qilishlari mumkin
bo‘ladi.
Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkilotining korporativ
boshqaruv prinsiplariga ko‘ra “Korporativ boshqaruv infratuzilmasi
korporatsiya faoliyatiga daxldor barcha muhim masalalar,
jumladan mulkchilik va kompaniya boshqaruvi, faoliyat natijalari,
moliyaviy holat bo‘yicha axborotlarni o‘z vaqtida va to‘liq oshkor
qilinishini ta’minlashi shart”
47
.
Axborotlarni oshkor qilish bo‘yicha talablar O‘zbekiston
Respublikasi Fuqarolik kodeksi, “Aksiyadorlik jamiyatlari va
aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi, “Qimmatli
qog‘ozlar bozori to‘g‘risida”gi, “Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi,
47
G20/OECD Principles of Corporate Governance. OECD 2015.
https://www.oecd.org/daf/-
ca/Corporate-Governance-Principles-ENG.pdf
185
“Mas’uliyati cheklangan va qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyatlar
to‘g‘risida”gi Qonunlar, “Aksiyadorlik jamiyatlarining korporativ
veb-saytlariga qo‘yiladigan talablar to‘g‘risida”gi Nizom, “Qimmatli
qog‘ozlar bozorida axborot taqdim etish va e’lon qilish qoidalari”da
belgilab qo‘yilgan.
Yuqorida
keltirilgan
qonunchilik
hujjatlari
asosida
aksiyadorlik jamiyatlari tomonidan axborotlar bilan ishlashni
tashkil etish, ularni oshkor qilish tartibini belgilash maqsadida
“Axborot siyosati to‘g‘risida”gi Nizomni ishlab chiqishi va ichki
foydalanish maqsadida joriy etilishi mumkin.
Axborotlar siyosatining asosiy maqsadi – aksiyadorlar,
investorlar,
qimmatli
qog‘ozlar
bozorining
professional
ishtirokchilari, shuningdek boshqa manfaatdor shaxslarning
kompaniya va uning faoliyati to‘g‘risidagi ishonchli ma’lumotlarga
bo‘lgan talabini qondirish orqali kompaniya faoliyatining ochiqligi
va shaffofligini ta’minlashdan iboratdir.
Ushbu siyosatning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
- kompaniyaning axborotlar siyosatining asosiy tamoyillarini
belgilash;
- barcha manfaatdor shaxslarga kompaniya to‘g‘risida
ishonchli va haqqoniy axborotlarni o‘z vaqtida taqdim etilishini
ta’minlash;
- barcha manfaatdor shaxslarga kompaniya to‘g‘risida axborot
taqdim etish qoida va tartiblarini belgilash;
- kompaniya axborotlarining xavfsizligini ta’minlash;
- kompaniya axborotlarining oshkoraligi va shaffofligini
oshirish hisobiga kompaniyaning investitsion jalb etish qobiliyati
o‘sishini ta’minlaydigan qo‘shimcha axborotlarning oshkoralik
tamoyillarini belgilash.
Axborotlar siyosatining asosiy prinsiplari bo‘lib, doimiylik,
tezkorlik, qulaylilik, to‘liqlilik, teng huquqlilik, tenglik, axborot
resurslarining himoyalanganligi hisoblanadi.
- doimiylik – kompaniya faoliyatiga oid axborotlarni
manfaatdor shaxslarga doimiy taqdim etib borish;
- tezkorlik – manfaatdor shaxslarni kompaniyaning moliyaviy
faoliyatiga ta’sir etuvchi muhim voqealar va faktlari bilan qisqa
muddatlarda xabardor qilish;
186
- qulaylik – manfaatdor shaxlarning erkin foydalanishi uchun
kompaniya faoliyatiga oid axborotlarni oshkor etilishini turli xil
yo‘llar orqali amalga oshirish;
- to‘liqlik – manfaatdor shaxslarning kompaniya to‘g‘risida
to‘liq tassavurga ega bo‘lishini ta’minlash uchun kompaniyaning
amaldagi faoliyati va u uchun salbiy bo‘lgan ma’lumotlarni ham
inkor etmagan holda taqdim etish;
- teng huquqlilik – kompaniya faoliyatiga oid axborotlarni
olishda barcha manfaatdor shaxslar uchun huquqlarning tengligi;
- tenglik – kompaniyaning tijorat manfaatlarini ta’minlagan
holda kompaniya faoliyatining ochiqliligi va shafofligi o‘rtasidagi
tengligini
ta’minlash.
Bunda
maxfiy
axborotlarning
himoyalanganligi; insayderlarga doir axborotlarning taqdim
etilishida amaldagi qonunchilik talablariga amal qilish ta’minlanishi
shart;
- axborot resurslarining himoyalanganligi –tijorat siri yoki
boshqa maxfiy hisoblangan axborotlarni amaldagi qonunchilikka
muvofiq axborot xavfsizligini ta’minlash.
Kompaniya faoliyati to‘g‘risida tarqatilayotgan axborot 3
guruhga bo‘linadi:
- majburiy oshkor etiladigan axborotlar;
- qo‘shimcha oshkor etiladigan axborotlar;
- erkin oshkor etiladigan axborotlar.
Kompaniya tomonidan axborotlarning oshkor etilishi va
tarqatilishi quyidagi yo‘llar orqali amalga oshiriladi:
- korporativ axborotlar yagona portali (www.openinfo.uz);
- fond birjasining rasmiy veb-sayti (www.uzse.uz);
- aksiyadorlik jamiyatining korporativ veb-sayti;
- ommaviy axborot vositalari (OAV);
- internet portallarida joylashtirish;
- bosma nashrlarda chop etish;
- manfaatdor shaxslar bilan axborot seminarlari va boshqa
turdagi uchrashuvlarni tashkil etish; (shu jumladan, telekon-
ferentsiyalar, veb-translyatsiyalar, veb-kastlar);
- amaldagi qonunchilik, kompaniya Ustavi va kompaniya ichki
me’yoriy hujjatlariga muvofiq aksiyadorlarga axborotlar va ularning
talabiga binoan hujjatlar nusxalarini taqdim etish;
187
- amaldagi qonunchilik, kompaniya Ustavi, kompaniya ichki
me’yoriy hujjatlari va kompaniyaning Boshqaruv organlari qaror-
lariga muvofiq kommunikatsion vositalardan foydalangan holda
boshqa yo‘llar bilan mazkur Nizomda nazarda tutilgan axborotlarni
oshkor etish.
Amaldagi qonunchilik asosida majburiy oshkor qilinishi lozim
bo‘lgan axborotlar borasida quyidagi paragraflarda to‘xtalib o‘tamiz.
O‘z navbatida alohida ta’kidlash kerakki, hisobdorlik va
axborotlarni oshkor etib borish aksiyadorlik jamiyatlari faoliyati
shaffofligini ta’minlashga hamda faoliyatning qonuniyligi va
samaradorligiga xizmat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |